Kimyoviy xavfli ob’ektlardagi avariyalar: Tabiiy- atrof muxitga kuchli ta’sir qiluvchi zaharli moddalarning otilib chiqishiga va shikastlovchi omillarning odamlar, hayvonlar va o‘simliklarning ko‘plab shikastlanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yoki olib kelgan darajada, yo‘l qo‘yilgan chegaraviy konsentratsiyalardan ancha ortiq miqdorda sanitariya – ximoya xududidan chetga chiqishga sabab bo‘ladigan holat kiyoviy xavfli ob’ektlardagi avariyalar, yong‘in va portlashlarga sabab bo‘lishi mumkin.
Kimyoviy xavfli inshootlar - xalq xo‘jaligi korxonasi bo‘lib, faoliyat ko‘rsatish davrida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan haloqat tufayli odamlarning ommaviy tarzda zaharlanishi kimyoviy zaharli moddalarning atrof-muhitga tarqalishi kuzatilishi mumkin.
Xavfli inshootni harbiy holatda muxofazalanishni huquqiy ta’minlanishi «Fuqaro muxofazasi to‘g‘risida»gi Qonunning umumiy qoidalari bo‘limini 1-moddasida bayon etilgan.
I - portlash tufayli sodir bo‘lgan faloqat, texnologik jarayon ishdan chiqqan, muxandislik qurilmalari buzilgan, natijada batamom yoki qisman mahsulot ishlab chiqarish to‘xtab qolgan. Katta miqdorda moliyaviy yordam zararni qoplash uchun talab etiladi. Yuqori tashkilotlardan yordam so‘rash kerak bo‘ladi.
II - haloqat natijasida asosiy yoki yordamchi texnologik qurilmalar ishdan chiqqan, ishlab chiqarishni yo’lga qo‘yish uchun ma’lum miqdordagi yordam kerak bo‘ladi.
Respublikamiz hududida ko‘plab kimyo sanoati rivojlangan shaharlar hamda ishlab chiqarish (oziq – ovqat, sut mahsulotlari) jarayonida ishlatish uchun ammiak va xlor (suv tozalash tizimi, uy-joy komunal xo‘jaliklari) saqlanadigan sanoat korxonalari keng tarqalgan va ular kimyoviy xavfli ob’yektlar hisoblanadi.
Ammiak rangsiz gaz, havodan engil, suvda yaxshi eriydi, atmosferaga chiqqanda tutunga o‘xshaydi. Uning zararli havo bilan kirishib portlash xususiyatiga ega bo‘lgan qorishma hosil qiladi. Nafas olganda xavfli hisoblanib yo’taltiradi, bug‘adi, puls urishini buzadi, ko‘zda kesuvchanlik va yoshlanishni hosil qiladi.
Xlor sariq-yashil ranglar aralashmasiga o‘xshaydi, hidi achishtiradi. Havodan 2,5 marotaba og‘irligi sababli past joylarda, ertulalarda va tonnellarda yig‘iladi. Parlanib uchganda oq bulut hosil qiladi va er yuzasi bo‘ylab tarqaladi. Xlorning parlanib uchgan zarrachalari ko‘zning yoshlanish qobig‘iga va nafas yo’llariga kuchli ta’sir etadi.
Xlor yoki ammiak moddalarining yuqori kontsentratsiyasi bo‘lgan muhitda nafas olish haloqatga olib keladi.
Kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar ishlatuvchi ob’yektlar atrofida yashaydigan aholi avariya sodir bo‘lgunga qadar quyidagilarni bilish maqsadga muvofiqdir:
- kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar ishlab chiqaruvchi yoki ishlatuvchi yaqin atrofda joylashgan korxonalarni bilishi. Ushbu korxonada avariya sodir bo‘lganda xabar berish yo’llari haqidagi ma’lumotlarni anikqashi;
- deraza va eshiklarning izolyatsiyasi uchun ishlatiladigan materiallar zaxirasini alohida ko‘zga ko‘rinarli joyda saqlashi;
- nafas olish yullarini muxofaza qilish vositalari (paxta-dokali niqob, ichimlik sodasi yoki uning 2% li eritmasi)ni tayyorlab qo‘yishi;
- har ehtimolga qarshi evakuatsiyaga (dori-darmon, kiyim, hujjatlar, oziq-ovkaq) tayyorgarlik ko‘rib qo‘yishi;
- bolalarga (kattalar yo’qligida) avariya sodir bo‘lganda bajarilishi zarur bo‘lgan hatti-harakatlarni o‘rgatish;
- vaqti-vaqti bilan oilada mashqlar o‘tkazib turishi;
- qo‘shnilar bilan o‘zaro hamkorlikda va birgalikda harakat qilish haqida kelishib olishi;
- birinchi tibbiy yordam berish yo’llarini o‘rganish va uni boshqa oila a’zolariga o‘rgatish kerak;
Ushbu ob’yektlarda avariya sodir bo‘lgandan keyin yaqin atrofda yashaydigan aholiga quyidagi xatti-harakatlarni bajarishlari tavsiya etiladi:
- nafas olish yo’llarini muxofaza qilish vositalari (paxta-dokali niqob)ni ho‘llab taqib olishlari;
- deraza va deraza darchalarini, eshiklarni mahkamlab yopish;
- elektr asboblari va gazni o‘chirish;
- yosh bolalar va qariyalarga yordam berish;
- vaximaga tushmasdan xonadoningizdan hamda yashab turgan hududdan chiqib, ko‘rsatilgan yunalishda yoki shamolga perpendikulyar ravishda xarakat qilish.
Kimyoviy xavfli ob’yektlarda avariya sodir bo‘lganda shu ob’yekt atrofida yashovchi aholiga birinchi navbatda shu ob’ektning lokal xabar berish tizimiyordamida habar beriladi. Avariya haloqati paydo bo‘lganda elektrsirenalar, ishlab chiqarish korxonalarining gudoklari va boshqa signal berish manbalari ishlatiladi. Bu «DIQQAT HAMMAGA» signalidir. Signalni eshitib televizor, radiopriyomnik, reproduktorlarni mahalliy eshittirsh olib boradigan to‘lqinga qo‘yish va sodir bo‘lgan avariya haqidagi ma’lumotni hamda keyingi xatti-harakatlar haqidagi tavsiyalarni tinglash maqsadga muvofiqdir.
Avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni olib borishda vayrona uyumlari orasida yurish, buzilgan bino va inshootlarga kirish, qulab tushishi ehtimoli bor bo‘lgan binolar yaqinida turish xavflidir. Zararlangan bino va inshootlar oldiga faqatgana ularning xavfsiz tomonidan kelish mumkin. Bino va inshootlarning ichki qismini ko‘zdan kechirganda ochiq yoritgichlardan va kerosinli fonarlardan foydalanish xavfli, chunki ular ikkilamchi favqulodda vaziyat sodir bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Yonayotgan, tutun bosgan va vayrona uyumlari bilan to‘silib qolgan joylarga kirayotganda arqonga boylanib, arqonning uchini kirish joyida turadigan sherigingizga bering, bu holat xavfsizligingizni ta’minlaydi. Xonalarga kirayotganda kirish eshiklarini ehtiyotkorlik bilan ochish va alanganing to‘sa oladigan yoki qizigan gaz alanga olganda muhofaza qila oladigan matodan foydalanish ham xavfsizligingizni ta’minlaydi.
22-rasm. Ob’ektda yong‘in sodir bo‘lganda o‘t o‘chiruvchilar faoliyati.
Yonayotgan xona ichida emaklab yoki engashib harakat zarurati bo‘lganda xonadan tez chiqib ketish uchun yaqin joylarda harakatlanish xavfli vaziyat bo‘lishining oldini oladi.
23- rasm. Ob’ektda yong‘in sodir bo‘lganda o‘t o‘chirish va qutqaruv ishlarini amalga oshirish.
Uzoq vaqt davom etgan yong‘indan so‘ng erto‘lalarga gazniqob kiyib yoki yaxshilab shamollatilgandan so‘ng ish jarayonini boshlash xavfli vaziyat sodir bo‘lishining oldini oladi. Vayrona uyumlari orasida hovuzlar tayyorlashda ularning chetlarini mustahkamlash kerak bo‘ladi. Mustahkamlash uchun metall va yog‘och konstruksiyalarning bo‘laklarini ishlatish mumkin. Mustahkamlanmagan vayrona uyumlaridan tushish va chiqish joylaridan foydalanish maqsadga muvofiq emas.
Baland joylarda ishlash kerak bo‘lgan hollarda albatga ehtiyot vositalaridan foydalanish kerak (qutqaruv arqonlari va belbog‘lar). Gazlashgan ob’ektlarda ish olib borish jarayonida yakka muhofaza vositalaridan foydalanish xavfsizlikni ta’minlaydi.
Zarar ko‘rgan yoki buzilgan binolarda ish olib borayotganda himoyasiz qo‘l bilan elektr simlarini va elektr simlariga tegib turgan metall buyumlarni ushlash xavfli hisoblanadi. Shuning uchun ishni boshlashdan oldin elektr tarmog‘ini o‘chirib qo‘yiladi.
Vayrona uyumlari, kirish joylari shikastlangan bino va inshootlarda ogohlantiruvchi qizil chiroq o‘rnatib qo‘yiladi. Yer ko‘chishi natijasida odamlar vayrona uyumlari ostida qolishi, qulayotgan narsalar ta’sirida jarohatlanishi mumkin. Shuning uchun jabrlanganlarga iloji boricha tez yordam berish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |