O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi «Ijtimoiy fanlar» kafedrasi


Bozor turlari va ular o’rtasidagi bog’liqlik



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana18.01.2022
Hajmi0,6 Mb.
#383852
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ozbekistonni jaxon xamjamiyati davlatlari orasida tutgan orni

.   Bozor turlari va ular o’rtasidagi bog’liqlik. 

     Prezidentimiz  I.A.Karimov  ta’kidlaganlaridek:  ,,Faqat  uyushgan 

bozorgina  bugungi  kunda  xalqning  ijodiy  va  mehnat  imkoniyatlarini 

ochib  bera  oladi,  boqimandalikka  xotima  beradi,  tashabbuskorlik  va 

ishbilarmonlikni  rivojlantira  oladi,  rag’batlantirishni  va  yo’qotilgan 

xo’jayinlik tuyg’usini qayta tiklaydi. 

       Faqat  bozorgina  ishlab  chiqarishni  iste’molchining  manfaatlariga 

bo’ysindirish,  mahsulotga  bo’lgan  talabni  aniq  xisobga  olish, 

konyuktura o’zgarishlariga qarab tezlikda ish tutish imkonini beradi.  

       Faqat  bozorgina  tejamli  xo’jalik  yuritishning  kuchli,  oqilona 

jihatlarini 

yaratadi, 

xarajatlarni 

kamaytiradi, 

talon-taroj 

va 


lapashanglikka qarshi kurashadi. 

       Faqat bozorgina yangiliklarga sezgir qiladi, fan va texnikaning eng 

so’nggi  yutuqlarini  dadil  va  g’ayrat  bilan  joriy  etadi,  o’z  ishining 

ustasiga, kasb mahoratiga munosib baho beradi”. 

       Bozor  tizimining  salbiy  tomonlari  ham  bor.  Chunki  dunyoda 

odamdan  bo’lak  mukammal  narsaning  o’zi  yo’q.  Faqatgina  odam 

bekami-ko’st,  mukammal  uyg’unlikda  yaratilgan.  Shu  nuqtai  nazardan 

bozor  tizimi  faqat  ijobiy  tomonlarga  ega  deb  aytolmaymiz,  uni 

ideallashtira olmaymiz. 

      ,,Bozor 

iqtisodiyotiga  o’tish  muammosiga,  -  deb  yozadi 

Prezidentimiz  I.A.  Karimov  ,-  tik  ko’z  bilan,  real  qarash  kerak.  Bozor 

iqtisodiyotining  faqat  ijobiy  tomonining  emas,  balki  uning  salbiy 

tomonini ham ko’ra bilish kerak”. 

       Gap,  bozor  iqtisodiyotiga  o’tish  davrida  ro’y  beradigan  salbiy 

ijtimoiy-iqtisodiy  hodisalar  ustida  bormoqda.  O’tish  davri  inqirozga 

uchragan  ma’muriy  buyruqbozlik  tizimi  bilan  endigina  tetapoya  bo’lib 

kirib  kelayotgan  erkin  bozor  iqtisodiyoti  o’rtasidagi,  yoki  boshqacha 

qilib  aytganda:  inqirozga  uchragan,  lekin  yo’q  qilib  tashlanmagan 



buyruqbozlik tizimi bilan endigina tug’ilgan, biroq hali juda zaif bozor 

iqtisodiyoti o’rtasidagi kurash davri bo’lmay iloji yo’q. 

        ,,Bozorga,  -  deb  ta’kidlaydi  Prezidentimiz  I.A.Karimov,-  ayniqsa 

uning shakllanish bosqichida: 

 

Uzoq va chuqur iqtisodiy inqirozlar; 



 

Ishsizlikning o’sishi; 



 

Pulning qadrsizlanishi; 



 

Ko’pgina  korxonalarning  ,,sinish”  va  ishbilarmonlarning 



xonavayron bo’lishi; 

 



Axolining moddiy ta’minot jihatidan keskin tabaqalanishi; 

 



Xuquqqa zid xatti-harakatlar va jinoyatlarning o’sishi xosdir. 

        Bozorning  bu  illatlarini  bilish,  ularga  tayyor  turish,  ularni  bartaraf 

etish yuzasidan to’g’ri yechimlar topa bilish kerak”. 

        Buning  uchun  har  birimiz  bozorning  ijobiy  va  salbiy  tomonlarini 

yaxshi anglab, aql-zakovat bilan ish tutishimiz lozimdir. 

        Iqtisodchi  P.  Samuelson  ham  bozor  iqtisodiyoti  tizimining 

kamchiliklardan holi emasligi va bozorning:  

 



Keskin tengsizlikni keltirib chiqarishini; 

 



Fanda ulkan tadqiqotlar o’tkazilishini ta’minlay olmasligini; 

 



Ijtimoiy  zarur  tovarlarni  ishlab  chiqarishga  emas,  puli  bor 

odamning  talabini  qondirish  uchun  zarur  bo’lgan  tovarlarni  ishlab 

chiqarishga yo’naltirilgan bo’lishini; 

 



Inflatsiya jarayonlarini boshidan kechirib turishini ta’kidlaydi. 

Shunday  qilib,  bozor  tizimini  ideallashtirish,  uni  hamma  davrda  davo 

deb, haddan tashqari olqishlash katta yanglishish bo’lur edi. 

         Uning  o’ziga  hos  ammo-  lekinlarni,  muammolari,  nobop,  zaif 

tomonlari ham yo’q emas. Bozor iqtisodiyoti millionlardan iborat ishlab 

chiqaruvchi  va  iste’molchilarning  faoliyati  bo’lganidan  unga  tarqoqlik 

va xudbinlik ham hos. U o’z-o’zidan davlat va jamoatchilik ishtirokisiz 

tabiatni  muhofaza  etish,  ekologiya  muvozanatini  ta’minlashni  yuzaga 

chiqarmaydi. 

         Jamiyat  uchun  zarur  bo’lgan,  lekin  harajatlar  qaytimi  sekin 

bo’ladigan,  katta  mablag’  talab  qiladigan  inshootlar  va  binolarning 



qurilishini  rag’batlantirmaydi.  Darhol  foyda  keltirmaydigan  nazariy 

izlanishlarni ham rag’batlantirmaydi. 

         Bozor  o’ziga  xos  strukturaga  ega  bo’lgan  murakkab  tizimdir. 

Shunga ko’ra u xilma-xil turlarga bo’linadi. 

1.

 

Ayirboshlash  obektining  moddiy  shakli  jihatidan  bozorning 



quyidagi turlari mavjud: 

 



Iste’mol tovarlari va xizmatlari bozori; 

 



Ishlab chiqarish vositalari bozori; 

 



Moliya bozori; 

 



Valyuta bozori;  

 



Mehnat bozori; 

 



Intellektual tovar bozori; 

 



Shou-biznes bozori. 

2.

 



Ayirboshlash miqyosi jihatidan bozor quyidagi turlarga bo’linadi: 

 



Mahalliy bozor;  

 



Regional bozor; 

 



Jahon bozori. 

3.

 



Amal qilish harakteriga qarab bozor 3 hil bo’ladi: 

 



Tartibsiz (stihiyali) bozor; 

 



Tartibli bozor; 

 



Boshqariladigan bozor. 

4.

 



Iqtisodiy  aloqalarga  kirishish  darajasiga  ko’ra  bozor  quyidagi 

turlarga bo’linadi: 

 

Erkin bozor;  



 

Monopollashgan bozor;  



 

Monopol raqobatli bozor;  



 

Oligopolistik bozor; 



 

Sof monopoliya bozori. 



5.

 

Tovarlarning  chetdan  kelishiga  qarab  ochiq  va  yopiq  bozor  (ichki 



bozor) bo’lishi mumkin. 

        Iste’mol  tovarlari  va  xizmatlar  bozori  aholi  iste’mol  uchun  zarur 

bo’lgan tovar va xizmatlarni ayirboshlash uchun hizmat qiladi. Amalda 

iste’mol  mollar  bozori  savdo  shahobchalaridan  iborat  bo’ladi.  Unga 

davlat, kooperativ, tijorat savdosi, dehqon bozori, chayqov kabi bozorlar 

kiradi.  Bunga  sotuvchilar-tovar  ishlab  chiqaruvchilar  yoki  ularning 




vakolatini  olgan  korxona  yoki  tashkilotlar  bo’lsa,  xaridor  esa  keng 

iste’molchilardan iborat  bo’ladi. 

       Bozorda  iste’mol  tovarlaridan  tashqari  aholiga  har  xil  maishiy, 

texnikaviy  xizmatlar  ham  sotiladi.  Bu  yerda  xaridorlar  faqat 

fuqarolardan  iborat  bo’lmaydi.  Ular  tarkibiga  aholiga  bepul  xizmat 

ko’rsatuvchi  korxona  va  tashkilotlar  (kasalxona,  bolalar  bog’chasi, 

qariyalar  uyi,  yetimxona  va  boshqalar)  ham  kiradi.  Ular  keng  iste’mol 

buyumlarini sotib oladilar. 

      Iste’mol bozorining hajmi unda sotilgan tovarlarning yalpi summasi, 

ya’ni  tovar  oboroti  bilan  belgilanadi.  Iste’mol  tovarlari  qat’iy  davlat 

narxlari,  nazorat  qilinadigan  narxlar  va  erkin  bozor  narxlarida  sotiladi. 

Iste’mol bozori o’zining xolatiga qarab ikki xil bo’ladi: 

 

,,to’yingan bozor”, ya’ni tovarlar talabga yetarli bo’lgan bozor; 



 

,,taqchil yoki och bozor”, ya’ni tovarlar surunkali yetishmay qolib, 



talabga javob bera olmaydigan bozor. 

       Bozor  iqtisodiyotiga  to’yingan,  istagan  tovarlar  mavjud    bo’lgan 

bozor  xosdir.  O’zbekistonning  bozor  iqtisodiyotiga  o’tishi  tovar  ishlab 

chiqarishni rag’batlantirib, ularni ko’paytirish va doimiy taqchilli bozor 

o’rniga  to’yingan  bozorni  shakllantirish  maqsadlarini  ko’zlaydi. 

Masalan,  iste’mol  bozori  barbod  bo’lishiga  yo’l  qo’ymaslik  uchun  

xukumatimiz  hayotiy  muhim  mahsulotlar  eksportini  bojxonalar  orqali 

qat’iy nazorat qilish va yuqori boj to’lovlari joriy etish bilan bir qatorda, 

dastlabki  bosqichda  kundalik  zarur  tovarlarning  cheklangan  turlarini 

meyorlangan tarzda sotishni tashkil etdi. 

        Bu tizim o’zini to’la-to’kis oqladi. U bozorni pishiq-puxta ximoya 

qilibgina  qolmay,  iste’mol  bozori  shoxobchalariga  barcha  zarur  oziq-

ovqat  maxsulotlarini  va  kundalik  xarid  mollarini  muntazam  ravishda 

chiqarib  turishni  ta’minlash,  ularni  iste’mol  qilish  xajmlarini 

kamaytirmaslik imkonini berdi. 

        Ishlab  chiqarish  vositalari  bozori  –  bu  mehnat  qurollari  hamda 

xomashyo,  yoqilg’i  va  metallarning oldi-sotdi bozori. Unda sotiladigan 

tovarlar  shaxsiy  iste’molga  emas,  balki  asosan  ishlab  chiqarish 

iste’moliga  mo’ljallangandir.  Demak,  tovarning  sotuvchilari  ham, 

xaridorlari xam tovar ishlab chiqaruvchilardir. 

       Bozor 

munosabatlariga  o’tgunga  qadar  ishlab  chiqarish 

vositalarining  xarakati  (savdosi)  asosan  moddiy  texnika  ta’minoti 



shaklida  amalga  oshirilardi.  Bunda  moddiy  resurslar  odatda  erkin 

savdoga  kelib  tushmasdi,  balki  oldindan  taqsimlangan  fondlar  bo’yicha 

markazlashtirilgan  tartibda  taqsimlanardi.  Ishlab  chiqaruvchilar  bilan 

iste’molchilar  bir-biriga  biriktirilgan,  xo’jalik  aloqalari  bo’yicha 

sheriklarni  tanlashda  esa  erkin  emas  edilar.  Bunday  yo’sinda  ishni 

tashkil etish tovar muomalasiga zid bo’lgan xolda: 

 

Ishlab chiqaruvchilar o’rtasida taqobat bo’lishni; 



 

Iste’molchilarning erkin tanlovi va savdosini; 



 

Tarmoqlar  va  korxonalarning  zarur  bo’lgan  ishlab  chiqarish 



vositalari bilan yetarli darajada ta’minlanmasligiga olib kelar edi. 

        Bozor  munosabatlariga  o’tish  ishlab  chiqarish  vositalarini  barcha 

iste’molchilarga  bozor  orqali  erkin  narxlarda  sotish  imkoniyatini 

yaratadi.  Endi  ushbu  aloqalar  ulgurji  savdo  bozorida  tovar  birjalari 

orqali  amalga  oshiriladi.  Bu  yerda  ommaviy  bir  xildagi  tovarlar  (paxta, 

don,  metal  va  boshqa)  erkin  narxda,  nuqd  pulsiz,  korxonalarning 

bankdagi  maxsus  xisob  raqami  orqali  xisob-kitob  yuritish  yo’li  bilan 

sotiladi. Tovar birjasida sotuvchi: 

 

Muayyan kelishilgan narxlarda; 



 

Muayyan o’rnatilgan muddarda; 



 

Muayyan miqdorda (sonda, xajmda); 



 

Muayyan  maxsulot  turini  xaridorga  yetkazib  berish  majburiyatini 



oladi. 

         Tovar  birjalari  uni  tashkil  etuvchilarning  pul  qo’yishi  orqali 

(aksioner jamiyati singari) tashkil etiladi. 

         Moliya  bozori  –  bu  jamiyatdagi  moliya  xizmatlari  bozoridir.  Bu 

moliya  mablag’larini  vaqtincha  xaq  to’lab  ishlatish  yoki  ularni  sotib 

olish yuzasidan bo’lgan munosabatlardir. Moliya bozori banklarda, fond 

birjasida  va  auksionlarda  o’tkaziladi.  U  asosan  kreditlar  bozori 

ko’rinishida bo’ladi. Kredit iste’mol tovarlarini sotib olish, o’z xususiy 

ishini tashkil etish yoki kengaytirish (ishlab chiqarish vositalari va ishchi 

kuchini  sotib  olish),  davlat  xarajatlarini  amalga  oshirish  va  xokazolar 

uchun olinishi mumkin.  

         Kredit  uchun  to’lanadigan  pul  ,,narxi”,  uning  uchun  to’lanadigan 

foizdir. Foiz (protsent) xar qanday narx kabi, bozordagi talab bilan taklif 

nisbatiga bog’liq. 

        Moliya bozori tarkibiga quyidagilar kitadi: 



 

Pul bozori; 



 

Qimmatli qog’ozlar bozori;  



 

Valyuta bozori;  



 

Investitsiya bozori (mablag’larini sarflash); 



 

Ssuda kapitali bozori; 



 

Sug’urta bozori x.k. 



        Moliya  bozorida  ikki  guruxdan  iborat  subyektlar  pul  bilan 

munosabat  qiladilar.                   Birinchidan  –  pul  egalari   yoki  uni saqlab 

turuvchilar.  Bunga  axoli,  firma,  kompaniya  va  davlat  muassasalari 

kiradi. Ikkinchidan – pulga muxtoj bo’lgan subyektlardir. 

        Xar  ikkala  subyektlar    orasidagi  erkin  pul  muomalasi,  ya’ni  uning 

oldi-berdi  etilishi  moliyaviy  bozorni  bildiradi.  Bu  bozordagi  subyektlar 

o’rtasidagi munosabatlar xar ikki tomon uchun manfaatli bo’lgandagina 

yuzaga keladi. 

        Qimmatli  qog’ozlar  bozori  –  u  darimad  keltiruvchi  qimmatli 

qog’ozlar:  aktsiya,  obligatsiya,  veksel,  chek,  depozit,  sertifikatlarning 

oldi-sotdi  qilinishidir.  Bu  bozor  fond  birjasi  deb  yuritilib,  u  yerda  yirik 

korparatsiyalarning,  markaziy  va  mahalliy  davlat  maxkamalarining 

qimmatli  qog’ozlari  sotiladi  va  sotib  olinadi.  Fond  birjasiga  kirmagan 

qimmatli  qog’ozlar  birjadan  tashqari  nobirjaviy  bozorda  muomalada 

bo’ladi. 

        Qimmatli  qog’ozlar  bozorida  ham  sotuvchilar  va  haridorlar 

munosabatda  boladi,  ular  o’rtasida  vakolatga  ega  bo’lgan  brokerlar- 

maklerlar  (dallollar)  vositachilik  qiladi.  Bunday  tashqari  u  bozorda 

maxsus  birja  chayqovchilari  borki,  ular  aktsiya  kursi  o’zgarishini 

oldindan  payqab,  aktsiyalarni  katta  partiya  (miqdor)  da  sotib  olib, 

so’ngra uni qimmatga sotib katta daromad ko’rishadi. 

         Pul  va  qimmatli  qog’ozlar  bozori  iqtisodiyotni  boshqarishning 

muhim  unsurlaridan  biri.  Bu  bozor  davlat  harajatlarini  kreditlash  va 

byudjet  taqchilligini qoplashning manbai sifatida katta axamiyatga ega. 

         Xalqaro  kredit  muomalasining  rivojlanishi  haxon  pul  bozorining 

vujudga kelishiga sabab bo’ladi (eng yiriklari Amerika pul bozori, u 

         Valyuta bozori – bu pul va qimmatli qog’ozlar bozori kabi moliya 

bozorining bir unsuridir. Bu yerda turli mamlakatlar valyutasi oldi-sotdi 

qolinadi.  Bozorga  korxona,  firma,  davlat  idoralari  va  fuqarolar 

qatnashadi. Ulardan biri valyuta sotsa, ikkinchisi uni sotib oladi. 




         Valyuta bozori amaliyotda valyuta bilan savdo qiluvchi banklar va 

valyuta auktsion ko’rinishida bo’ladi. O’zbekistonda valyutani oldi-sotdi 

qilish operatsiyalari bilan Respublika Markaziy banki, respublika tashqi, 

iqtisodiy  Milliy  banki  va  shu  faoliyat  ychun  ruxsat  berilgan  banklar 

shug’ullanadi. Valyuta bozori: 

 



Chet el oldi-sotdisidagi o’zaro to’lovlarni bajarish; 

 



Valyuta xatarini sug’urtalash; 

 



Valyuta zaxiralarini diversifikatsiyalash; 

 



Valyuta  sarflari  bilan  bog’liq  turli  tadbirlarni  o’z  ichiga  qamrab 

oladi. 


          Valyuta  bozorida  muomalalar  naqd  yetkazib  berish  bilan  yoki 

valyutani kelishilgan vaqtdagi kurs bo’yicha ma’lum muddatda (1-3 oy 

va  undan  ortiq  muddatda  )  yetkazib  berish  (forvard)  shaklida  amalga 

oshiriladi. Valyuta muomalalari asosan AQSH dollarida olib boriladi. 

         Mehnat  bozori  –  bu  ish  kuchini  oldi-sotdi  qilish  munosabatini 

bildiradi. Bu yerda tovar bozoridan farqli o’laroq, insonning o’zi emas, 

ma’lum muddatda sotiladi. Ish kuchi avval iste’mol etilib, so’ngra uning 

haqi to’lanadi.  

         Mehnat  bozori  aniq  shakllarda  yuz  beradi.  Ulardan  eng  muximi 

mehnat  birjasidir.  Savdo  birjasi  singari  mehnat  birjasi  tovarni,  ya’ni 

ishchi  kuchini  pulga  ayirboshlashda  vositachilik  qiladi,  ish  kuchi  egasi 

bilan  uni  yollovchi  korxona  yoki  firma  o’rtasida  turadi.  Birjada  ish 

kuchiga  bo’lgan  talab  bilan  ish  kuchiga  bo’lgan  taklif  bir-  biri  bilan 

bog’lanadi. Mehnat birjasi: 

 

Ish  kuchiga  tushgan  talabga  binoan  ro’yhatdan  o’tgan  ishsizlarni 



bo’sh joylariga jo’natadi; 

 



Kishilarni kasbga yo’naltiradi; 

 



Yangi ishchi kasbini egallashga undaydi; 

 



Malakani oshirish ishlari bilan shug’ullanadi.  

         Mehnat  birjalarining  faoliyatlari  ishsizlarni  ish  bilan  ta’minlash, 

xalq xo’jaligi tarmoqlari tuzilmalaridagi o’zgarishlar bilan bog’liq xolda 

o’zgarib  turadigan  mehnat  bozori  extiyojini  qondirishdan  iborat. 

Ularning o’rtasidagi farq ham shunda. 

         Intellektual  tovarlar  bozori  –  bu  bozorning  maxsus  turi  bo’lib, 

aqliy mehnat mahsuli bo’lmish tovarlar va xizmatlarning ayirboshlashini 

bildiradi. 




         Bu  bozorda  sotuvchilar  va  xaridorlar  maxsus  tovar  xisoblangan 

ilmiy g’oyalar, texnikaviy yangiliklar, san’at va adabiyot asarlari, xilma-

xil axborotlarni oldi-sotdi etish yuzasidan munosabatda bo’ladilar.  

         Intellektual bozor turli ko’rinishlarda bo’lishi mumkin.  

  Jumladan: 

 



Ilmiy-texnik ishlanmalar bozori;  

 



Tasviriy san’at bozori; 

 



Musiqa bozori;  

 



Antikvar buyumlar bozori; 

 



Kino bozori;  

 



Axborot bozori va x.k. 

        Intellektual  tovarlar  bozorida  ilmiy-texnikaviy  ishlanmalar  oldi-

sotdisi katta o’rin tutadi. U amalda: 

 



Patent; 

 



Litsenziya; 

 



Nou-xou sotishdan iborat. 

         Bu  yerda  ilmiy-texnikaviy  yangiliklar  xaridor  mulkiga  aylanish 

sharti bilan yoki o’z egasi mulki bo’laturib, vaqtincha foydalanish sharti 

bilan sotiladi. 

         Intellektual  tovarlar  bozori  ishlab  chiqarish  navatsiyaga  xizmat 

qiladi,  ya’ni  y  fan-texnika  rivojiga  ta’sir  etadi.    Shu  sababli  uning 

axamiyati  nafaqat  umummilliy,  balki  baynalminal  hamdir.  Ilmiy-texnik 

ishlanmalar,  texnologiya  talab  o’ta  o’zgaruvchan,  bu  bozordagi 

munosabatlar ko’pincha mamlakatlararo bo’ladi. 

        Intellektual bozorda ko’pincha innovarsiya firmalari ish yuritadilar. 

Ular yangilikni toppish, uni bozorda sotish, ishlab chiqarishga joriy etish 

yuzasidan  xizmat  ko’rsatadilar.  Bu  ishda  injiniring  va  konsalting 

firmalar  xam  qatnashadi.            Mazkur  bozor  fan-texnika  rivojiga  katta 

xissa  qo’shadi,  yangiliklarni  kerakli  joyda  samarali  qo’llanishini 

ta’minlaydi. 

        Shou-biznes  bozori  intellectual  tovar  bozorining  rng  mashxur 

turlaridan biri. Bu bozor yordamida xar xil pullik tomoshalar ko’rsatish 

yo’li bilan daromad topiladi.      Shou-biznesdan tushadigan daromad: 

 

Axolidan olinadigan tomosha zaqi;  



 

Firmalardan tushadigan reklama puli; 




 

Tomoshabinlarga  sovdo-maishiy  xizmat  ko’rsatish  xaqi  va 



boshqalardan shakllanadi. 

        Shou-biznesda 

bitishuv 

shartnomalariga 

binoan 

mashhur 


ijrochilarning  chiqishlari  uyushtiriladi.  Kontraktlar  shou-birja  orqali 

tuziladi.  

       Shou-birja  –  bu  turli  mamlakat(region)  lardagi  yakka  musiqaviy 

ijrochilar,  ijrochilar  jamoasi  (ansambllar)  bilan  shartnoma  tuzish 

yuzasidan  o’tkaziladigan  birja.  U  aqliy  tovarlar  bozorining  bir  turi. 

Shartnomada ijrochilar gastollarni o’tkazish shartlari, muximi ijrochilar 

uchun beriladigan gonorar (ijod xaqi) kelishib olinadi. 

       Mahalliy  bozor  –  bu  muayyan  mamlakatning  davlat  chigaralari 

doirasi  bilan  cheklangan  shaxar,  rayon,  viloyat  xududlaridagi  bozordir. 

Bu  bozorlarning    mollar  ko’lami  va  xilma-xilligi  eng  avvalo  mahalliy 

qishloq  xo’jaligi,  sanoatning  rivoji  va  yo’nalishi  bilan  belgilanadi. 

Shuning uchun bu bozorlardagi mollar asosan oziq-ovqat, keng iste’mol, 

sanoat  mollari, xo’jalik  va uy-joy, qurilish buyunlaridan iborat bo’ladi. 

Mahalliy  bozorning  turliligi,  ularning  xususiyatlari,  shu  yerli  xalqning 

boyligi bo’lib, bu ularning yzoq shakllangan taraqqiyotining natijasidir. 

       Reginal bozor deganda bir mamlakat doirasidagi regionlar o’rtasida 

yoki  bir  necha  chegaradosh  davlatlar  o’rtasida  tashkil  etilgan  bozor 

tushuniladi. Bu bozor ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi asosida yuzaga 

keladi.  Regional  bozorning  mahalliy  bozorga  nisbatan  imkoniyatlari 

ko’p  bo’lib,  mol  turlari  ancha  keng  va  mehnat  taqsimoti  chuqurligi 

sababli  mol  almashinish  ko’lami  ham  kengdir.  Chunki  bu  yerda  bir 

necha regionlar qatnashadi. 

       Jahon  bozori  –  bu  xalqaro  mehnat  taqsimoti  orqali  bir-birlariga 

bog’langan  turli  mamlakatlar  o’rtasidagi  barqaror  oldi-sotdi 

munosabatlaridir.  Jaxon  bozori  regional  bozordan  farq  qilgan  xolda 

ishlab  chiqarishning  mamlakatlararo  ixtisoslashuviga  va  shunga  ko’ra 

bir-biriga tovar yetkazib berish zarurligiga asoslanadi. 

      Bu  yerda  turli  mamlakatlar  ishlab  chiqaradigan  tovarlarning 

hammasi  emas,  balki  mamlakatlararo  ayirboshlanishi  zarur  bo’lgan 

turlarigina  sotiladi.  Binobarin,  jahon  bozorining  tovar  assortimenti 

cheklangan  bo’ladi.  Ularga  asosan  asbob-uskuna,  neft,  ko’mir,  metall, 

paxta,  don,  choy,  kofe,  jun,  yog’och  kabi  tovarlar  kiradi.  Regional  va 

mahalliy bozordagi ko’pgina tovarlar jaxon bozorida bo’lmaydi. 



      Injiniring  xizmatlar  bozori  –  bu  jahon  bozorning  bir  turi  bo’lib, 

injiniring xizmatlarining davlatlararo oldi-sotdi qilinishi. 

      Loyixalash,  korxonalarni  qurish,  ularni  jixozlash,  ekspluatatsiya 

qilish  yuzasidan  bo’lgan  xizmatlarni  maxsus  injiniring  firmalari 

bajaradi. Eksport injiniring firmalari: 

 



Chet  eldagi  ilmiy  g’oyalar  va  texnik  ishlanmalar  bozorida 

litsenziyalar sotadi; 

 

Texnik yangiliklarni xorijda joriy etadi; 



 

Murakkab va ulkan loyihalarni amalga oshiradi; 



 

Injiniring  bilan  birga  mashina  va  uskunalarni  eksport  qilib, 



yetkazib beradi ba x.k. 

         Injiniring  xizmatlar  bozorida  asosiy  xaridor  rivojlanayotgan 

davlatlar bo’lsa, sotuvchilar rivojlanayotgan mamlakatlardir. 

         Bozor o’z rivojida bir necha bosqichni bosib o’tadi. 

         Birinchi bosqich – bu tartibsiz bozor bosqichi. Bu bosqichda bozor 

aloqalari  stixiyali  tarzda  o’rnatiladi,  ishlab  chiqaruvchi  uchun  bozor 

noma’lum  bo’ladi.  Bozor  narxining  qanday  bo’lishini  xech  kim  kuzata 

olamaydi.  Bu  bozorda  stixiyali  kuchlar  bamisoli  tabiat  kuchlari  kabi 

obyektiv ravishda sotuvchilar va xaridorlar ustidan xukmronlik qiladi. 

        Tartibsiz  bozorda  o’rnatilgan  qoidalar  amal  qilmaydi.  Bunday 

bozor  madaniylashgan  yovvoyi  bozor  iqtisodiyotiga  xos  bo’lib, 

o’tmishda  mavjud  bo’ladi.  Xozirgi  dehqon  bozori,  mol  bozori  va 

chayqov bozorlari tartibsiz bozorda misol bo’la oladi.  

         Ikkinchi bosqich – bu rejali, tartiblanadigan bozor bosqichidir. Bu 

shunday  bozorki,  unga  xos  bo’lgan  qonunlar  ko’r-ko’rona  amal 

qilavermaydi,  bozor  aloqalari  shu  qonunlarga  oldindan  moslashtirib 

boriladi.  Bu  yerda  ishlab  chiqarish  uchun  bozorning  xolati  bir  qadar 

ma’lun  bo’ladi.  Bozor  va  uning  segmentlari  (kichik  qismlari)  oldindan 

taxlil etilib o’rganiladi, ishlab chiqarish marketing xizmati orqali bozor 

bilan  uzviy  bog’lanadi.  Mana  shunday  bozor  rivojlantirgan  bozor 

iqtisodiyotiga  xos.  Bunday  bozor  xozirgi  rivojlangan  mamlakatlarda 

mavjud. 


         Boshqariladigan  bozorda  iqtisodiy  munosabatlar  davlat  idoralari 

beradigan  buyruqlar  va  ko’rsatmalar  asosida  xal  qilinadi.  Nimani, 

qancha,  qay  tariqa  ishlab  chiqarishni,  kimga  va  qanday  narxlar  bilan 

sotishni  davlat  raxbarlari  o’zlari  tuzgan  rejalarga  tayanib  belgilaydilar. 




Bozorni boshqarish – bozorni tashkil etish, uni rejalashtirish va tartibga 

tushurishdan iborat faoliyatni o’z ichiga oladi.  

         Bozorni  boshqarishda  iqtisodiy,  tashkiliy,  ma’muriy  va  nixoyat, 

ijtimoiy- psoxolik usullar qo’llaniladi. Bular turkumiga: 

 

Davlat dasturlari; 



 

Narxlarning yuqori chegarasini belgilash; 



 

Korxonalar barqarorligini ta’minlash; 



 

Narxlarning  oshib  ketishidan  kelgan  foydani  soliqlar  orqali 



byudjetga olish; 

 



Tovarni  bozorga  chiqarish  yoki  chiqarmay  turishni  ta’minlash 

uchun tovar ishlab chiqaruvchilarga davlat xisobidan subsudiyalar berish 

kabilar kiradi. 

         Bozorni  boshqarishda  albatta  bozor  qonunlarini  xisobga  olish 

shart, u bozor muvozanatini ta’minlash qaratiladi. 

         Erkin  bozor  –  bu  raqobarli  bozordir.  Unda  sotuvchilar  va  xaridor 

ko’pchilik  bo’lib,  ulardan  xech  biri  bozorda  xukmron  mavqeiga  ega 

bo’lmaydi,  aksincha  ular  doimo  raqobatda  bo’ladilar.  Raqobat 

sotuvchilar bilan xaridorlar o’rtasini, shuningdek ularning o’zlari ichida 

bo’ladi. Bu yerda narx-navoni xech kim nazorat qilmaydi, narx bozorda 

erkin shakllanadi.  

          Rivojlangan  davlatlarda  qishloq  xo’jaligi  va  kichik  biznes 

korxonalari  maxsulotlarining  bozorni  erkin  raqobatli  bozorlarga  kiradi. 

Bunday sharoitda xar bir shaxs yoki kompaniya o’z saloxiyati bilan don 

yoki go’sht ishlab chiqarish to’g’risida qaror qabul qilishi mumkin. Shu 

ishlab chiqarishdan zarar  ko’radimi  yoki foyda topadimi, buning uchun 

faqat  shu  shaxsning  yoki  kompaniyaning  o’zi  javob  beradi.  Ishlab 

chiqarish  to’xtab  qolmasligi  yoki  sifarsiz,  keraksiz  maxsulot  ishlab 

chiqarishning  oldini  olishni  shaxslar  va  kompaniyalar  o’rtasidagi 

raqobat belgilaydi.  

          Raqobat  ko’zga  ko’rinmasa  xam,  bozor  iqtisodiyotini  xarakatga 

keltiruvchi  asosiy  kuchdir.  Raqobat  qarindosh-urug’chilikni,  oshna 

og’aynigarchilikni, ma’muriy buyruqbozlikni, umuman odamlar orasida 

xar  xil  andish-muloxazani  tan  olmaydigan  bir  omilki,  u  oxir-oqibatda 

turmush farovonligini ta’minlaydigan bir quroldir. 



          Monopollashgan  bozor  –  bu  ozchilik  sotuvchilar  va  xaridorlar 

xukmron bo’lgan, raqobat cheklangan yoki raqobat umuman yo’q bozor. 

Bu bozorning o’zi uch xil bo’ladi: 

 



Monopol raqobatli bozor; 

 



Oligopolistik bozor;  

 



Sof monopoliya bozori.  

         Monopol  raqobatli  bozorda  nisbatan  ko’p  bo’lmagan  firmalar 

ishtirok etadi, ularning bozordagi xissasi katta bo’lmaydi. Ular bozorda 

xar xil, lekin bir-birining o’rnini bosa oladigan tovarlar (masalan, kurtka, 

plashch,  palto)  bilan  ishtirok  etadilar,  ulardan  xar  biri  boshqasi  bilan 

raqobatlashadi,  ammo  raqobat  ishtirokchilari  miqdoran  cheklangan 

bo’ladi.  

        Oligopolistik  bozorda  sanoqli,  ozchilik  firmalar  va  kompaniyalar 

xukmron  bo’ladi.  Ammo  ular  xam  raqobatlashadilar.  Bu  yerga  bir  xil 

yoki  farqlanuvchi  tovarlar  chiqariladi.  Raqobat  ko’p  xollarda  ishlab 

chiqaruvchilar  bilan  xaridorlar  o’rtasida  yuz  beradi.  Oligopolistik 

bozorda  misol  qilib  Yaponiya  avtomobil  bozorini  olish  mumkin: 

bozorda  tovarlarning  xammasi  (100%)  uchta  firma    --  ,,Toyota”,   

,,Xonda” ,   ,,Nissan”  firmalarinikidir. 

        Sof  monopoliya  bozorida  sotuvchi  sifatida  bitta  firma  tanxo 

xukmron  bo’ladi.  Butun  bir  tarmoq  shu  firmadan  iborat  bo’lib,  undan 

boshqa  tovar  yetkazib  beruvchi  bo’lmaydi,  uning  tovarini  o’rnini 

bosadigan boshqa tovar xam topilmaydi. Bu yerda raqobat bo’maydi. 

        Shunday bozorda misol qilib, AQSH dagi kompyuter bozorini olish 

mumkin.  Bu  yerdagi  tovarlarning  80-85  foizini  tanxo  IBM 

korparatsiyasi yetkazib beradi.  

       Monopoliya  ko’rinishlari  qadimdan  mavjud.  Noyob  maxsulot 

yetishtiriladigan  yerlar,  konlar,  suv  xavzalari,  o’rmonlar  va  boshqa 

tabiiy  manbalar  ozchilik  qo’lida  to’planib,  egalariga  monopol  mavqe 

bergan.  Ular  ma’lum  maxsulotni  bozorga  tanxo  yetkazib  beruvchilarga 

aylanib, u yerda xukmron bo’lganlar.  

       Monopol  o’z  tabiatiga  ko’ra  ishlab  chiqarishda  turg’unlik  paydo 

qiladi, chunki monopol mavqega tayanib, sarf-xarajatlarni kamaytirmay 

foyda ko’rish, raqobatning yo’qligu yoki zaifligidan foydalanib bozorda 

o’z izmini o’rkazish mumkin.  




       Monopoliya 

bozor 


inkoniyatlarini 

cheklaydi, 

shu 

sababli 


respublikamizda  Moliya  vazirligi  qoshida  ,,  Demonopolizatsiya  va 

raqobatni rejalashtirish” qo’mitasi tashkil etilgan.  

       ,,Ochiq”  bozor  –  bu  tovarlarning  boshqa  yerdan  erkin  keltirib  va 

chegaralanmagan xolda oldi-sotdi qilinishidir. Ochiq bozor xorij mollari 

uchun ochiq bo’lgan milliy yoki davlatlararo (regional) bozordir. Ochiq 

bozor boj to’lovi bilan ximoya qilinmaydi, bu yerga tovarlar cheklanmay 

oqib keladi.  

       Jahon bozori o’z tabiati bilan ochiq bozor xisoblanadi, unda xamma 

mamlakatlararo  bemalol  qatnasha  oladi.  Milliy  bozor  bir  tovar  uchun 

ochiq bo’lsa, boshqasi uchun yopiq bo’lishi mumkin. Umuman olganda 

bozor iqtisodiyotiga erkin va ochiq bozor xosdir.  

      ,,  Yopiq  “  bozor  –  bu  uchki  bozorga  xos  bozordir.  Undagi  tovarlar 

xajmi  va  turlari  eng  avvalo  maxalliy  ishlab  chiqarish  tarmoqlarini 

rivojlanish  darajasiga  bog’liq  bo’ladi.  Shuning  uchun  bu  bozordagi 

mollar  asosan  oziq-ovqat,  sanoat  mollari,  xo’jalik  va  uy-joy  qurilish 

buyumlaridan iborat bo’ladi.  

     ,,Pinxoniy” bozor deganda qonunchilik tomonidan taqiqlangan tovar 

va  xizmatlar  bilan  oldi-sotdi  qilish  yoki  faoliyat  bilan  shug’ullanish 

tushuniladi. Bundaylarga: 

 



Qurol savdo qilish; 

 



Narkotik moddalar biznesi;  

 



Qimorbozlik; 

 



Foxishbozlik;  

 



Valyuta bilan chayqovchilik qilish; 

 



,,qo’lbola” spirtli ichimliklarni tayyorlash; 

 



Reket (bosqinchilik qilish, qurollangan o’g’rilik); 

 



Kontrabanda(chegaradan yashirincha mol-tovar o’rkazish yoki chet 

elga g’ayri qonuniy mol chiqarish). 

          Yashirin biznes soliqlardan va ish kuchini yollashni tartibga solib 

turuvchi qonun xujjatlaridan xoli bo’lganligi sababli ,,pinxoniy” bozorda 

narxlar  va  ish  xaqi,  odatda,  ,,  rasmiy”  bozorlardagiga  nisbatan  pastroq 

bo’ladi.  Aynan  shu  narsa,  ,,  pinxoniy”  bozor  qatnashchilariga  g’ayri 

qonuniy mo’may daromadlarni olishlariga imkon yaratadi.  



      ,,Pinxoniy”  bozor taqiqlangan bozordir. Shu sababli u davlat xuquq 

organlarining  doimiy  nazoratida  turadi.  Qonunbuzarlar  qonun  oldida 

javob beradilar.   


Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish