Jihozlarni qamrash moslamalari 3 -rasmda ko`rsatilgan.
Po`lat kanatlar takelaj ishlari bajarishda ishlatiladi. Kanat bir-biriga o`ralgan po`lat simlardan iborat. Po`lat kanatlarning uzilishga qarshiligi 1568 MPa (160 kg·k/mm2) dan ortiq bo`ladi. O`rnatilgan lebyodkalarda, polispastlarda, stroplarda, ko`tarish kranlari yuk ko`targichlarida asosan uzilishga qarshiligi 1764 MPa (180 kg·k/mm2) ikki marta o`ramga ega bo`lgan, simlarning o`ram bo`yichà bir-biriga chiziq bo`ylab yondashgan kanatlar ishlatiladi.
2-rasm. Yirik o`lchamli jihoz va konstruktsiyalarni ko`tarish traverslari
a -yuk ko`taruvchanligi 10-150 t; b- yuk ko`taruvchanligi 10 t;
c- yuk ko`taruvchanligi 10-40 t; d - yuk ko`taruvchanligi 100 t.
-rasm. Jihozlar, metall konstruktsiyalar va metall prokatlarni qamrash moslamalari
a- avtomatik strop qulfli; b- yarim avtomatik strop qulfli; c,e- universal ushlagichlar; d- shveller ko`tarishda ishlatiladigan o`zi yopiladigan ushlagich.
1-skoba; 2-prujina uyasi; 3-shnur; 4-shtift; 5- ilgak; 6- o`q
Do'stlaringiz bilan baham: |