O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti



Download 2,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/78
Sana16.06.2022
Hajmi2,16 Mb.
#677392
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   78
Bog'liq
umumiy va tarixiy geologiya (2)

 
Zilzila dahshatlari
O‘zbekistonda tug‘ilib o‘sgan, bu yerda ancha -yillardan beri yashab 
kelayotgan har bir kishi yurtimizda tez-tez zilzilalar sodir bo‘lib turishini, 


98 
ba’zan ular nihoyatda dahshatli ekanini biladi va tasavvur qiladi. Lekin 
inson tabiatida unutuvchanlik odati bor. Masalan, urushdan uzoqlashgan 
sari urush dahshatlarini, toshqindan uzoqlashgan sari uning kulfatlarini 
unutamiz, yana suv toshishi mumkin bo‘lgan yerlarga imoratlar quramiz, 
kasaldan keyin parhezni unutamiz va h. k. 
Zilzila ham tezda “unutiladigan” tabiiy ofatlardan biri hisoblanadi. 
Ko‘pgina yerlarni, davlatlarni olsak ming, hatto ikki-uch ming yillik 
zilzilalarning tarixiy jadvallari bor. Bizning O‘zbekistonga kelsak, ming 
afsuski, zilzilalar to‘g‘-risidagi ma’lumotlar to‘la yetib kelmagan. Keyingi 
100-200-yillik ma’lumotlar bor, holos. Undan ilgarigilari to‘g‘risida 
ayrim tasodifiy ma’lumotlar saqlangan. Balki eski qo‘lyozmalarda, 
kitoblarda bizga nihoyatda zarur bo‘lgan ma’lumotlar saqlanayotgandir. 
Bu sohada tarixchilarimiz, tilshunoslar va adabiytshunoslar yordam 
qo‘llarini cho‘zadilar dteb umid qilamiz. Lekin hatto ana shu ayrim 
tasodifiy 
ma’lumotlarga 
qaraganda 
ham 
tarixda 
ko‘pchilik 
shaharlarimizda talofatli zilzilalar bo‘lib o‘tganini ko‘ramiz. 838-839-
yillarda Farg‘onada, 942-yilda Buxoroda, 1208-1209-yillarda Urganchda, 
1490-yilda 
Samarqandda, 
1494-yilda 
Namanganda, 
1620-yilda 
Axsikentda, 1921-1922 yillarda Buxoro va Samarqand yaqinida, 1902-
yilda Andijonda, 1927-yilda Namanganda, 1868, 1924, 1938, 1966-
yillarda Toshkentda, 1976-1984 yillarda Gazlida va h. k. 
Har birimizning, ayniqsa ham shaharlarimizdan ko‘pchiligining 
yodida qolgan Yer qimirlashi bu 1966-yilning 26 aprelidagi Toshkent 
zilzilasidir. Bu zilzila jumhuriyatimiz uchun, millatimiz uchun nihoyatda 
ayanchli tarixiy voqea hisoblanadi. 1991-yili shahrimizning ana shu qora 
kuniga chorak asr to‘ldi. O‘ylaymizki, hali olimlar bu ko‘ngilsiz voqea 
xususida ko‘p yozishadi va uning sabablarini keng yoritishadi. Hozir bu 
voqea to‘g‘risida xalqimiz boshiga tushgan: eng qora kunlardan biridir 
deya olamiz, holos. Odamlar faqat boshpanalarini emas, yerlarini, milliy 
urf-odatlarini ham yo‘qotdi. Mavzudan chiqmaslik uchun yana 
zilzilalarga qaytamiz. Xalqimiz boshiga tushgan eng qora kunlar va 
ayanchli voqealardan biri 1902-yildagi 9-10 ballik Andijon zilzilasidir. U 
o‘sha paytdagi shaharni to‘la-to‘kis kunpayakun qildi. Ming minglab 
odamlarning yostigini quritdi. Xalqning bu voqeaga atalgan yuzlab 
mungli marsiyalari ma’lum. 
Masalan: Tandirda noni qoldi, qozonda oshi qoldi, Beshikda bola 
qoldi, Bechora andijonlik. 


99 
Zilzila dahshatlarini tasavvur qilish uchun yaqinginada bo‘lib o‘tgan 
Spitak (Armaniston) va Xisor (Tojikiston) zilzilalarini, yoki 1948-yilga 
Ashxobod va 1949-yildagi hayit zilzilalarini eslab o‘tish kifoya. Yuz 
minglab odamlarning halok bo‘lganlari sir emas. Ming afsuski, 
O‘zbekistonning ko‘pgina maydonlarida ham xuddi shunday kuchli 
zilzilalar sodir bo‘lish xavfi yo‘q emas. Men bu bilan odamlarni 
qo‘rqitmoqchi yoki vahimaga solmoqchi emasman. Bir mutaxassis 
sifatida ana shunday ko‘ngilsiz voqealar jumhuriyatimizning juda ko‘p 
aholi zich yashaydigan yerlarida, -yilning xohlagan kunida to‘satdan 
bo‘lishi ehtimoldan holi bo‘lmagan hodisa deb qarayman. Asosiy 
maqsadim, odamlarni qo‘rqitish emas, zilziladan xalos bo‘lish choralari 
haqida fikr yuritish, zilzila zararini iloji boricha kamaytirish va buning 
uchun qanday muammolar borligi bilan o‘rtoqlashish-dir. 
AQSH Smitson instituti tabiiy ofatlar bo‘limi ma’lumotlariga 
qaraganda, 1947-1970-yillarda turli tabiiy ofatlardan qurbon bo‘lganlar 
soni 1192000 kishini tashkil qiladi. Jumladan tsiklon, bo‘ron, dovullardan 
qurbon 
bo‘lganlar 
soni 
760000 
kishini, 
zilzilalardan 
190000, 
toshqinlardan 180000 va momaqaldiroq, tsunami, vulqonlar otilishidan
62 000 kishi qurbon bo‘lgan. Bu raqamlardan ko‘rinib turibdiki, tabiiy 
ofatlar ichida zilzila ikkinchi o‘rinda turarkan. Bizning fikrimizcha, bu 
ma’lumot unchalik to‘gri emas. Chunki faqat sobiq Sovet Ittifoqida 1948-
yilgi Ashxobod va 1949-yilgi hayit zilzilalari paytida halok 
bo‘lganlarning soni 150 000 kishiga borib qoladi. Yer shari bo‘yicha 
albatta bu raqam ancha yuqori bo‘lishi kerak. 
Yer shari bo‘yicha -yiliga o‘rta hisobda o‘n mingga yaqin kuchli va 
sezilarli zilzilalar bo‘lib o‘tadi. Ulardan 15-20 tasi fojiali va dahshatli 
hisoblanadi. Jadvalda turli kuchga (magnitudaga) ega bo‘lgan 
zilzilalarning - yillik o‘rtacha sonini keltiramiz. (10-jadval)
Bundan ham kuchsiz zilzilalar soni esa nihoyatda ko‘p. Yer 
sharining juda ko‘p maydonlarida zilzilalar bo‘lib turadi, lekin ularninng 
eng ko‘pi uchta poyasda bo‘ladi. Biriichisi - Tinch okean poyasiga 
taxmnnan 80 foiz zilzilalar to‘g‘ri keladi. Ikkinchisi O‘rta yer dengizi - 
Osiyo poyasida taxminan 15 foiz zilzilalar sodir bo‘ladi. Uchinchi 
poyasga (Atlantika, Hind okeani zonalari, Sharqiy Afrika zonasi va 
boshqalar) taxminan 5 foiz zilzilalar to‘gri keladi. 
Rossiyadagi seysmik faol maydonlarga: Karpat tog‘lari, Moldova, 
Qrim, Kavkaz, O‘rta Osiyo, Qozog‘iston, Baykal atrofi va Uzoq Sharq 
o‘lkasi kiradi. Bizning O‘zbekiston jumhuriyatimiz 7, 8, 9 va undan ham 


100 
ortiq balli zilzilalar bo‘lib turadigan seysmik jihatdan faol zonalardan biri
hisoblanadi. 
10-jadval
Zilzilalar 
Magnituda 
Zilzilalarning yillik o‘rtacha 
soni 
Dunyo miqyosidagi fojia 
>8 
1-2 
Regional miqyosidagi 
talofatli 
7-8 
15-20 
Lokal miqyosdagi kuchli 
6-7 
100-150 
O‘rtacha kuchdagi 
5-6 
750-1000 
Joylardagi kuchsiz 
shigastlantiruvchi 
4-5 
500-7000 

Download 2,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish