O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi


Kurs ishi mavzusini tanlash, uning rejasini tuzish, adabiyotlar to’plash va



Download 378,47 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/11
Sana04.06.2022
Hajmi378,47 Kb.
#634157
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
15 Курс иши методик курсатмалар, мавзулар2020

Kurs ishi mavzusini tanlash, uning rejasini tuzish, adabiyotlar to’plash va 
ulardan foydalanish. 
Iqtisodiyot nazariyasi fanidan kurs ishi mavzusini tanlab olish va uning rejasini 
tuzish talabaning mustaqil ravishda bajaradigan ilmiy ishining dastlabki bosqichidir. 
Ishning darajasi va sifati ko’p jihatdan mavzuni to’g’ri tanlashga bog’liqdir. 
Binobarin bu ishga jiddiy, ma’suliyatni sezgan holda yondoshish zarur. Talaba kurs 
ishi mavzusini tanlashda dastlab shu fan bo’yicha professor-o’qituvchining 
ma’ruzalarini diqqat bilan tinglab, hozirgi zamon iqtisodiyotiga oid adabiyotlarni 
hamda Prezidentimiz I.A.Karimov asarlarini chuqur o’rganib chiqishi lozimdir. 
Talaba kurs ishi mavzusini tanlaganda quyidagi maqsadlarni o’z oldiga qo’yishi 
kerak. Tahlil qilinayotgan mavzusini katta qiziqish bilan o’rganishi, o’zining bilim 
darajasini kengaytirishi va uni kelajakda mamlakatimiz iqtisodiy rivojlanishini 
ta’minlashi uchun amaliyotga tadbiq qila olish imkoniga ega bo’lishi muhim 
hisoblanadi. Ayniqsa, talaba mavzusini o’z mutaxassisiligi yo’nalishiga qarab tanlasa, 
bu ishning muvaffaqiyatli bajarilishi va ijobiy baholanishida alohida ahamiyatga ega 
bo’ladi. 
Kurs ishi rejasini o’qituvchidan maslahat olib tuzish maqsadga muvofiq. Reja – 
kirish qismidan, mavzuning iqtisodiy mazmuni va mohiyatini ochib beruvchi 4-5 ta 
savollardan va xulosa qismidan iborat bo’ladi. Rejadagi savollar mantiqan bir-birlari 
bilan bog’langan bo’lishi, har bir keyingi savol o’zidan oldingi savolning mantiqan 
davomi bo’lib, bir butunni tashkil etishi kerak. Kirish qismida mavzuning dolzarbligi 
va uning iqtisodiy ahamiyati to’g’risida so’z yuritilsa, xulosaviy qismida esa tahlil 
qilingan masalalarni hal etish bo’yicha muallifning tavsiyalari berilishi kerak. Kurs 
ishining asosiy qismida mavuning mohiyatini aks ettiruvchi nazariy fikrlar, tahlillar 
va ushbu mavzu bo’yicha muammolarni bartaraf etish hamda shu sohani rivojlantrish 
chora tadbirlari yoritib berilishi kerak.Shuningdek, foydalanilgan adabiyotlarning va 



statistik ma’lumotlarning yangiligi e’tiborga olinishi zarur. Kurs ishi rejasi 
tuzilgandan so’ng uni bajarish muddatini aniq belgilash kerak.
Kurs ishining oxirgi rejasida tahlil qilingan mavzuga oid bo’lgan muammolarni 
kelajakda hal etish yo’l-yo’riqlari va uni rivojlantirish imkoniyatlari berilishi zarur. 
Har bir kurs ishi ana shunday talablarga javob berishi zarur. 
Adabiyot tanlash, uni o’rganish, qayta ishlash va kurs ishi matnining xomaki 
hamda oxirgi variantlarini tayyorlash uchun sarf qilinadigan vaqt miqdori va bajarish 
muddatini aniq belgilab olishlari maqsadga muvofiqdir. Belgilangan muddatga qarab 
ishni bajarish shoshma-shosharlikga yo’l qo’ymaydi, balki talabaning pishiq-puxta 
ish olib borishini ta’minlaydi va unga kurs ishini o’z vaqtida nihoyasiga etkazib 
topshirishiga imkon beradi.
Kurs ishini bajarishda mazkur qo’llanmada ko’rsatilgan adabiyotlar bilan 
cheklanmasdan, ayrim masalalarni batafsil bayon qilish imkonini beradigan 
qo’shimcha adabiyotlardan ham faydalansa maqsadga muvofiq bo’ladi. Talaba kurs 
ishi uchun qo’shimcha adabiyotlarni universitetimiz kutubxonasidan va boshqa 
kutubxonalardan olishi mumkin. 
Kutubxonada bibliografik, ya’ni sistemali, predmetli alfavit kataloglari asosida 
adabiyotlar tanlanadi. Masalan, sistemali katalogdan sohalariga qarab joylashtirilgan 
bo’ladi. Mabodo, qiyinchilik yuzaga kelsa, kutubxonada mutaxassis maslahatidan 
foydalanish mumkin. 
Adabiyotlar va ma’lumotlardan foydalanishda quyidagilarga e’tibor berish zarur: 
-
Talaba o’rganib chiqayotgan va tanlagan mavzuga talluqli adabiyotlarni to’liq 
yozmasdan, o’z so’zi bilan qisqacha va ijodiy bayon qilib berishi; 
-
Zarur hollarda foydalanilayotgan jumlalarni o’zgartirilmay aynan berilish 
tariqasida ko’chirishi; 
-
Umumiy daftar tutib, rejadagi har bir savolga taalluqli fikrlarni alohida yozib 
qo’yish va kerak bo’lganda ulardan foydalanish: 
-
Mavzuga taalluqli fikrlarni ayrim varaqlarga va maxsus kartochkalarga yozib 
qo’yish. Kartochka tizimi afzalligi shundaki, u kerak bo’lgan fikrlarni tezroq 
qidirib topish imkonini beradi; 
-
Uchragan hamma ma’lumotlar va raqamlarni ko’chirib olmasdan, ko’rib 
chiqilayotgan mavzuga bevosita tegishli eng muhim ma’lumot va raqamlardan 
foydalanish; 
-
O’zbekiston o’z mustaqilligiga ega bo’lgan davridan boshlab qanday 
yutuqlarga erishganini aniq ma’lumotlar asosida ko’rsatish; 
-
Ma’lumotlarga asoslanib tuzilgan jadval, grafik va diogrammalar hamda 
nazariy jihatdan tahlil etilayotgan fikrlarning amaliyotda naqadar ahamiyatga 
ega ekanligini ko’rsatib berish. 
Talaba barcha adabiyotlarni batafsil o’rganib, ular konspekt qilgandan keyin 
kurs ishini yozishga kirishishi mumkin.

Download 378,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish