O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI
|
“TASDIQLAYMAN”
_______________
GulDU rektori M.T. Xodjiyev
2021 yil “___”___________
|
|
Ro‘yxatga olindi: №-BD. 60112300-1.20
|
METROLOGIYA, STANDARTLASHTIRISH VA SERTIFIKASIYALASHTIRISH
FAN DASTURI
Bilim sohasi:
|
100000 – Gumanitar
|
Ta’lim sohasi:
|
110000 – Pedagogika
|
Ta’lim yo‘nalishi:
|
60112300 – Texnologik ta’lim
|
|
|
Guliston – 2021
Fan/modul kodi
|
O‘quv yili
2022-2023
|
Semestr
2
|
ECTS - Kreditlar
4
|
Fan/modul turi
Majburiy
|
Ta’lim tili
O‘zbek/rus
|
Haftadagi dars soatlari
4
|
1.
|
Fanning nomi
|
Auditoriya mashg‘ulotlari (soat)
|
Mustaqil ta’lim (soat)
|
Jami yuklama
(soat)
|
Metrologiya, standartlashtirish va sertifikasiyalashtirish
|
60
|
60
|
120
|
2.
|
I. Fanning mazmuni:
Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarga “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikasiyalashtirish” faninining nazariy asoslarini, asosiy tushunchalari va kategoriyalarini amal qiluvchi qonunlar va tamoyillarini o‘rgatish hamda ularni amaliyotga tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat.
Fanning vazifasi - nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, global darajadagi hodisa va jarayonlarga uslubiy yondoshuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish, qonunlar va kategoriyalar mazmun-mohiyatini bilish, ularga nisbatan shaxsiy munosabatni shakllantirish orqali insonning hayotdagi o‘rni va ahamiyatini ochib berish.
|
II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)
Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-mavzu. “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikasiyalashtirish” fanining maqsadi va metrologiya bo‘yicha asosiy atamalar.
Metrologiya, standartlashtirish va sertifikasiyalashtirish fanining mahsulot sifatini oshirishdagi roli. Asosiy metrologik tushuncha va ta’riflar. Fizik kattaliklar, ularning o‘lchov birliklari. SI va SGS sistemasi. Axborotlashtirish sohasida metrologik ta’minot.
2-mavzu. Metrologik o‘lchovlar.
Metrologik o‘lchash vositalari. Metrologik o‘lchash usullari. Metrologik o‘lchash asboblarining klassifikasiyasi va o‘lchov asboblarining metrologik ko‘rsatkichlari. Metrologik o‘lchash vositalari, o‘lchashdagi noaniqlik. Metrologik nazorat.
3-mavzu. Standartlashtirishning maqsad va vazifalari.
Asosiy tushuncha va ta’riflar. Standartlarning turlari va toifalari. Korxonalarda standartlashtirish bo‘limlarining vazifalari. Standartlashtirish usulari va ular bo‘yicha davlat nazorati.
4-mavzu. O‘zbekiston Respublikasining Davlat standartlashtirish tizimi.
Standartlashtirishning texnikaviy shartlari bilan ta’minlash tartibi. Standartlashtirish va unifikatsiya. Tashkiliy uslubiy standartlar. O‘zbekiston Respublikasining “Standartlashtirish to‘g‘risida” gi qonunining sharhi.
5-mavzu. Standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilotlar.
Standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilotlarning nomlanishi. Standartlashtirishning xalqaro standartlashtirish tashkilotlari bilan hamkorlik istiqbollari. ISOning tashkiliy tuzilmasi, MEKning tashkiliy tuzilmasi, MOZMning tashkiliy tuzilmasi, YEOKning tashkiliy tuzilmasi. Qonunlshtiruvchi metrologiyaning xalqaro konferensiyasi, Qonunlshtiruvchi metrologiyaning xalqaro komiteti, Qonunlshtiruvchi metrologiyaning xalqaro byurosi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |