О‘zbekiston Respublikasi «Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish» tо‘g‘risidagi qonun. FVVning muvaffaqiyatli ish olib borishida mamlakatimizda yaratilgan kuchli huquqiy bazaning ahamiyati katta. Jumladan, favqulodda vaziyatlar masalasida О‘zbekiston Respublikasining «Aholi va hududlarni tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tо‘g‘risida»gi qonun (824-1-сон 20.08.1999y.),
O‘zbekiston Respublikasining “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, “Fuqaro muhofazasi to‘g‘risida”gi qonunlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tizimi samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 1-iyundagi PF-5066-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi,shuningdek kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish sohasida davlat nazoratini olib borish tartibi to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2018-yil 1-yanvardan boshlab amalga kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bir oy muddatda quyidagilarni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin:
Kichik hajmli kemalarni ro‘yxatdan o‘tkazish qoidalari;
Kichik hajmli kemalarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish qoidalari;
Kichik hajmli kemalardan va ular turadigan bazalardan (inshootlardan) foydalanish qoidalari;
Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi qoidalari.
3. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri R.M. Djurayev zimmasiga yuklansin.
Fuqarolar quyidagi huquqlarga ega:
favqulodda vaziyat ro‘y berganda hayotlari, sog‘liqlari va shaxsiy mol-mulklari muhofazalanishi;
umumiy va yakka muhofazalanish vositalaridan, mahalliy hokimiyat organlarining, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning favqulodda vaziyatlarda aholini muhofaza qilish uchun mo‘ljallangan boshqa mol-mulkidan foydalanish;
mamlakat hududining muayyan joylarida bo‘lganda ular duch kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatar darajasi to‘g‘risida hamda zarur xavfsizlik choralari haqida xabardor bo‘lish;
aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish masalalari yuzasidan davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga murojaat etish;
favqulodda vaziyatlar ro‘y bergan zonalarda ishlaganligi uchun bepul tibbiy xizmat, kompensatsiyalar va boshqa imtiyozlar olish;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish mobaynida majburiyatlarini bajarish chog‘ida sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar uchun kompensatsiyalar hamda imtiyozlar olish;
aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish majburiyatlarini bajarish chog‘ida orttirgan kasalligi munosabati bilan mehnat qobiliyatini yo‘qotganda, nogironligi mehnatda mayib bo‘lish oqibatida kelib chiqqan xodimlarga belgilangan tartibda pensiya olish:
boquvchisini aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish majburiyatlarini bajarish chog‘ida orttirgan mayiblik yoki kasallikdan halok bo‘lganligi yoki vafot etganligi munosabati bilan yo‘qotganda, mehnatda mayib bo‘lish tufayli halok bo‘lgan shaxsning oila a’zolari uchun belgilangan tartibda pensiya olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |