O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universitetining qo‘qon filiali


KIRISH.ZAMONAVIY ELEKTRON QURILMALAR ISHONCHLILIGINI ANIQLASHNING ASOSIY TUSHUNCHALARI



Download 0,91 Mb.
bet4/46
Sana12.05.2023
Hajmi0,91 Mb.
#937254
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
Bog'liq
Замонавий электрон муаммолари ЛОТИН

KIRISH.ZAMONAVIY ELEKTRON QURILMALAR ISHONCHLILIGINI ANIQLASHNING ASOSIY TUSHUNCHALARI


Reja:

  1. Kirish.

  2. Asosiy tushunchalar va ta’riflar.

Tayanch so‘z va iboralar: ishonchlilik, kopleks muammo, xususiyat, matematika, elektronika, ishchanlik, buzilmaslik, uzoq muddatlik, buzilish, saqlash, ish davrlari.

  1. Kirish


Ishonchlilik elektron texnikani asosiy muammolaridan biri bo‘lib kelmoqda. Kibernetikani barpo qilganlardan biri akademik A.I.Berg ishonchlilikni “zamonaviy texnikani birinchi raqamli muammosi” deb atalgan. Ushbu tezzis xozirgi vaktda nafakat o‘z qiymatini yo‘kotdi, balki, EXM A.B.S. sistemalari, energetika transport, aloqa sistemalari murakkablashib bormoqda. Ayniqsa ishonchlilik, yuqori xarorat tezlik, mexanik ta’sir yoki kuchli radiasion nurlanish sharoitlarida ishlovchi murakkab sistema va qurilmalarda, katta axamiyat ega bo‘lib kelmoqda.
Bunday sistemalarda konstrutor buyruqlariga bo‘ysingan holda, zanjirning har bir tugunlari, barcha kichik elementlar buzilmay ishlashlari shart. Zamonaviy murakkab texnik sistemalardagi buzilishlar o‘zining katta texnika va iqtisodiy yo‘qolishlarga olib keladi. Ishonchlilik ommaviy muammo. Uning nazariy yechimi: material (eskirishini fizik kimyo jarayonlarini ichlariga kirishga, buzilishlarga olib keluvchi eskirish natijasidagi buzilishlar va boshqa shunga o‘xshash xodisalarga bog‘liq. Mahsulot ishonchliliga texnologik faktor ta’sirini yechish maqsadida ishlab – chiqarish sharoitlarini keng – qamrovli analizi birlamchi axamiyatga ega)
Sistema ishonchliligining sintez va analizini matematik nazaryasi asosiylardan hisoblanadi (bunda o‘ta zarurlarni kamaytirmasdan va ko‘paytirmasdan o‘ziga yaxshi tasavvur qilish kerek).
Zamonaviy muhandislik amaliyotida ishonchlilik harakteristikalariga aniq ishonch hosil qilish


2.Asosiy tushuncha va ta’riflar.


Ishonchlilik nazariyasida mahsulot deganda elementlardan tashkil topgan element yoki tizim tushuniladi.
Element ma’lum vazifani bajaruvchi, mustaqil ishlashga mo‘ljallanmagan qism tushuniladi.
Tizim o‘zaro bog‘langan elementlar yig‘indisi bo‘lib, ma’lum bir vazifani bararilishini ta’minlaydi. Masalan, hisoblash mashinasi axborot ustida amallar bajarish uchun mo‘ljallangan tizim.
Elektron qurilma berilgan funksiyalarni bajarish uchun mo‘ljallangan birgalikda ishlovchi elektro-radioelementlar to‘plami.
Ishonchlilik soxasining asosiy atamasi va tushunchalarini aniqlashda, “Texnikada ishonchlilik” Davlat standart tizimi GOST 27.002-89 va GOST 27.003-90 da keltirilgan xujjatlarga asoslangan.
Mahsulotlarning xususiyatlari – mahsulotning ob’yektiv o‘ziga xosligi bo‘lib, u yaratilishi va ishlatish vaqtida namoyon bo‘ladi.
Mahsulotning sifati – foydalanish uchun layoqatlilik darajasini aniqlovchi xususiyatlar yig‘indisi. Ushbu xususiyatlar jumlasiga texnologik, moliyaviy sarflar, ishlatish tavsiflari, ishrnchliligi va boshqalar kiradi. Barcha ko‘rsatkichlar sonli qiymatga ega bo‘lib, har qaysi mahsulotni qo‘llanishidagi effektivligini aniqlaydi. Har bir sifat ko‘rsatkichi mahsulotning ma’lum bir xususiyatlarini aniqlaydi.
Ishonchlilik deb, mahsulotni ma’lum bir shart – sharoitda o‘rnatilgan vaqt mobaynida o‘ziga yuklangan vazifani bajara olish xususiyatiga aytiladi. Bu fizikaviy xususiyat bo‘lib, u qanday qurilganligi, undagi elementlarning sonli va sifatli, ishlab chiqarish texnologiyasi, nazorat sonlashishi va undagi foydalanish sharoitlari bilan aniqlanadi. Har qanday elektron mahsulotlar ishonchlilik talablariga javob bera olishlari shart. Ishonchlilikka bir qator tasodifiy holatlar ta’sir etishi mumkin, shu sababli ishonchlilik nazariyasi extimolligi nazariyasi va matematik statistikaga asoslanadi.
Ishonchlilik nazariyasini maqsadi ishonchliligini ta’minlash va ishonchlilikni hisoblash usullari yaratishdir. Ishonchlilik nuqtai nazaridan mahsulotlar ta’mirlanadigan va ta’mirlanmaydiganlarga ajratiladi.
Ta’mirlanadigan mahsulotlar ishdan chiqqan holatda maxsus ta’mirlovchi mutaxasislarni jalb qilmagan holda ta’mirlanadi.
Ta’mirlanmaydigan mahsulotlar maxsus ta’mirlovchi mutaxasislar tomonidan tiklanadi yoki umuman tiklanmaydi.
Ishonchlilik nuqtai nazaridan mahsulotlar ikki xolatda bo‘lishi mumkin:
Ishlashga layoqatli xolatda va nosoz holatda.

  1. Ishlashga layoqatli xolat deb tizimning shunday xolatiga aytiladiki, asosiy chiqish tavsiflari vaqtida yuklangan vazifani bajara olish uchun qo‘yilgan talabalarga javob bera oladi.

  2. Nosoz xolat deb – mahsulotni to‘g‘ri ishlashi uchun kerak bo‘lgan va texnik xujjatlarda keltirilgan biron – bir ko‘rsatkichga mos kelmasligi tushuniladi. Ishlashga layoqatlilik nosozlik xolatlari bir – biriga teskari xolatlar.

  3. Tizimning buzilmay ishlashi – ayni vaqtdagi ishlatish sharoitida o‘zining ishga layoqatli xolatini saqlab qolshi.

  4. Buzilish – bu tizimni ishga layoqatli xolatini qisman yoki to‘liq yo‘qotishi.

Barcha buzilishlar ikkiga ajratiladi: to‘satdan va asta sekin.
To‘satdan buzilish – mahsulotning bir yoki bir nechta ko‘rsatkichini to‘satdan o‘zgarishi orqali sodir bo‘ladi.
Asta–sekin buzilish mahsulotning bir yoki bir nechta ko‘rsatkichlari vaqt o‘tishi bilan asta sekin o‘zgarishi oqibatida sodir bo‘ladi.
Buzilishlar kelib chiqish sabbalariga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi.
a) past darajadagi ishonchlilikka ega bo‘lgan elektron texnikasi elementlarini natijasidagi buzilishlar;
b) sxemaviy – konstruktiv kamchiliklar oqibatida kelib chiqqan buzilishlar (elementlarni noto‘g‘ri rejimda qo‘llash)
v) ishlab chiqarishdagi yetishmovchiliklar oqibatida kelib chiqqan buzilishlar (sifatsiz materiallardan foydalanish, texnologiyani buzilishi)
g) ishlatish (foydalanish yo‘riqnomasiga amal qilmaslik oqibatida kelib chiqqan buzilishlar).
5. Uzoq davriy xizmat qilish – tizimning xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash qoidalarida ko‘rsatilgan davirgacha ishga layoqaytllik xolatni saqlab qolish.
6. Ta’mirlanishga yaroqlilik – tizimning buzilishlarini topish va bartaraf etishga moslashtirilganligi hamda buzilishlarini olidini olish xususiyati.
Ishonchlilik kabi buzilmay ishlash va ta’mirlanishiga yaroqlilik extimollik ko‘rsatkichlari orqali aniqlanadi. Shu bilan birga ta’mirlanishga yaroqlilik nosozlikni topish uchun ketgn vaqt va mablag‘ uni bartaraf etish va oldini olish xizmat ko‘rsatuvchilarining malakasi bilan ham tavsiflanadi.
7. Saqlanish tizimi – bu buzilmay ishlashini, uzoq vaqt xizmat qilishini, ta’mirlanishga yaroqlilik ko‘rsatkichlarini ishlatilishdan oldingi saqlanish davrida yo‘qotmasligi.
8. Mahsulotni ishlash davri.
Har qanday mahsulotni ishlash davri 3 ga bo‘linadi.


1-rasm. Mahsulotlarni buzilish intensivligini vaqtga bog‘liqlik grafigi.
1. Boshlang‘ich davri (elemetrlarning ko‘p sonli ishdan chiqish, bunda kamroq ishonchlilikka ega bo‘lganlari buziladi, ya’ni ishlab chiqarishdagi yig‘ish va montaj vaqtida berkingan xatoliklar namoyon bo‘ladi). Shu sababli boshlang‘ich davr mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarda ishlatish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunga erishish uchun mahsulotni uzoq vaqt ishlatib keyin yig‘ish va montajga yuboriladi.
2. Me’yoriy ishlash davri. Bu davriy uzoq davom etadi. Bunda sinash jarayoni tugallangan bo‘lib, eskirish jarayoni esa boshlanmagan bo‘ladi:
3. Eskirish davri.

Nazorat savollari.



  1. Ishonchlilik deb nimaga aytiladi?

  2. Buzilish deb nimaga aytiladi?

  3. Texnik xujjatlar bilan aniqlanuvchi, parametrlarni birontasiga to‘g‘ri kelmaydigan mahsulot holati qanday?

  4. Ishning qaysi davrida eng ko‘p elementlar ishdan chiqadi?

  5. Ishonchlilik fanini boshqa fanlar bilan aloqasini ko‘rsating.

  6. Tizimni ko‘p ishlovchanligi nima?

  7. Mahsulotning eng ko‘p ishlash davri qaysi?

  8. Berilgan sharoitlarda ma’lum vaqt oralig‘ida tizimni ishlash xususiyatini saqlash – bu ... ?

2-MA’RUZA.





Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish