15-MA’RUZA
TARKIBIY ZAXIRALASH TURLARI.
Reja:
1.Zaxiralash usuli.
2. Zaxira elementlarini ishchi rejimga bog‘liqlik turlari.
Tayanch so‘z va iboralar: usul, tuzilmaviy, doimiy, bo‘lingan, sirpanuvchi, yuklangan, yengillangan, yuklanmagan.
1. Zaxiralash usuli.
Zaxiralash deb – ob’yekt ishonchliligini kiritish orqali oshirish usuliga aytiladi. To‘yinishni kiritishdan maqsad – sitema elementlarida buzilishlar paydo bo‘lgandan so‘ng uni normal ishlashini ta’minlashdir.
Zaxiralash: tuzilmali, ma’lumotli, vaqtli, programmali bo‘lishi mumkin.
Ma’lumotli zaxiralash o‘ta ko‘p ma’lumotlardan foydalanishni ko‘zda tutadi. Vaqtli zaxiralash - o‘ta ko‘p vaqtdan foydalanish. Dasturli zaxiralash o‘ta ko‘p dasturlardan vaqtdan foydalanish.
11. rasm: Zaxira elementlarni ulanishi.
Tarkibiy zaxiralash elementlari asosiy xisoblanuvchi minimal zarur sistema variantiga qo‘shimcha element va qurilmalar kiritiladi, yoki bitta sistema, o‘rniga bir – nechta o‘xshash sistemalardan foydalanish ko‘zda tutilgan.
Bunda oshiqcha zaxira tuzilma elementlar, asosiy elementlar buzilganda ularni ishchi funksiyalarini bajarilishni o‘z zimmmsiga oladi.
Aytib o‘tilgan zaxiralash turlari yoki bir butun sistema yoki mustaqil elementlari yoki ularni guruxlarida qo‘llanilishi mumkin.
Amaliyotda tuzilma zaxiralash keng tarqalgan.
Zaxira elmentlarini ulash sxemasi bo‘yicha doimiy, bo‘linma zaxiralash, o‘rin almashtirish bilan zaxiralash va zirpanuvchi zaxiralash mavjud. (11. rasm)
Doimiy zaxiralash bunda zaxira elementlari ob’yektni ishlashida asosiylar bilan bir qatorda ishtirok etadi.lar (12. rasm)
12- rasm. Doimiy ulangan zaxirali umumiy zaxiralash.
Asosiy element buzilish xollarida doimiy zaxiralash uchun, zaxira elementini ishga tushuruvchi maxsus qurilmalar kerak bo‘lmaydi, u asosiy bilan birgalikda ishga tushadi.
Zaxiralashni asosiy parametri bo‘lib ortiqchalar darajasi hisoblanadi. Zaxirani ortiqchalik darajasi m deganda zaxira ob’yektlarini zaxiralashayotgan (asosiy)larga nisbati tushiniladi.
Bo‘linma zaxiralash – ob’yet qismlari zaxiralanib ishonchlilikni oshirish usuli. (13. rasm)
13. rasm Doimiy ulangan zaxira bilan bo‘linma zaxiralash.
14- rasm. a) O‘rin almashtirish zaxira ulangan
umumiy zaxiralar.b) O‘rin almashtirish zaxira ulangan bo‘linma zaxiralash.
O‘rin almashtirib zaxiralashda, asosiy element funksiyalari faqatgina u ishdan chiqqandan so‘ng zaxira elementlariga uzatiladi. O‘rin almashtirish zaxiralashdan foydalanganda asosiy element buzilishlarini aniqlovchi va ularni zaxiradagi o‘tkazuvchi nazorat va uzib – ulovchi qurilmalar zarur. (14- rasm).
Cirpanuvchi zaxiralash – bunda obyekt asosiy elementlarining bir guruxi, ushbu guruxdagi ishdan chiqqanini almashtiruvchi bitta yoki bir nechta zaxira elementlari bilan zaxiralashishi mumkin (15. rasm) Sirpanuvchi zaxiralash doim aktiv xisoblanadi, bunda buzilishni aniqlovchi va zaxira elementini ulovchi, qurilma mavjud .
Ishchi rejimiga bog‘liq zaxira elementlar turlari.
Ishchi rejimga bog‘liklar quyidagilar mavjud. Yuklangan zaxira – zaxira elementi asosiy element turgan rejimda turadi. Bunda zaxira element ishonchliliklar xarakatlari va zaxira sifatida bo‘lgandi o‘zgarmay qoladi.
15-rasm. Sirpanuvchi zaxiralash sxemasi.
Yengillashtirilgan zaxira – zaxira element asosiy elementga nisbatan past yuklama rejimida bo‘ladi. Bunda zaxira elementlari ishonchlilik xarakteristikalari, asosiy elementlari o‘rniga ishlatilganda nisbatan zaxira sifatida bo‘lganda yuqori bo‘ladi.
Yuklanmagan zaxira – zaxira element deyarli yuklamaga ega emas. Bunday zaxira element, zaxirada turganda buzilmasligi kerak, ya’ni bu davrda ideal ishonchlilikga ega bo‘ladi. Asosiy element ishdan chikkandan sung uni urnida zaxira elementidan foydalanganda ularning ishonchliklari teng bulib koladi .
Butun va karra darajali zaxiralash mavjud. Ularni farqlash uchun sxemada m zaxiralash darajasi ko‘rsatiladi (16-rasm).
16-rasm. Zaxiralash a) kasr darajali doimiy zaxiralash (m=42). b) kasr darajali aloxida zaxiralash (m=2/4)
Butun darajali zaxiralashda kattalik m butun son, karra darajali zaxiralashda m qisqarmaydigan karra son xisoblanadi.
Misol uchun: m =4/2 bu karra darajali zaxiralash, bu yerda zaxira elementlar 4 ta, asosiylar 2 ta, umumiy elementlar soni 6 ta. Kasrni qisqartirish mumkin emas m=4/2=2 butun karrali zaxiralash borligini ko‘rsatadi va bunda zaxira elementlar sonini 2 ta, umumiy son 3ligini ko‘rsatadi.
Bir xil elemenlardan tashkil topgan ob’yektlari zaxiralash uchun xoxlangan ishdan chiqqan asosiy elementlari o‘rniga bir – nechta zaxira elementlaridan foydalanish mumkin (sirpanuvchi zaxiralash).
Nazorat savollari.
Zaxiralash nima?
Tuzilmaviy zaxiralashni qanday turlari amaliyotda keng tarqalgan?
Doimiy zaxiralash nima?
Do'stlaringiz bilan baham: |