O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi farg’ona davlat universiteti huzuridagi oltiariq sanoat texnikumi


Sulfat kislotani fizik va kimyoviy xossalari ………………………………



Download 0,52 Mb.
bet2/5
Sana04.02.2023
Hajmi0,52 Mb.
#907751
1   2   3   4   5
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi h

3.1 Sulfat kislotani fizik va kimyoviy xossalari ………………………………..
3.2 Sulfat kislotani olinishi……………………………………………………...
3.3 Sulfat kislotaning ishlatilish sohalari.………………………………………
XULOSA VA TAKLIFLAR…………………………………………………
FOYDALANILGAN ADABIYOTLARVA MANBALAR RUYXATI……
ANNOTATSIYA
BITIRUV MALAKAVIY ISHINING MAQSADI VA VAZIFASI
Sulfat kislota - H2SO4 2 asosli kuchli kislota. Oddiy sharoitda hidsiz, rangsiz, ogʻir moysimon suyuqlik; zichligi 1,83 g/sm³(15° da), qotish temperaturasi 10,45°, qaynash temperaturasi 296,2°. Sulfat kislota suvni oʻziga yutib, koʻp miqdorda issiklik chiqaradi. Shu sababli uni suyultirishda kislotaga suv qoʻshish salbiy oqibatlarga olib keladi (kuchli portlash sodir boʻlishi mumkin). Sulfat kislotani suyultirish uchun uni ozozdan suvga qoʻshiladi. Sulfat kislota ning suvdagi eritmalarini sovitish yoʻli bilan uning H2SO4H2O, H2SO42H2O, H2SO44H2O tarkibli gidratlari olingan. Sulfat kislota sulfatlar va gidrosulfatlar hosil qiladi. Konsentrlangan Sulfat kislota kuchli oksidlovchi. Sulfat angidridning Sulfat kislota dagi eritmasi "tutovchi" Sulfat kislota yoki oleum nomi bilan yuritiladi. Sulfat kislota oltingugurt, oltingugurt kolchedani FeS2, sulfit angidrid SO2 va boshqa dan ham hosil qilinadi. Sulfat kislota kimyo sanoatining muhim mahsuloti. Oʻgʻit tayyorlashda, metallurgiyada, neftni tozalashda, boʻyoqchilik sanoatida, sunʼiy tolalar, portlovchi moddalar, xlorid kislota olishda, qoʻrgʻoshinli akkumulyatorlarda elektrolit sifatida va boshqalarda ishlatiladi.
Sulfat kislota ishlab chiqarishdagi zaharli gazlar (SO2 va NO2), shuningdek, SO3 va H2SO4 bugʻlari ancha xavflidir. Shuning uchun qurilmalarni yaxshilab germetiklash va shamollatish kerak. Sulfat kislota terini kuchli kuydiradi, u bilan ishlaganda himoya vositalari (koʻzoynak, rezina qoʻlqop, fartuk, etik)dan foydalanish zarur. Akumulatorlarga ham bu kislota quyiladi.



KIRISH
Sulfat kislota (H2SO4) kimyo sanoatini ko`p tonnalik asosiy mahsulotlaridan biridir. MDH da yiliga 26 mln. tonnaga, dunyo miqyosida 150 mln. tonnaga yaqin sulfat kislota ishlab chiqariladi. U kuchli kislotalar qatoriga kiradi va shu bilan birga eng arzonlardan biridir. Sanoatda bir necha nav sulfat kislota chiqariladi. va ular o`zaro konsentrasiyasi va aralashmalari bilan bir-biridan farqlanadi. Asosiy qismi texnik kontakt kislota (sulfat kislotaning miqdori 92,5%), aralashmalarini miqdori kam bo`lgan akqumulyator kislotasi (92-94%), oleum (SO3-24%) va minora usulda olingan kislota. Sulfat kislota xalq xo`jaligining hamma tarmoslarida keng sollaniladi va uning ishlab chiqarish miqdori uzluksiz ortib bormokda. Sulfat kislota mineral o`g`itlar - superfosfat va ammoniy sulfat ishlab chiqarishda aynissa ko`p ishlatiladi. Masalan,suvsiz bir tonna superfosfat (ftorapatitdan) olish uchun 600 kg 65% li sulfat kislota sarflanadi. Umumiy ishlab chiqariladigan hamma sulfat kislotaning yarmi mineral o`g`itlar ishlab chiqarish uchun sarflanadi. Suyuq yoqilg`ilarni qayta ishlash, ya`ni kerosin, parafin, surkov moylari hamda, to`yinmagan uglevodorodlarni oltingugurtli birikmalardan tozalashda ko`p miqdorda sulfat kislota ishlatiladi. Sulfat kislota ko`pgina organikm sintezlarda keng qo`llaniladi. Masalan,organik birikmalarni sulfatlab sulfokislotalar, ionitlar, turli bo`yoqlar olinadi. Bundan tashqari, sulfat kislota nitrolash reaksiyasi bilan nitrobenzol, nitrosellyuloza va nitrogliserin olishda suvni tortib oluvchi birikma sifatida ishlatiladi. Sulfat kislota suv bilan shiddatli birikadi. U organik birikmalarni parchalaydi. Suvsiz sulfat kislota (monogidrid) sulfat kislota - og`ir, moysimon qaynaydigan suyuqlik, suv bilan har qanday nisbatan aralashadi va bunda ko`p miqdorda issiqlik chiqadi. Konsentrlangan sulfat kislotaning 0 0 S.dagi solishtirma og`irligi 1,85 g/sm 3 ga teng, 304 0 S.da qaynaydi va +10 0 S da muzlaydi. Sulfat kislota moysimon bo`lgani uchun u ba`zan kuporos moyi deb ham ataladi. Bu nom temir ko`porosi qattiq qizdirilib, sulfat kislota hosil qilingan vaqtdan beri saqlanib kelmoqda. Sulfat kislota dastlab XVIII asrlarda olina boshlangan (oldingi sahifalarga qarang). U vaqtda temir ko`porosini termik qayta ishlab sulfat kislota olinar edi. Hozirgi vaqtda sulfat kislota, asosan ikki usulda: nitroza va kontakt usullari bilan olinadi. Nitroza usuli 200 yildan ko`proq vaqtdan beri ma`lum bo`lib, kontakt usuli esa XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida sanoat tomonidan o`zlashtirildi va nitroza usulini siqib chiqarmoqda. Ikkala usulda ham avval oltingugurtdan yoki oltingugurtli birikmalardan sulfid angidrid olinadi, so`ngra bu gaz sulfat kislotasiga aylantiriladi. Buning uchun sulfid angidridni kislorod ishtirokida oksidlab, sulfat angidridga o`tkaziladi. Bu jarayonni tezlashtirish maqsadida katalizatorlardan foydalaniladi. Katalizator sifatida azot oksidlari (sulfat kislotadagi eritmasi) ishlatilsa nitroza usuli, qattiq katalizatorlar ishlatilsa kontakt usuli ( V2O5 bilan kontakti) hisoblanadi. Nitroza usulida oksidlanish, asosan, suyuq muhitda va to`ldirgichli minerallarda olib boriladi. SHuning uchun ko`pincha bu usul minorali usul deb yuritiladi. Bunday usul bilan suyultirilgan 70-77%.li, hamda turli qo`shimchalar aralashgan sulfat kislota olinadi, u asosan mineral o`g`itlar ishlab chiqarishda ishlatiladi. Kontakt usulda sulfat kislota olishda qattiq katalizatorlar ishlatiladi, hozir bunday usulda sulfat kislota ishlab chiqarish ancha takomillashgan bo`lib, olinayotgan kislota juda toza va konsentrasiyasi yuqori bo`ladi. Kontakt usulida ishlab chiqarilayotgan sulfat kislotaning tannarxi nitroza usulidagiga qaraganda bir oz qimmat bo`lishiga qaramasdan, hozir MDH da ishlab chiqarilayotgan sulfat kislotaning 70% i kontakt usuli bilan olinadi. Sulfat kislota ishlab chiqarish uchun xom-ashyo tug`ma (yombi) oltingugurt, metall kolchedanlari, rangli metallurgiyani chiqindi gazlari, vodorod sulfid tutgan gazlar, neft, toshko`mir tarkibidagi oltingugurtli birikmalar, sulfat kislota tuzlari (sulfatlar) bo`lishi mumkin. Bulardan sulfid angidrid olish uchun eng yaxshi xom-ashyo oltingugurt bo`lib, u tarkibida oltingugurt bo`lgan minerallarni termik qayta ishlash natijasida ( +113 0 S da suyuqlanadigan modda bo`lgani uchun u tezda suyuqlanib mineraldan ajralib chiqadi) hosil bo`ladi. Oltingugurtni qazib olishning samarali usuli oltingugurt konlariga o`ta qizdirilgan suv yuborib, oltingugurtni eritishga asoslangan. Quduqqa o`ta qizdirilgan (165-170 0 S) suv bug`i va havo aralashmasi yuborish, hamda suyuqlangan oltingugurtni er yuzasiga chiqarish uchun uchta nay joylashtiriladi. Ma`dandagi oltingugurtni miqdori bo`yicha ular boy (25% dan ko`proq), o`rtacha (10-25%) va kambag`al (5-10%) larga bo`linadi. Ularga zararli bo`lgan aralashmalar - gips, bitum, mqshg`yak, selen aralashgan bo`ladi. SHuning uchun qazib chiqarilgan oltingugurt boyitish fabrikalarida ishlanib tozalanadi. Dunyodagi oltingugurtning eng ko`p qismi, vulqonli oltingugurtdir (CHili, YAponiya, Filipin), tug`ma (yombi) oltingugurti bor bo`lgan mamlakatlar - AQSH, Kanada, Polsha, Meksika, Iroq hisoblanadi. Oltingugurt havoda oson yonib oksidlar hosil qiladi: S+O2( SO2. Bu gazning tarkibida 10-15% chang, 6-11% kislorod va 79% azotdan iborat. Reaksiyaga kirishadigan moddalar ikki xil fazada bo`lgani uchun reagentlarning kontakt yuzasini oshirish maqsadida suyultirilgan oltingugurt issiqxona ichida changlatiladi va kontakt vaqtini oshirish uchun bo`sh issiqxona ichiga to`siqlar o`rnatilib aralashmani reaksion yo`li o`zaytiriladi. Sulfid angidridi juda yuqori haroratda (140 0 S) issiqxona ichidan chiqariladi va keyingi bosqich gazini SO2 ga aylantiriladigan kontakt qurilmaiga kirmasidan oldin tiklovchi - qozonlariga yuborilib, uning issiqligidan foydalaniladi. Bu usul bilan olingan oltingugurt (IV)- oksid gazi ancha toza bo`lgani uchun uni tozalashni hojati yo`q. Respublikamizda yombi oltingugurt manbalari kam bo`lgani uchun sulfat kislota ishlab chiqarishda sof oltingugurt juda kam ishlatiladi. SHuning uchun undan, asosan, rezina, sun`iy tolalar, gugurt, tutunli porox (rangli raketa), dorivor moddalar va boshqa mahsulotlar olishda va qishloq xo`jalik zararkunandalariga qarshi kurishishda foydalaniladi. Oltingugurtni manbalari sifatida tabiiy gazlarni olsak, ularda oltingugurt vodorod sulfid ko`rinishida mavjud. Mamlakatimizda yoqilg`ining bu turi etarli zahira miqdoriga ega. Bunday tabiiy nordon gazlar MDH, AQSh, Farangiston, Olmoniya, Yaqin Sharqda va Venesuelada ham mavjud. Neftlarda esa 1% dan 5% gacha erigan oltingugurt bo`lishi mumkin. Bular og`ir neftlar deb hisoblanadi va ular AQSH, Kanada, MDH, Saudiya Arabistonida tarqalgan. Tabiiy gazlar va neftlardan olingan oltingugurt tiklangan, qaytarilgan yoki regenerasiya qilingan oltingugurt deb nomlanadi va juda katta tozalikka, kichik tannarxga ega bo`ladi. Birinchi navbatda oltingugurt (VI) - oksidi yuqoridan sachratib berilgan sulfat kislotasida eriydi, so`ngra kislota tarkibidagi suv bilan ta`sirlashadi. n1 da oleum hosil bo`ladi. Rasm. Adsorbsiyalash jarayoning prinsipial sxemasi. 1-gaz haydash qurilmasi; 2-issiqlik almashtirgichlar; 3-kontakt qurilmasi. Eng yaxshi yutish qobiliyatiga ega bo`lgan sulfat kislotasini konsentrasiyasi 98,3%. konsentrasiya undan pastroq yoki balandroq bo`lishi yutish kamayadi va suv bilan to`qnashishi gaz fazada kislotali tuman hosil bo`lishi bilan sodir bo`ladi. Kislotali tumanlardan tozalash ancha murakkab ish olib uni amalga oshirish uchun ho`l elektrFiltrlar qo`llaniladi. Agar shunday choralar amalga oshirilmasa, ular atmosferaga chiqib ketib, kislotali yomg`irlarni hosil qiladi. Kislotali yomg`irlar esa sanoat jarayonlariga, binolarga, odamlarga, o`simlik va hayvonlarga salbiy ta`sir etadi. Sulfat kislotasini kontakt usulida ishlash katta masshtabli, uzluksiz, mexanizasiyalashgan holda ishlab chiqariladi. Hozirda kontaktlash sexlarni to`la almashtirishga o`tilayapti. Ishlab chiqarish jarayonlarini loyihalash va oldindan hisoblash ancha mushqo`l ish va kimyogar texnologlardan jarayonni har tomonlama yaxshi bilishini talab qiladi. Buni yorqin misoli sulfat kislota ishlab chiqarishda quyida gaz hosil qilish va kontaktlashni moddiy balansini va sarflash koeffisientlarini tuzishdir. 


Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish