Dars maqsadi: Tabiatshunoslik fani bo’yicha o’quvchilar bilimlarini nazorat qilish va baholashning zamonaviy usullari haqida tushuncha berish
Umumiy tushunchalar: Bilim, uquv va ко‘nikmalami baholash.O'quvchilarning og'zaki javoblari ularning bilimlarini aks ettiradi va o'qituvchi tomonidan har bir o'quvchining qanday o'zlashtirayotganligini, u o'quv materialini qanchalik egallaganligini ko'rsatuvchi baholar bilan qadrlanadi. Shuning bilan birga ular ma’lum darajada o'qitishning sifatini ham aniqlaydi, chunki o'quvchilar bilimi uning asosiy o'lchovidir. Bilimlarni baholash intensivligini oshirish uchun bir necha o'quvchiga bir vaqtda so'rash uslubini qo'llash mumkin. Masalan, bir o'quvchi sinf oldida o'qituvchiga javob beradi, 2—3 o'quvchi didaktik dasturlashtirilgan kartochkalar bilan ishlaydi.
Кеrakli jihozlar va materiallar: Flepchatkalar, oddiy va rangli qalamlar, o’chirg’ich, daftar, plakatlar.
Ishni bajarish tartibi:
Tabiatshunoslik bo'yicha o'quvchilar bilimlarini baholashning o'lchovlarini sinflar bo'yicha keltiramiz. 1- sinf yakunida o'quvchilar quyidagilarni bilishlari kerak:
Tabiat: jonli va jonsiz tabiat. Yovvoyi va madaniy o'simliklar, daraxtlar, butalar, maysalar. Yovvoyi va uy hayvonlari; hasharotlar, baliqlar, qushlar, hayvonlar. Yil fasllarining asosiy belgilari: yashab turgan joydagi himoyaga olingan ba’zi o'simlik va hayvonlar.
Nazorat savollari:
1. 0‘tilgan materialni tekshirish va hisobga olish o'qitish jarayoni qanday ahamiyatga ega?
2. Bilimlarni og'zaki so'rash qanday maqsadlarni ko'zda tutadi?
3. Bilimlarni og'zaki tekshirishda qanday vazifalar hal etiladi?
4. So'rash metodini qanday izohlaysiz?
5. Umumiy so'rashning ahamiyati nimada?
6. Individual so'rashning ahamiyati nimada?
7. Takrorlashning ahamiyati va turlarini qanday izohlaysiz?
8. Bilimlarni yozma tekshirishning qanday ahamiyati bor?
9. Yozma ishlar o'tkazishda qanday vazifalar hal qilinadi?
10. Bilimlarni yozma tekshirishda savol-topshiriqlaming qanday turlaridan foydalaniladi?
11. 1- sinfda o'quvchilarning o'quv va ko'nikmalari qanday baholanadi
12. 2- sinfda o'quvchilarning o'quv va ko'nikmalari qanday baholanadi
13. 3- sinfda o'quvchilarning o'quv va ko'nikmalari qanday baholanadi?
14. 4- sinfda o'quvchilarning o'quv va ko'nikmalari qanday baholanadi?
Mustaqil ish topshiriqlari:
1. 0‘tilgan materialni tekshirish va hisobga olib o'qitish jarayonining ahamiyati haqida ma’lumot tayyorlang.
2. Yozma ishlar o'tkazishda qanday vazifalar hal qilinishi haqida ma’lumot tayyorlang.
3. 2 - 3 – sinfda o’quvchilarning o’quv va ko’nikmalari qanday baholanishi haqida ma’lumot tayyorlang.
4. 4- sinf «Kundalik kuzatish daftari»dan tabiat va mehnat kalendarining sxemasini tuzing.
10 – машғулот. Mavzu. TABIATSHUNOSLIKNI VA UNI O’QITISH METODIKASINING XUSUSIY MASALALARI
Dars maqsadi: Tabiatshunoslikni va uni o’qitish metodikasining xususiy masalalari haqida tushuncha berish
Umumiy tushunchalar: 0‘quv materiallarining mazmunini ochib berishda xilma xil o ‘qitish metodlaridan foydalanishga turlicha yondashish mumkin. U yoki bu metodni tanlashda o'qituvchi shuni nazarda tutishi kerakki, bu tanlash metodlar rivojlantiruvchi ta‘limning vazifalarini ta'minlasin, o'quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirsin va bir paytning o ‘zida qayta axborot bersin, ya’ni muvaffaqiyatsizlik sababini aniqlash va o ‘z vaqtida yordamga kelish uchun o ‘quvchilar tomonidan yangi bilimlarning qanday o‘zlashtirilayotganligini tez va aniq ko‘rsatib bersin.
Do'stlaringiz bilan baham: |