15.2. Gidropnevmoyuritgichlarning turlari, gidropnevmoyuritgichlar, ularni tashkil etuvchilari. Hajmiy gidropnevmoyuritgichlar va gidropnevmouzat-malar haqida tushuncha
Hajmiy nasoslar suyuqlikning ma’lum bir hajmini ajratib olib, unga kuch ta’sir qilish yo‘li bilan harakatga keltiradi. Ajratib olingan hajm u juda kichik bo‘lishiga qaramay, bu jarayon vaqt birligida juda ko‘p marta takrorlangani uchun, bunday nasoslar bizni kerakli miqdordagi suyuqlik bilan ta’minlay oladi.
Energiya nuqtai nazaridan qaraganda, hajmiy nasoslar ajratib olingan hajmdagi suyuqlikning potensial energiyasini oshirib boradi. Bu potensial energiyadan ikki xil usulda foydalanish mumkin: suyuqlikni yuqorida ko‘tarish yoki quvurda oqizish; foydali ish bajarish yoki ikkinchi bir mexanizmni harakatga keltirish. Birinchi holda suyuqlikka energiya berayotgan mexanizm nasos sifatida ishlatilsa, ikkinchi holda gidrouzatma sifatida ishlatiladi. Suyuqlikka potensial energiya berish, uni nasosning harakatlanuvchi qismlarining ta’sirida siqish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bu jarayon ajratib olingan va biror bo‘limni to‘latgan suyuqlikka katta bosim berish yo‘li bilan yoki ajratib olingan suyuqlikni katta kuch yordamida o‘zgarib boruvchi sohaning ichida kattaroq hajmli qismdan kichikroq hajmli qismga siljitish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Birinchi usulga suyuqlikni porshenli va plunjerli nasoslarda siqish misol bo‘ladi. Bunda ish bo‘lmasiga so‘rish klapani yordamida so’rib olingan suyuqlik hajmiga siqish vaqtida plunjer yoki porshenning bosimi natijasida potensial energiya oshib borib, bosim ma’lum chegaraga yetgandan keyin haydash klapani ochiladi va unda suyuqlik katta tezlik bilan otilib chiqadi.
Gidropnevmoyuritgichlarning asosiy turlaridan biri – bu gidropress hisoblanadi uning tuzilishi va ishlash prinsipi quydagi 15.1- rasmda keltirilgan.
Metallardan tayyorlangan turli buyumlarga ishlov berish jarayonida katta kuchlarni hosil qilish maqsadida gidropressdan foydalanishadi (shtampovkalash, presslash va h.k.). Gidropress kichik d1 va katta d2 larga ega bo’lga silindrlardan tashkil topgan tutash idishlardab iborat bo’lgan qurilmaga aytiladi. Kichik porshen richakga ulangan va O qo’zg’almas tayanchga ega. Katta porshen (plunjer) platforma bilan bir butun bo’lib, unga presslanadigan jism joylashtiriladi. Gidropressning richagi qo’l kuchi yoki dvigatel yordamida harakatga keltiriladi. O nuqtaga nisbatan momentlarning muvozanat tenglamasini yozadigan bo’lsak u quydagicha bo’ladi:
(15.1)
Suyuqlikning bosimi kichik porshendan katta porshenga uzatiladi va unung qiymati quyidagicha:
(15.2)
S1 qiymatini almashtirsak
(15.3)
Gidropressning FIK hisobga olsak, yani η = 0,80 ... 0,85, natijaviy tenglama
(15.4)
Xozirgi paytdagi zamonaviy gidropresslarda P=7∙105 кN gacha bosim kuchlarini hosil qilish mumkin.
15.1- rasm. Gidropressning sxemasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |