- 77 -
Har bir viloyat va tumanlarda tadbirkorlik o'quv yurtlari, kasb lit-seylari, biznes maktablar
kichik va o'rta biznes, fermerlik xo'jaliklari, aholiga xizmat ko'rsatish sohalari uchun kollejlar
ochildi.
Shu kunlarda 160 ta ana shunday hunar litseylari biznes-maktablari va 41 ta kollej faoliyat
ko'rsatmoqda. Ularda 112,3 ming yigit-qiz o'qimoqda. Umuman mamlakatda xalq xo'jaligi talablari
uchun 466 hunar-texnika bilim yurti kadr tayyorlab bera boshladi.
Yana shuni aytish lozimki istiqlol yillarida O'zbekistonda umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirishga
ham katta e'tibor berildi.
Umumiy ta'lim uzluksiz davlat ta'limi tizimida asosiy bo'g'in bo'lib, ta'lim oluvchilarning ilmiy
bilimlar olishini, mehnat ta'limi, boshlang'ich kasb-kor ko'nikmalari, ishbilarmonlik asoslarini egal-
lashlarini,
shuningdek, o'z ijodiy qobiliyatlari va ma'naviy fazilatla-rini rivojlantirishlarini
ta'minlaydi.
Umumiy ta'lim «Ta'lim to'g'risida»gi Qonunning 9-bandiga muvofiq uch bosqichdan iborat:
boshlang'ich ta'lim (I-IY sinflar);
tayanch ta'lim (V-IX sinflar);
o'rta ta'lim (X-XI-XII sinflar).
Ta'lim haqidagi davlat siyosatining asosiy mohiyati tayanch ta'limining (to'qqiz yillik)
majburiyligidir.
Oliy Majlisning 1997-yil 29-avgust kuni bo'lib o'tgan IX sessiyasida O'zbekiston
Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni yangi tahrirda qabul qilindi. Unga binoan ta'limning
yangi tizimi joriy etildi. Jumladan, uning 10-moddasiga muvofiq O'zbekiston Respublikasida ta'lim
quyidagi turlarda amalga oshi-riladi:
maktabgacha ta'lim;
umumiy o'rta ta'lim;
o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi;
oliy ta'lim;
oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim;
kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;
maktabdan tashqari ta'lim.
Shuningdek, mazkur qonunning 12-moddasida umumiy o'rta ta'limning quyidagi bosqichlari
ko'rsatilgan:
boshlang'ich ta'lim (I-IV sinflar);
umumiy o'rta ta'lim (I-IX sinflar).
Xuddi shu sessiyada Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi ham qabul qilindi.
1993-yil 1-yanvariga respublikada umumiy ta'lim maktablari-ning soni 8963 taga yetdi.
Yangi o'quv dasturlari va darsliklarini ishlab chiqish ta'lim si-fatini oshirishda yagona mezon
bo'ldi. Mamlakatda prinsip jihatdan yangi o'rta o'quv yurtlari - gimnaziyalar, ya'ni,
ayrim fanlar
chuqur o'rganiladigan maktablar tarmog'i tez rivojlandi. Masalan, 1991-yildagi
Bozor iqtisodiyotiga o'tilayotgan hozirgi sharoitda ta'lim jara-yonining turli bosqichlariga
mansub bilim maskanlari o'rtasidagi uzviy bog'liqlikni sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish
dolzarb vazifalardan biridir.
Mamlakat hukumatining qarori bilan umumta'lim maktablarini 2005-2009-yillar mobaynida
qayta ta'mirlash, zamonaviy o'quv qu-rollari va fan laboratoriya bilan ta'minlash ishlari qizg'in
bormoqda.
Aytish mumkinki, dunyo davlatlari orasida O'zbekiston xalq ta'limiga budjet hisobidan mablag'
ajratishda birinchi o'ririda turadi. Buni 2007-yil 26-fevralda e'lon qilingan O'zbekiston Respublikasi
Prezidentining «Xalq ta'limi muassasalarini moliyalashtirish mexa-nizmini takomillashtirish
to'g'risida»gi farmoni ham tasdiqlaydi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq prinsipial yangi
tipdagi o'rta hunar o'quv muassasalari tarmog'i shakllandi. Zamonaviy o'quv-laboratoriya
uskunalari bilan jihozlangan 533 ta kasb-hunar kolleji va 54 ta akademik litsey barpo etildi.
Kollejlar va litseylarni qurish hamda jihozlash bo'yicha mamlakatimiz industri-yasi yaratildi.
- 78 -
Yangi ta'lim standartlari va o'quv dasturlari ishlab chiqildi.
Bugungi kunda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi yosh avlod-ga uzluksiz ta'lim berish va uni
tarbiyalash jarayonini yaxlit qam-rab oladigan yagona ta'lim majmui hisoblanadi. Bunda ta'lim ti-
zimining har bir bo'g'ini alohida o'rin va mas'uliyatga egadir. Dasturni to'liq
amalga oshirish,
qo'yilgan vazifalarga erishish ana shu bo'g'inlarning holati va rivojlanish darajasiga, ularning o'zaro
uyg'unligiga bog'liqdir.
Shu bilan birga, tahlillar shuni ko'rsatadiki, butun tizimning eng muhim boshlang'ich bosqichi
bo'lgan maktab ta'limining ort-da qolayotgani yaxlit uzluksiz ta'lim zanjirida eng zaif bo'lib qol-
moqda. Buning asosiy sababi maktablar moddiy bazasining zaifligi bo'lib, ularning 40 foizga yaqini
tipovoy bo'lmagan moslashtiril-gan binolarda joylashgan, jami 9727 ta maktabdan 684 tasi avariya
holatidadir. Ko'pgina maktablar markazlashtirilgan isitish sistema-siga ega emas, ichimlik suvi va
tabiiy gaz bilan ta'minlanmagan. O'quvchilarning 28 foizdan ко' prog'i ikki-uch smenada o'qitiladi.
Maktablarning o'quv-laboratoriya uskunalari bilan jihozlanish da-raj asi 29 foizni, zamonaviy
kompyuter texnikasi bilan ta'minlanishi esa 15 foizga yaqinni tashkil qiladi. Maktablarning faqat
yarmigi-na sport zallariga ega, ularning sport uskunalari va anjomlari bilan jihozlanishi esa 23
foizdan oshmaydi. Ayniqsa, qishloq joylardagi maktablarning moddiy bazasi qoniqarsiz ahvolda.
O'qituvchilar, eng avvalo boshlang'ich sinf o'qituvchilarining mehnatini rag'batlantirish
borasida
tarkib topgan tizim maktab ta'limida hamon zaif bo'g'in bo'lib qolmoqda, bunda pedagoglar
iste'dodi, kasb mahorati ularning mehnatiga haq to'lash chog'ida hali ham belgilovchi mezonga
aylanmayapti.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini muvaffaqiyatli amalga oshi-rishning muhim sharti sifatida
maktab ta'limining orqada qolishiga barham berish hamda maktablarning moddiy-texnika bazasini
mus-tahkamlash va uzluksiz ta'limning yagona tizimini shakllantirish bilan bog'liq
mavjud jiddiy
muammolarni bartaraf etish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 19-
fevraldagi F-1910-sonli Farmoyishi bilan tuzilgan Maxsus komissiya va ishchi guruhlar tomonidan
respublika mintaqalaridagi barcha umumiy ta'lim maktablari to'liq ro'yxatdan o'tkazildi. Ularning
moddiy-texnika bazasining hozirgi holati tanqidiy va batafsil o'rganib chiqildi.
Shuningdek, farmonda
Do'stlaringiz bilan baham: