1
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI
IQTISODIYOT KAFEDRASI
Oliy ta’limning bakalavr yo’nalishidagi talabalari uchun
«IQTISODIYOT NAZARIYaSI» fanidan
kurs ishlarini bajarish bo’yicha
U S L U B I Y KO’RSAT M A
Guliston – 2020
2
Taqrizchilar:
1.
Sattorkulov O.T. «Iqtisodiyot » kafedrasi mudiri, i.f.n.dotsent
2.
Allayarova M.K. «Iqtisodiyot » kafedrasi katta o’qituvchisi.
Tuzuvchi:
© Nurmuxamidova M.X.. «Iqtisodiyot nazariyasi» fani ( kurs ishlarini bajarish
bo’yicha uslubiy qo’llanma). – G.: GulDU, 2020.
3
Kurs ishini bajarish tartiblari va unga qo’yiladigan asosiy talablar.
Kurs ishi talabalarning dastlabki ilmiy ishi hisoblanadi. Kurs ishlari talabalar
mustaqil ishlarining bir shakli bo’lib, uni muvaffaqiyatli bajarish uchun fan
to’g’risida aniq tassavurlarga ega bo’lishlari kerak. Talabalar kurs ishining ilmiy,
nazariy, g’oyaviy darajasiga, shuningdek, uning yozilishi va rasmiylashtirish tartibiga
e’tibor berishlari lozim.
Talabalar kurs ishlarini bajarish jarayonida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.M.Mirziyoyv asarlaridan, mahalliy va chet el etakchi iqtisodchi olimlarning
asarlaridan, ularning iqtisodiy g’oyalaridan, O’z.R Prezidenti farmonlari, O’zbekiston
Respublikasi qonunlari, Vazirlar mahkmasining qarorlari, Vazirliklarning me’yoriy
hujjatlari, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlaridan, fanga
tegishli bo’lgan darslik va o’quv qo’llanmalardan, internet ma’lumotlaridan keng
foydalanishi hamda ularni mustaqil tahlil etishi va o’zlarining fikrlarini bayon etishi
kurs ishining mazmunini yanada boyitadi.
Kurs ishlarining tematikasi (1-ilova) kafedra o’qituvchilari tomonidan butun
kursni qamrab oluvchi mavzular ketma-ketligi tartibida tuziladi. Bunda guruhdagi har
talabaga kamida 4-5 ta mavzu to’g’ri kelishiga e’tibor qaratiladi, chunki talaba kurs
ishi mavzularini tanlay olish imkoniyatiga ega bo’lsin. Buning uchun talabalar ismi
shariflarining birinchi harfiga mos keladigan mavzulardan birini tanlaydi. Bunda
professor-o’qituvchilarning asosiy vazifasi talabalarga kurs ishi bo’yicha mustaqil
ishlashlarining yo’l-yo’riqlarini ko’rsatish va kurs ishini yozish bo’yicha umumiy
tasavvurga ega bo’lishi haqida maslahatlar berishdan iboratdir. Kurs ishini har bir
talaba o’z xusni hati bilan yozishi shart.
Talabalar kurs ishi mavzusini tanlagandan so’ng, mavzuga tegishli bo’lgan
adabiyotlarni, ilmiy maqolalarni va turli xil manbalarni qidirib topib o’rganishlari
kerak. Shuningdek, talaba kurs ishi mavzusiga tegishli bo’lgan rus tili va boshqa
xorijiy tillardagi adabiyot hamda materiallardan mustaqil ravishda keng
foydalanishlari lozim. To’plangan ma’lumotlardan kelib chiqqan holda talabalar kurs
ishi mavzusini to’liq yoritib berishga qaratilgan kurs ishi rejasini tuzishlari kerak va
shu reja asosida kurs ishining mohiyatini yoritishlari zarur. Kurs ishi rejasi na’muna
sifatida ilova qilinadi (ilova-2). Kurs ishini yozish bo’yicha tavsiya etilgan
yo’riqlarga rioya qilish mavzu mazmunini to’g’ri yoritib berish va uning mohiyatidan
chetga chiqmaslik imkonini beradi.
Talabalarga kurs ishlari mavzularini kursning boshida e’lon qilish maqsadga
muvofiqdir, chunki kafedra o’qituvchilari kurs ishi ustida har bir talaba bilan
mustaqil ishlashlari kerak, qisqa davrda berilgan mavzularni esa kurs ishi sifatida
bajarish mazmun jihatidan talabga javob bermaydi. Bunday holatda tegishli
adabiyotlardan, oldingi yillardagi ijobiy baholangan kurs ishlaridan ko’chirib
kelishlik holatlari yuzaga kelishi mumkin. Kurs ishining hajmi o’rtacha 30-35 bet
bo’lishi kerak.
Talabalar kurs ishini oq qog’ozga ravon tarzda qo’lda ko’chirib yozishlari
kerak. Kurs ishini kompterda yozish mumkin emas. Sahifalarga tartib bilan raqam
qo’yiladi va taqrizchi professor-o’qituvchi uchun o’z mulohazalarini yozishga kurs
4
ishining boshiga bitta oq qog’oz qo’yiladi. Kurs ishi titulini rasmiylashtirish 3-
ilovada keltirilgan.
Kurs ishining birinchi betiga kurs ishi rejasiga tegishli savollarning sahifalari
qo’yiladi. Undan keyingi varaqlarda kurs ishining matni bayon qilinadi va mavzudagi
har bir savolning nomi hamda unga tegishli betlari alohida beriladi. Kurs ishi faqat
varaqning bir tomoniga yoziladi va sahifalar tartib raqami bilan belgilanadi.
Kurs ishining oxiriga talaba o’z imzosini qo’yib, unga bajargan vaqtini
ko’rsatishi zarur. Kurs ishini tayyorlab kafedra professor-o’qituvchilariga taqrizga
berish muddati yilning 10 apreliga qadar belgilanadi. Chunki har bir kurs ishini
professor-o’qituvchi o’qib chiqib o’z xulosasini berishlari lozim. Bu vaqt talab etadi.
Kurs ishlarini taqriz qilish yilning 10-aprelidan 10-mayigacha amalga oshiriladi.
Bajarilgan kurs ishiga ijobiy taqriz yozilgandagina u himoyaga qo’yiladi. Keyin
talbalar kurs ishi himoyasiga tayyorlanishlari kerak. Agar kurs ishi bo’yicha
professor-o’qituvchi kamchiliklar ko’rsatgan bo’lsa, u holda talaba ushbu
kamchyailiklarni to’g’rilab, qayta taqrizga topshirishi lozim.
Kafedra professor-o’qituvchilari kurs ishlarini himoyasini yilning 10-mayidan
25 mayigacha muddatda o’tkazishlari kerak. Kurs ishlari himoyasini hay’at a’zolari
qabul qilishlari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |