Топшириқни бажаришга олдим _____________________________________________________ (сана ва талабанинг имзоси)
Mundarija: Kirish I.Bob 1.1. O'z DSt 8.006:1999 standarti
1.2.O'lchash vositalarini metrologik attestatlash
1.3. O'lchash vositalarini qiyoslash.
1.4. O'lchash vositalarini kalibrlash II.Bob 2.1 O'lchash vositalarini davlat sinovidan o'tkazish qoidalari belgilanishi
2.2. O‘lchash asboblarining klassifikatsiyasi
2.3.Metrologiya sinov attestatsiyalash, qiyoslash, kalibrlashning o’tkazilish tartibi
2.4. Oʼlchash vositalarini metrologik attestatsiyadan o’tkazishning umumiy qoidalari
III.Xulosa IV.Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH O‘lchash vositalarini namunaviy va ishchi vositalarga bo‘-
linishi, qandaydir darajada, shartli bo‘lib, o‘lchash vositalarining
faqat metrologik vazifasidan aniqlanadi va ko‘p hollarda, ularning konstruktiv yoki boshqa xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lmaydi. Faqat juda kam (chegaralangan sondagi) sonli o‘lchash vositalarining turiari maxsus loyihalanadi va namunaviy o‘lchash vositalari sifatida ishlab chiqariladi. O‘lchash vositalarining asosiy massasi ulaming metrologik fiinksiyasini ko‘rsatmasdan ishlab chiqariladi. Keyin ekspluatatsiya jarayonida oichash vositalarining muayyan nusxalari namunaviy oichash vositalari sifatida qo’llanilishi uchun tanlab olinadi.
O‘lchash vositalarini namunaviy oichash vositalari (NO‘V)
sifatida tasdiqlash, davlat metrologik xizmati organi tomonidan bu o‘lchash vositalarini metrologik attestatlash jarayonida ularning xossalarini har tomonlama tekshirish asosida amalga oshiriladi.
O’lchashlar birliligini ta’minlash Davlat tizimi (O'DT) ning
standartlashtirish asosiy obyektlari quyidagi lar hisoblanadi:
- fizik kattaliklar birliklari;
- davlat etalonlari va MDH doirasidagi davlatlararo qiyoslash
sxemalari;
- o’lchash vositalarini qiyoslash usullari va vositalari;
- o’lchash vositalarining me’yorlanayotgan metrologik xarakteristikalari nomenklaturasi;
- oichashlar aniqligi me’yorlari;
- to‘g‘rilikni baholash metodikasi va moddalar va
materiallaming xossalari haqidagi ma’lumotlami taqdim etish
shakllari;
- moddalar va materiallaming tarkibi va xossalari standart
namunalariga qo‘yiladigan talablar;
- o’lchash vositalarining davlat sinovini, qiyoslanishini va
metrologik attestatlanishini o‘tkazishni tashkil qilish vatartibi;
- metrologiya sohasidagi atamalar va ta’riflar.
Akkreditatsiya qilishda belgilangan talablarga muvofiqlikni tasdiqlash maqsadida muvofiqlikni baholash organining va metrologik xizmatning faoliyatini inspeksiya nazoratidan o‘tkazish Milliy akkreditatsiya organi tomonidan akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning butun amal qilish muddati mobaynida amalga oshiriladi.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning qo‘llanishi, sifat menejmenti joriy etilgan tizimining samaradorligi, amalga oshirilayotgan faoliyatning akkreditatsiya qilishning tasdiqlangan sohasiga muvofiqligi, sertifikatlashtirish, inspeksiya nazorati va sinovlar bo‘yicha bajarilgan ishlar mahsulotlar, xizmatlar, xodimlarni hamda menejment tizimlarini va inspeksiya organlarini sertifikatlashtirish organlari faoliyatining inspeksiya nazoratini o‘tkazish obyektlari hisoblanadi.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning qo‘llanishi, sifat menejmenti joriy etilgan tizimining samaradorligi, akkreditatsiya qilishning belgilangan sohasida amalga oshirilayotgan faoliyatning muvofiqligi, sinov va o‘lchovlar vaqtida rasmiylashtiriladigan protokollar, o‘lchov vositalarini sinov hamda o‘lchov va sinovlar vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish sertifikatlari sinov va o‘lchov laboratoriyalari (markazlari) va metrologik xizmat faoliyatining inspeksiya nazoratini o‘tkazish obyektlari hisoblanadi.Muvofiqlikni baholash organi va metrologik xizmat faoliyatining inspeksiya nazorati akkreditatsiya qilish to‘g‘risidagi bitimlar asosida, joyiga borgan holda, har yili ko‘pi bilan bir marta, Milliy akkreditatsiya organi rahbari tomonidan har yili tasdiqlanadigan inspeksiya nazoratining reja-jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi.Tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq muvofiqlikni baholash organi va metrologik xizmat faoliyatining inspeksiya nazoratini o‘tkazish ishlari uchun to‘lov qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Muvofiqlikni baholash organi va metrologik xizmat faoliyatining rejadan tashqari inspeksiya nazoratini o‘tkazish Milliy akkreditatsiya organiga akkreditatsiya qilish shartlari buzilishining hujjatlar bilan tasdiqlangan holatlari yoki asoslanmagan va noqonuniy harakatlar, shu jumladan tijorat siri hisoblanadigan ma’lumotlarning oshkor qilinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar tushgan taqdirda amalga oshiriladi.
Muvofiqlikni baholash organi va metrologik xizmat faoliyatining rejadan tashqari inspeksiya nazorati o‘tkazilganligi uchun to‘lov undirilmaydi.