87
Olimlarning hisob - kitoblariga qaraganda Yer sharida bir -yilda
bitta katastrofik, o‘nta juda kuchli, yuzta kuchli, mingta inshootlarga zarar
keltiradigan zilzilalar bo‘ladi.
Yer po‘stining silkinishi zilzila deb ataladi. Bir necha yuz -yil
davomida to‘plangan ma’lumotlar g‘oyat
vahimali bu hodisani
planetamizning, ayrim joylarida bo‘lib turishini ko‘rsatadi. Yer yuzasini
yemiruvchi, buzuvchi zilzilalarning 68% ga yaqini Pireneya, Alp,
Apennin, Karpat, Bolqon, Kavkaz tog‘lariga va O‘rta Osiyoning
tog‘tizmalariga, Himolay tog‘lariga, qolgan 28% i Tinch okean halqasiga
to‘g‘ri keladi. Bular seysmik rayonlardir. Ba’zi joylar borki,
ularda
butunlay yoki deyarli butunlay zilzila bulmaydi, bunday yerlar
(Germaniya - Polsha pasttekisligi, Rossiya tekisligi,
Finlyandiya, Koda
yarim oroli, Kanada, Braziliya va h.k.) seysmik o‘lkalar deb ataladi.
Zilzila Yer qobig‘ining ichki qismidagi massalarning juda
kuchli
harakatga kelishidan paydo bo‘ladi va zilzila to‘lqinlari markazdan
atrofga tarqaladi. Zilzilaning birinchi harakatidan keyin ham yer ichida
saqlanib qolgan kuchlar yana o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Zilzila
to‘lqini hamma vaqt har xil kuchdagi ketma-ket yo‘naluvchi
bir necha
to‘lqinlardan iboratdir. Yer sirtining tebranishi, unga ichki qatlamlardan
o‘tib keluvchi egiluvchan to‘lqinning urilishidan kelib chiqadi. Agar
to‘lqin tikka urilsa, ya’ni zilzila to‘lqini Yer sirti bilan to‘g‘ri yoki
qiyaroq burchak hosil qilsa, Yer ustidagi narsalar yuqoriga ko‘tarilib,
pastga tushadi. Agar to‘lqin
qiya urilsa, Yer ustidagi narsalar gorizontal
suriladi, ba’zan ular qayiqqa o‘xshab tebranadi. Daraxtllar og‘ib, yana
tiklanadi, imorat bezaklari, haykallar va boshqalar qulaydi.
Zilzila vaqtidagi har bir to‘lqin faqat bir necha sekund davom
etmaydi, ba’zan to‘lqin ayrim o‘lkalarda bir necha kun, oy va -yillar
davomida to‘xtab-to‘xtab goh kuchli, goh kuchsiz bo‘lib turadi, bu davrda
bir necha yuzlab zarba qayd etiladi. Masalan, 1887-yil 28-mayda
Olmaotada va 1966-yil 26 aprelda Toshkentda bo‘lgan zilzilada 3 oy
davomida 600 ga yaqin zarba qayd qilingan.
1870-yil 28-iyunda Gretsiyada yuz bergan zilzilaning birinchi 3
kunida 86 zarba, ya’ni har 3 sekundda bir to‘lqin bo‘lgani aniqlangan. Bu
yerda ham zilzila 3 yil davomida 750 000
ga yetgan, bundan 300 tasi
yemiruvchi zarba bo‘lib, so‘ng zilzila to‘xtagan.
Zilzila vaqtida ba’zi to‘lqin zarbalarini kishilar sezmaydi, faqat
maxsus asbobgina sezadi, bunday kuchsiz zilzila harakati mikroseysma,
asboblarsiz seziladigan zilzila makroseysma de-yiladi.
88
Zilzila to‘lqinlarini hisobga oluvchi asboblar o‘rnatilgan 500 ga
yaqin stansiya Yer sharida har yili 9000 tacha zilzilani, ya’ni soatiga bir
marta zilzila bo‘lishini hisobga oladi. Buning yarmidan ko‘prog‘i kuchli
va xavfli zilziladir. 1931-yilda olingan statistik ma’lumotga qaraganda
yanvarda 11 ta, fevralda 11 ta, martda 13 ta va aprelda 12 ta halokatli
zilzila bo‘lgan.
Yerning ichidagi zilzila boshlangan markaz - gipotsentr, uning Yer
yuziga tikka chiqqan joyi - fokusi - epitsentr deb ataladi. Tektonik
jarayonlar natijasida gipotsentrda mexanik energiya hosil bo‘ladi. Yer
qattiq jism bo‘lganligidan gipotsentr atrofidagi
qatlamlarga bu energiya
egiluvchan to‘lqin tarzida yo-yiladi. Bu to‘lqinni dengizda suv ko‘tarilishi
va qaytishi natijasida bo‘ladigan to‘lqin bilan almashtirmaslik kerak.
Dengiz to‘lqinida shamol kuchi bilan o‘z holatini o‘zgartirib to‘lqin
cho‘qqisiga ko‘tarilgan suv yerning tortishish kuchi natijasida pastga
tushadi. Har bir tomchi suv qo‘shni tomchiga og‘irligi bilan ta’sir qiladi
va og‘irlik kuchi ta’sirida aylanma shakldagi harakat hosil bo‘ladi.
To‘lqin harakatining egiluvchanligini rezinka misolida yaqqol ko‘rsa
bo‘ladi: agar rezinkani tarang tortib, keyin bo‘shatib yuborilsa, uning har
bir zarrachasi oldin cho‘ziladi, keyin asliga qaytadi, har ikki holatda ham
to‘g‘ri chiziq yo‘nalishini saqlaydi. Rezinka zarrachalarining bunday
harakati bo‘ylama tebranish bo‘ladi. Agar rezinkani ikkita predmetga
mustahkamlab, so‘ng
uni yuqoriga tortib, qo‘yib yuborilsa, u holda
rezinkaning har bir zarrachasi ko‘ndalangiga to‘g‘ri chiziqli harakat
qiladi. Bu harakat ko‘ndalang egiluvchan to‘lqinga to‘g‘ri keladi.
Rezinkaning bunday tebranishi bilan qattiq jinslar orasida bo‘ladigan farq
shuki, rezinkada ikkala: ko‘ndalang va bo‘ylama to‘lqin har xil vaqtda
Do'stlaringiz bilan baham: