10.2. Turbulent harakat tartibi vaqtidagi napor bosimining yo’qotilishi
Turbulent harakat ustida olib borilgan tajribalar ishqalanish qarshiligining solishtirma energiyaga proporsional ekanligini ko‘rsatadi, ya’ni
(10.2)
Bu formuladagi proporsionallik koeffisiyenti ζ bir qancha miqdorlarga bog‘liq bo‘ladi.
Tekis barqaror harakat uchun uzunlik bo‘yicha ishqalanishdagi yo‘qotish yoki bosimning pasayishi uchun quyidagi formuladan foydalanamiz:
(10.3)
Bu formula Daysi-Veysbax formulasi yoki qisqacha Darsi formulasi deyiladi.
Bu formulaga kiruvchi koeffitsient λ gidravlik ishqalanish koeffisiyenti yoki Darsi koeffisiyenti deyiladi.
U quvurning uzunligiga to‘g‘ri proporsional, diametriga esa teskari proporsional ekan. Suyuqlikning quvurdagi harakati uchun yuqorida nazariy olingan λ=64/Re laminar harakat uchun edi. Turbulent harakatda esa bunday munosabatni nazariy usul bilan chiqarib bo‘lmagani uchun, uni empirik yoki yarim empirik usullarda aniqlanadi.
Hozirgi zamon gidravlikasida Darsi koeffisiyenti umumiy holda Reynolds soniga va quvur devorlarning g‘adir-budirligiga bog‘liq deb hisoblanadi. λ ni hisoblash uchun juda ko‘p empirik formulalar mavjud bo‘lib, ular ichida eng mashhurlari quyidagilar.
Blazius formulasi 1913 yili juda ko‘p avtorlarning tajribalarini analiz qilish natijasida olingan.
tr =
Bu formula Reynolds soni Re<105 bo‘lganda tajribalarga yaxshi mos keladi. Agar δ > ∆ va 105 < Re 3 106 bo’lsa, u holda gidravlik ishqalanish koeffisiyenti q P.K. Konakov formulasiga binoan topiladi
λ= 1/(1,81 – 1,5)2 (10.4)
Agar δ < ∆ bo’lsa, u holda Nikuradze furmulasidan foydalanish tavsiya etiladi:
λ = 1/(1,74 + 2 lg Re d/∆)2 (10.5)
Umumiy holatda, yani g’adir-budirlik va Reynolds sonlari inobatga olinishi talab etilsa, u holda Altshul formulasi qo’llaniladi:
λ= 0,11 (68/Re + ∆/d)0,25 (10.6)
Gidravlikaviy silliq quvurlardagi ishqalanish naporning yo’qotilish koeffisiyentini anioqlash bo’icha olib borilgan tadqiqotlarga binoan aytish mumkinki, yo’qotilish koeffisiyentinining qiymati Reynolds soniga to’liq ravishda bog’liq bо’larkan.
Nazorat savollari:
1. Turbulent harakat uchun tezlik grafigini chizing.
2. Barqaror harakat vaqtidagi tenglashtirilgan tezlik qanday aniqlanadi?
3. Tezlik pulsatsiyasi deb nimaga aytiladi?
4. Tezlik pulsatsiyasining grafigini chizing.
5. Daysi-Veysbax formulasi yozing.
5. Blazius formulasiga binoan Darsi koeffisiyentini toping.
6. Konakov formulasiga binoan Darsi koeffisiyentini toping.
7. Nikuradze furmulasiga binoan Darsi koeffisiyentini toping.
8. Altshul formulasiga binoan Darsi koeffisiyentini toping. Tezlik pulsatsiyasini tushuntiring.
9. Qanaqa tezlikka tenglashtirilgan tezlik deyiladi?
10. Barqaror harakat uchun tenglashtirilgan tezlikni toping.
Do'stlaringiz bilan baham: |