REJA:
Kirish…………………………………………………………………… 4
1-bob. Kapital qo’yilmalarning mazmun mohiyati va moliyalashtirish
manbalari
1.1. Kapital qo’yilmalarning mazmun mohiyati………………………….. 7
1.2. Kapital qo`yilmalarni moliyalashtirish manbalarining hozirgi holat
Tahlili…………………………………………………………………… 11
1.3. Korxonalar investitsiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari…….. 17
2-bob. Kapital bozori va uning qisqacha tavsifi.
2.1. Bozor sharoitida kapital. Kapital bozori va uning qisqacha tavsifi…. 24
2.2. Xalqaro bozorning shakllanish omillari……………………………… 26
Xulosa…………………………………………………………………... 29
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati ………………………………….. 30
KIRISH
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida iqtisodiyotni rivojlanishida investitsiya va kapital qo`yilmalar muhim ahamiyat kasb etadi. Kapital (uning hajmi va tuzilishi) har qanday iqtisodiy tizimda takror ishlab chiqarish jarayonining yetakchi elementlaridan biri sanaladi. Jamg'arish va investitsiyalar, o'z navbatida, kapital dinamikasining ichki tomonini ifodalaydi, bu iqtisodiy potentsialni modernizatsiya qilishning chuqurligi va ko'lamini, uning samaradorligini va iqtisodiy o'sish sur'atlarini belgilaydi. Har bir mamlakatning rivojlanish darajasi, ya`ni iqtisodiyotning rivojlanishi va iqtisodiy o`sishi ko`p jihatdan mamlakatdagi investitsion jarayonlarga bog`liq. Bizga ma`lumki, mamlakatdagi investitsion jarayonlar asosida kapital qo`yilmalar yotadi. Kapital qo`yilmalar mamlakatning investitsion salohiyatini oshirishga hamda investitsiya faoliyatini kengayishiga yordam beradi. Shundan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, O`zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridanoq kapital qo`yilmalarni keng miqyosida iqtisodiyot tarmoqlariga jalb etishga, investitsiya faoliyatini rivojlantirishga katta e`tibor berildi. Chunki, bizning mamalakatda ham iqtisodiy rivojlanishga samarali investitsiya faoliyatisiz erishib bo`lmaydi. Darhaqiqat, bugun O`zbekiston mamlakat iqtisodiyotini yanada isloh qilish va modernizatsiyalash, ayniqsa, xususiy sektorni rivojlantirar ekan, investitsiya va kapital qo`yilmalar jadallashtirishdagi xalqaro tajribalarga suyanmog`i lozim. Binobarin, O`zbekistonning jahon hamjamiyatiga dadil va nufuzli tarzda kirib borayotganligi mamlakatning iqtisodiy-siyosiy sohalaridagi imkoniyatlaridan to`liq foydalanishni talab qilishi tabiiydir. O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta`kidlaganlaridek: “Barchamiz bir oddiy haqiqatni yaxshi anglab olishimiz darkor – investitsiyalarsiz modernizatsiya ham, yangilanish ham bo`lmaydi” Shu sababli, “Kapital qo’yilmalari va kapital bozori” mavzusini o`rganish dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida kapital qo`yilmalar hajmini
oshirish, uni moliyalashtirish manbalarini izlab topish muhim hisoblanadi. Davlat mulkining iqtisodiyotdagi salmog’i kamayib, xususiy sektorning o’rni va rolining oshib borishi natijasida kapital qo`yilmalarni respublikamiz iqtisodiyoti tarmoqlariga kiritish borasidagi qiziqishi ortib bormoqda. Biroq, imkoniyatlar chegaralangan bo’lsada mamlakatdagi mavjud investitsion muhit ichki va xorijiy xo’jalik yurituvchi sub’ektlar uchun har qanday sharoitda ham bo’sh turgan pul
mablag’larini investitsion faoliyatga jalb etish va undan daromad olishni
kafolatlamog’i lozim. Bu vazifani oqilona hal qilish, o’z navbatida, samarali
hisoblangan ustuvor tarmoqlarni aniqlash, mahalliy va xorijiy kapital qo`yilmalarni
rag’batlantiruvchi maqbul investitsion siyosat yuritish va qulay investitsion muhit
yaratishni talab etadi. Shu boisdan ham nafaqat ichki, balki xorijiy kapital
qo`yilmalarni hajmini ko’paytirish va ulardan samarali foydalanish imkoniyatlarini
kengaytirish yo’nalishlarida ilmiy-amaliy asoslangan xulosalar va tavsiyalar ishlab
chiqish dolzarb muammolardan biri bo’lib qolmoqda.
Bozor munosabatlariga o’tish mamlakatimiz iqtisodiyotining makro va mikro darajalarida xilma-xil yangi faoliyat turlarini vujudga kelishga va ularni rivojlanishiga asos soldi.Shunday faoliyat turlaridan biri bo’lib, investitsiya faoliyati hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasining “Investitsiyalar faoliyati to’g’risida”gi Qonunning 2-moddasiga ko’ra, “Investitsiyalar – iqtisodiy yoki boshqa faoliyat obyektlariga sarflanadigan moddiy va nomoddiy boyliklar hamda ularga doir huquqlardan iboratdir” deyilgan. Investitsiya faoliyati, - tushunchasi negizida “investitsiya” atamasi yotadi. Ushbu nomdagi atama o’zbek tili lug’atida chet tillaridan o’zgartirishsiz kiritilgan, lekin uning asl mohiyati iqtisodiy ahamiyatiga qarab tavsiflangan.
Mamlakatimizda investitsiyalarni jalb etishda avvalo ichki manbalarni safarbar etishga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. Bu yangi ishlab chiqarishni tashkil etish yoki mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini yanada kengaytirishda investorlarning o’z moliyaviy manbalarning to’liq safarbar etilishi, bir tomondan, Mavjud iqtisodiy resurslardan tejamli va oqilona foydalanishni ta’minlasa, boshqa tomondan, investitsiyalarning samaradorligini oshiradi.
Xo’jalik jarayonlari ma’lum mablag’lar zahirasini talab etadi. Shuning uchun ham, ishlab chiqarish korxonalari imoratlar, mashinalar, uskunalar, materiallar, pul mablag’lari, nomoddiy aktivlar va shu kabi boshqa mablag’larga ega bo’ladi. Korxona mablag’larning manbalari – davlat fondidan, aksiyalarni chiqarish va sotish, ta’sischilarning badallaridan, banklarning kreditlari hisobidan foydadan va boshqalardan tashkil etiladi. Xo’jalik faoliyatini to’g’ri boshqarishda korxonaning qanday mablag’larga egaligi, ularning joylashuvi hamda bu mablag’lar manbalari, maqsadlarini bilish kerak.
"Kapital" so'zi lotincha kapitalis so’zidani kelib chiqqan bo’lib, asosiy degan ma’noni anglatadi. Ishlab chiqarishning maxsus omili sifatida kapital har qanday ishlab chiqarish resurslarini - dastgohlar, uskunalar, asboblar, eng yangi texnologiyalar va ishlanmalarni, odamlar tomonidan kelajakda foyda olish uchun yaratilgan iqtisodiy dasturiy mahsulotlarni birlashtiradi.
Biz ushbu ta'rifdagi uchta mahbusga e'tibor qaratamiz.
1. Kapital deganda odamlar yaratgan manbalar tushuniladi. Bu uning tabiat omillari tomonidan yaratilgan turli xil resurslarni birlashtirgan er omilidan farqi.
2. Kapital faqat ishlab chiqarish faoliyati uchun foydalaniladigan buyumlardir. Poyafzal, oziq-ovqat, shaxsiy avtoulovlar va boshqa mahsulotlar odamlar tomonidan yaratilgan bo'lsa ham, ishlab chiqarishda ishlatilmaydi va kapital hisoblanmaydi.
3. Kapital ishlatiladigan ishlab chiqarishning maqsadi foyda hisoblanadi.
Kapital ishlab chiqarish omillari orasida etakchi o'rinlardan birini egallaydi, chunki u zamonaviy iqtisodiyotga ularning asosiy xususiyatlarini taqdim etadi:
1) ularning sanoat (texnologik) tabiati;
2) ijtimoiy ishlab chiqarishni ixtisoslashuvi va kooperatsiyasi;
Do'stlaringiz bilan baham: |