Kurs loyiha rahbari: Po’latov G’.M.
MUNDARIJA
Kirish…………………………………………………………4
Asosiy qism
Ekstraksion fosfor kislota olishning fizik-kimyoviy asoslari...……….10
Karusel vakuum-filtrida boradigan jarayon…………………………...11
Texnologik qism
Ekstraksya fosfor kislota olishning digidratli usuli…………………..10
Ekstraksion fosfat kislota olishning yarimgidratli va yarimgidrat-digidratli usuli…………………………………………………………………...15
Hisob qism
Ekstraksion fosfat kislota ekstraktorsion fosfat kislota ishlab chiqarish quvvati hisobi …………………………………………………………17
Xulosa…….………………………………………………..…22
Foydalanilgan adabiyotlar………..………………………..….23
Kirish
Sanoat moddiy ishlab chiqarishning eng yirik va yetakchi tarmog‘i, ta’bir joiz bо‘lsa, iqtisodiyotning poydevoridir. Unda ish qurollari, mehnat buyumlari va xalq iste’moli tovarlarining aksariyati yaratiladi, mashina va mexanizmlarning barcha turlari, bino-inshootlarning konstruktiv elementlari ishlab chiqariladi, yer osti boyliklari qazib olinadi, mineral, о‘simlik va hayvonot xomashyolariga ishlov berilib, keng iste’mol mollari tayyorlanadi va hokazolar. Sanoat jamiyatning yetakchi kuchi sanalmish ishchilar sinfini о‘zida jam etadi. Bu soha rivojlangani sayin unda ish bilan band bо‘lganlar soni kо‘payadi, ularning bilimi, kо‘nikmasi va mahorati oshadi, kadrlar salohiyati yuksaladi.
Milliy iqtisodiyotning jamiki tarmoqlarini qayta qurishga qodir bо‘lgan, yirik mashinalashgan sanoatgina mustaqillikning birdan-bir moddiy negizi bо‘lishi mumkin.
Sanoat iqtisodiyotning barcha jabhalari uchun ishlab chiqarish kuchlarining asosiy elementlaridan biri hisoblangan jamiyatning tabiat ustidan hukmronligini birmuncha kuchaytiradigan, texnika taraqqiyotini belgilaydigan, ish unumdorligini oshiruvchi mehnat va ishlab chiqarish qurollarini yaratadigan sohadir. Uning ravnaq topishi ishlab chiqarish kuchlari bir tomonlama rivojlanishiga chek qо‘yadi, mamlakatda mavjud tabiiy boyliklardan, xom ashyo hamda mehnat resurslaridan kengroq va har tomonlama foydalanish imkonini tug‘diradi.
Ta’kidlash joizki, tarmoqlarda qо‘shilgan qiymat ulushi har xil bо‘lishining sabablari ham turlicha. Chunonchi, jahon va mamlakat ichki bozorlarida sanoat mahsulotlari bahosining о‘zgaruvchanligi va ularga talabning beqarorligi, ishlab chiqarishning texnologik va texnik jihozlanish jihatidan farq qilishi, shu kabi boshqa bir qator omillar sanoat tarmoqlarida turlicha qо‘shilgan qiymat yaratilishining asosiy sabablari bо‘lmoqda.
Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan taraqqiy ettirishda va el-yurtning moddiy farovonligini ta’minlashda milliy sanoat va uning tarmoqlarida ishlab chiqarilayotgan iste’mol mollari muhim ahamiyat kasb etmoqda. Iqtisodiy taraqqiyotning barcha bosqichlarida aholi farovonligi asosini moddiy ne’matlar ishlab chiqarish tashkil qilmoqda. Mamlakatimizda rо‘y bergan ijobiy о‘zgarishlarsamarasi о‘laroq, sо‘nggi yillarda aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi muntazam ravishda о‘sishi kuzatilmoqda
Do'stlaringiz bilan baham: |