Disorbtsiyalash va regeneratsiyalashda qo’llaniladigan
dastgohlar.
Regeneratsiya jarayoni vertikal kalonnalarda olib borilib, uning
diametrining balandlikka nisbati 8-12(1-chizma). Kalonnaning silindirsimon korpusi yuqori qismida drenaj setkalar bo’lib ular kengayadi. Setkada ionitlar ushlanib qolinib eritma o’tishiga to’sqinlik qilmaydi. Kalonnaning yuqori qismi ikki yarim aylana shaklida tayyorlangan bo’lib, ulardan biri harakatlanmaydi, ikkinchisi esa sharnir orqali burilishi mumkin qilib yasalgan, bunga sabab kalonna yuqori qismi ochilib setkani almashtirish imkoni bo’lsin uchun. Kalonna pastki qismi tubidada yolg’ondakam metall setka bor. Setkalarni nazorat qilish uchun patrubok o’rnatilgan bo’lib, unda qatron paydo bo’lsa demak setkalar zararlangan va tezlik bilan setkalar almashtiriladi. Kalonnaga qatron quvur orqali yuklanadi,chiqarishda esa aerolift va patrubok yordam beradi. Eritmani isitish uchun kalonnada zmevik atalmish isitish tizimi o’rnatilgan bo’lib, uning ichidan qaynoq suv o’tkaziladi.Kalonna kislotali birikmalar bilan ishlashi sababli uning ichki qismi titandan tayyorlangan bo’ladi.
Chizma-1. Harakatlanuvchi qatlamda ishlovchi regeneratsion kalonna.(HQK):
1- havo almashtiruvchi quvur; 2- sath o’lchovchi quvur; 3- aeroliftdan chiqqan qatron va eritmani chiqaruvchi quvur; 4- aeroliftga siqilgan havo berish quvuri; 5- kalonnaga qatron berish quvuri; 6- kalonnaning yuqori qismi; 7- drenaj setkasi; 8- perexadnik; 9- qiqa quvur; 10- tirgak; 11- gardish; 12- aerolift; 13- termopara; 14-avariya holati uchun quvur; 15- panjara; 16- kalonnaning pastki qismi; 17- yuvilgan eritmani yetkazuvchi quvur; 18- filtirlovchi to’siq; 19- nazoratchi quvur; 20- yuvush quvuri; 21- bo’luvchidan kelgan yuvulgan suvni uzatish quvuri; 22- havoni taxsimlab beruvchi quvur; 23- teshik; 24- teploizolyatsiya; 25- isitish tizimi-zmevik.
Regeneratsiya jarayoni bir necha kalonnalar ketma-ketligidan iborat dastgohlarda olib boriladi(chizma-2). To’yingan anionit 1-kalonnadan berilib oxirgi kalonnadan regeneratsiyalangan bo’sh qatron chiqadi. Har bir jarayon uchun bir yoki bir necha dastgoh biriktirilgan. Qatronlarning kalonna bo’ylab harakati davriy bo’lib bu vazifani aerilift ta’minlaydi. Qatron harakati oxirgi kalonnadan boshlanib regeneratsiyalangan qatron sorbsiyaga jo’natiladi, so’nga ketma ketlik bilan aerolift barcha kalonnalarni meyorga keltiradi. Shu tariqa har bir kalonnada ionitning yuqoridan pastga aralashishi vujudga keladi. Elyuatlar oxirgi kalonnadan o’z bosimi ostida keladi va birinchi kalonnadan chiqib ketadi. Shuning natijasida qatron va eritmaning qarama-qarshi oqimiga erishiladi. Eritmaning harakat tezligi jarayonga bog’liq bo’lib – elyuant sarfi va davomiyligi- Vp/Vc teng.
Chizma- 2. Ionitni regeneratsiyalash dastgohlar ketma-ketligi:
1- loyqalardan tozalash kalonnasi; 2- sianli qayta ishlash kalonnasi; 3- sianidan yuvish kalonnasi; 4- kislotali qayta ishlash kalonnasi; 5- tiomachevinani sorbsiyalash kalonnasi; 6- oltinni desorbsiyalash kalonnasi; 7- tiomachevinadan yuvish kalonnasi; 8- ishqorli qayta ishlash kalonnasi; 9- ishqordan tozalash kalonnasi; 10- oraliq aerolifti; 11- bosim bochkasi; 12- regenerat xom-ashyosini yig’uvchi(bochka); 13- kislotali va ishqorli eritmalarni zararsizlantiruvchi chan.
Jadval . Harakatlanuvchi qatlamda ishlovchi regeneratsion kalonna texnik xossalari.
Ko’rsatgichlari
|
Kalonna o’lchamlarui, m
|
0,2x5,5
|
0,3x5
|
0,5x6
|
0,55x7
|
0,7x7,2
|
0,9x9,0
|
Qatron bo’yicha ish unumdorlik, m3/kun
|
0,15
|
0,5
|
1,0
|
1,5
|
2,5
|
5,0
|
O’lchamlari, mm:
|
|
|
|
|
|
|
Diametr
|
200
|
300
|
500
|
550
|
700
|
900
|
Balandlik
|
5500
|
5000
|
6000
|
7000
|
7200
|
9000
|
Balandlikning diametrga nisbati
|
27
|
16,7
|
12
|
12,7
|
10,3
|
10
|
«Elektrelyuirovaniya» kalonnasi (muallaq qatlam kalonnasi) to’yingan qatronlardan oltin va kumushni eritmadan elektrolizyor (chizma-2) qurilmasi yordamida cho’ktirish bilan ajratishdan iborat. Ikki dastgoh ham yopiq holda ishlab, nodir metallar desorbsiyasini jadallashtiradi.
Chizma - 3. «Elektrelyuirovaniya»(elektrodesorbsiyalash) kalonnasi sxemasi:
1- qutisi; 2- panjara; 3 - qopqoq; 4-konus; 5-6 – to’r-setka; 7 – kuzatish darchasi; 8- panjara; 9-12 -mahkamlagich; 13-14- qistirma; 15- tayanch; 16- qisqich; 17 –termopara.
Kalonnaning konussimon qismi quvurlar bilan jihozlangan bo’lib: yuqorigisi- to’yingan qatronni yuklash uchun, o’rtadagisi-qatron va eritmadan na’muna olish uchun, pastdagisi- bo’shgan qatronni chiqarish uchun.
Kalonna bilan birga bir qancha dastgohlar ulangan bo’ladi: eritmani tindirish uchun filtr, yi’guvchi chan(bochka), elektrolizyor, nasoslar, quvurlar, issiqlik uzatuvchi. Desorbsiyalanadigan eritma aylanma tezligini kaonna-elektroliyorda shunday ushlash kerakki ular muallaq harakat qilsin. Qatronda oltin miqdorining kamayishi 0,1mg/g va eritmada 20mg/l bo’lishi bilan jarayon to’xtatiladi va bo’shatilgan qatron suv bilan yuvilib jarayondan chiqariladi va desorbsiyalash jarayoni yana yangi to’yingan qatron bilan qayta amalga oshiriladi. Jrayonning davomiyligi 10-12 soatni tashkil qiladi.
Elektr usulida desorbsiyalash quyidagi afzalliklarga ega:
1) desorbsiya jarayoni davomiyligini 10-12 soatgacha qisqartirish, dinamik harakatlanuvchi qatlamda ishlovchi regeneratsion kalonna.(HQK) desorbsiyalashda jarayon davomiyligi 60-75 soat; 2) desorbsiyalanadigan eritma miqdorini kamayishi dinamik kalonnada (HQK)4-5 m3, uning o’rniga 1,4-3,0m3; 3) desorbsiyalovchi eritma konsentratsiyasini 80-90 g/l dan 50g/l gacha pasaytirish imkoni mavjudligi.
Jarayonning kamchiligi uning davriyligida bo’lib, jarayonni to’xtovsiz qilish uchun juda ko’p kalonnalar talab qilinishidadir.
Hulosa
Hulosam shundan iboratki , Regeneratsiya jarayoni bir necha kalonnalar ketma-ketligidan iborat dastgohlarda olib boriladi. To’yingan anionit 1-kalonnadan berilib oxirgi kalonnadan regeneratsiyalangan bo’sh qatron chiqadi. Har bir jarayon uchun kalonna bilan birga bir qancha dastgohlar ulangan bo’ladi: eritmani tindirish uchun filtr, yi’guvchi chan(bochka), elektrolizyor, nasoslar, quvurlar, issiqlik uzatuvchi.Qatronlarning kalonna bo’ylab harakati davriy bo’lib bu vazifani aerilift ta’minlaydi. Qatron harakati oxirgi kalonnadan boshlanib regeneratsiyalangan qatron sorbsiyaga jo’natiladi, so’nga ketma ketlik bilan aerolift barcha kalonnalarni meyorga keltiradi. Shu tariqa har bir kalonnada ionitning yuqoridan pastga aralashishi vujudga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |