- 69 -
Oliy Kengash X sessiyasida chinakam mustaqil O'zbekiston davlatini barpo qilish yo'lida
barchaning birlashishiga erishish kunning dolzarb vazifasi qilib qo'yildi. Bunday vazifani esa
barcha uchun muqaddas hisoblangan milliy istiqlol mafkurasi, mustaqillikni mustahkamlashga
qaratilgan g'oyalar orqali uddalash mumkin edi. «Bugungi kunda xalqni yakdil qiladigan ishlar va
g'oyalar oz emas. Ularning ichida eng ulug'i, eng olijanobi -O'zbekiston
Respublikasining
mustaqilligini ta'minlash. Ana shu maqsad, ana shu g'oya atrofida birlashsak, aslo xor bo'lmaymiz,
aziz vatandoshlar!»,
-
deb murojaat qilgan edi I. Karimov sessiya qatnashchilariga.
Bu borada 1992-yil 1-sentabr arafasida O‘zbekiston Birinchi Prezidenti I. Karimovning
«O`zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li» deb atalgan kitobining nashrdan chiqishi katta
voqea bo'ldi. U mam-lakat ma'naviy va siyosiy hayotida muhim qo'llanma sifatida kutib olindi.
To'g'ri, shu vaqtga qadar O'zbekistonda mustaqillik haqida, u yoki bu tarzda gaplar bo'lgan. Biroq,
mustaqillikni qo'lga kiri-tish uning nazariy, iqtisodiy va ma'naviy jihatlari, istiqlolni mus-
tahkamlash yo'llari bu darajada atrorlicha talqin qilinmagan edi. Ayniqsa, O'zbekiston mustaqillikka
erishgandan so'ng ham kimdir his-hayajon bilan, ba'zilar og'ir-vazminlik bilan istiqlol haqida fikr
yuritdi. Lekin, uning kelajagi, istiqlolni yanada mustahkamlash haqida biron bir ilmiy-tahliliy asar
yoki maqola yuzaga kelmadi. Ana shu nuqtayi nazardan LA. Karimovning bu asari respublikada
yara-tilajak istiqlol mafkurasi uchun nazariy asos, ma'naviy hayot uchun yo'l-yo'riq bo'ldi. Asarning
«Mustaqil O'zbekistonni rivojlantirish-ning ma'naviy-axloqiy negizlari» deb atalgan bobida
O'zbekistonni yanada rivojlantirishning o'z yo'li to'rtta
negizga asoslanishi, ya'ni:
umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;
xalqimizning ma'naviy merosini saqlash va rivojlantirish;
inson o'z imkoniyatlarini erkin namoyish qilishi;
vatanparvarlik - istiqlol mafkurasi uchun asos bo'luvchi qoidalar sifatida ko'rsatilib berilgani
fikrimizning tasdig'idir.
Prezident I. Karimov bu tamoyillarni ishlab chiqishda xalq dun-yoqarashi, yashash tarzi,
jamiyatda bo'layotgan voqea-hodisalarga munosabati, qolaversa uning ma'naviy - ruhiy omillariga
asoslan-gan. Chunki, Sharqda azaldan ma'naviyatga tayanib yashash, komil-likka intilish, har
tomonlama barkamollik oliy qadriyat darajasiga ko'tarilgan. Odamlarning millati, irqi, ijtimoiy kelib
chiqishi va di-niy e'tiqodidan qat'i nazar, yagona o'lchov - insonni insonligi uchun ulug'lash, inson
degan muqaddas nomga munosib bo'lish bosh me-zon qilib olingan.
Har qanday jamiyat taraqqiyoti xalq dunyoqarashini hisobga olmasa, taraqqiyot asoslari uning
ma'naviy qadriyatlariga, moddiy manfaatlariga mos kelmasa bunday jamiyat tanazzulga uchrashi ta-
biiy. Shuning uchun ham Prezident Islom Karimov o'z mamlaka-ti istiqboli haqida fikr yuritar ekan,
«Mustaqil O'zbekistonning kuch-qudrat manbayi xalqimizning
umuminsoniy qadriyatlarga
sodiqligidadir. Xalqimiz adolat, tenglik, anil qo'shnichilik va in-sonparvarlikning nozik kurtaklarini
asrlar bo'yi avaylab-asrab kelmoqda. O'zbekistonni yangilashning oliy maqsadi ana shu an'analarni
qayta tiklash, ularga yangi mazmun bag'ishlash, zaminimizda tinchlik va demokratiya, farovonlik,
madaniyat, vijdon erkinligi va har bir kishini kamol toptirishga erishish uchun zarur bo'lgan shart-
sharoit yaratishdir», degan edi. Bu fikrdan anglashiladiki, Prezident mamlakat kuch-qudratini
xalqning ma'naviy kamolotida ko'radi. Shuning uchun ham u jamiki insoniy fazilatlarni
takomillashtirish uchun zarur sharoit yaratishni asosiy vazifa qilib qo'yadi. Bu bir tomondan
mustaqillik sharoitida endigi-na shakllanayotgan davlat siyosatining nechog'li insonparvarligini
ko'rsatsa, ikkinchi tomondan davlat rahbarining siyosiy-madaniy sa-lohiyatining nechog'li
yuksakligini, xalq ma'naviy-ruhiy ehtiyojlari-ni naqadar chuqur o'rganganligini ko'rsatadi. Shu bilan
birga esa, bu xalq va hokimiyat intilishlarining mushtarakligidan dalolat beradi. Prezident I.
Karimov O'zbekistonning ma'naviy rivoji negizlarini belgilab berar ekan, vatanparvarlik g'oyasiga
alohida urg'u berdi. Binobarin, Vatanni sevish xalqimizga xos azaliy qadriyat hisoblan-gan.
Oradan ma'lum muddat o'tgandan so'ng, 1992-yili dastlabki taj-ribalarni umumlashtirib
Prezident I. Karimov o'zining ikkinchi kito-bini «O`zbekiston - kelajagi buyuk davlat» nomli asarini
yaratdiki, kitobda keyingi yillarga xos bo'lgan ba'zi bir xususiyatlar,
qadri-yatlar haqida fikr
yuritiladi. Jumladan, xalq ongida keskin o'zgarish yuz bergani, istiqlol tufayli ona-zaminga,
Vatanga mehr-muhabbatli munosabat shakllana boshlanganligi qoniqish bilan qayd qilinadi.
- 70 -
«O`zbekiston mustaqillik sari yo'l olar ekan, dastlabki kunlardanoq o'tmish madaniyati va
qadriyatlarini tiklash, nohaq jabrlangan in-sonlarning nomlarini yuzaga chiqarish, milliy ongni
о'stilish kabi vazifalarni o'z oldimizga oliy maqsad qilib qo'ydik», - deyiladi ush-bu kitobda.
Darhaqiqat, mafkurasizlik - e'tiqodsizlikka olib keladi. E'tiqod-sizlik esa har kimning o'zicha
yashashiga, ko'ngil tusaganicha kun ko'rishiga, xayoliga kelgan ish bilan shug'ullanishiga olib
keladi. Bu yakka-yakka shaxslarning xatti-harakatidan butun jamiyat ma'naviy-ruhiy qiyofasining
qay tarzda shakllanishiga sabab bo'ladi.
Mafkurasizlik oxir-oqibatda odamlar ongida manqurtlik, qalbi-da, fe'l-atvorida andishasizlik va
nihoyat o'zligini anglamaslik nuq-sonlarini chuqurlashtiradi. Jamiyatda esa parokandalikni,
beqarorlik-ni keltirib chiqaradi. Shunday qilib odamlar hayotida fayz-u tarovat qolmaydi.
Umumiy g'oya
atrofida birlashish, umummanfaat yo'lida bir-lashib kurashish maqsadlar
yaxlitligini, intilishlar uyg'unligini ko'rsatadi. Bu o'zbek xalqi uchun azaliy fazilat, an'anaga
aylangan muqaddas odat.
Mustaqillikning dastlabki yillarida vujudga kelgan iqtisodiy, si-yosiy va ijtimoiy qiyinchiliklar
bir muddat odamlar ruhiyatiga salbiy ta'sir qildi. Ularni sarosimaga solib qo'ydi. Natijada vaziyat
ancha-muncha chigallashib, fuqarolar turmushiga salbiy ta'sir ko'rsatdi.
Endi ana shunday o'pirilish va bo'hronlardan chiqib olish muam-niosi hukumat oldida
ko'ndalang bo'lib qoldi. Vaziyatning naqadar og'irligi va murakkabligini o'z vaqtida anglagan
mamlakat rahbari 1993-yilning 23-aprelida bir guruh adiblar bilan uchrashdi. Oradan ko'p o'tmay u
1993-yil 6-mayda mamlakat Oliy Kengashining XII sessiyasida mafkurasiz, aniq yo'nalishga ega
bo'lgan g'oyalarsiz taraqqiyot bo'lmasligini, oldimizda turgan eng muhim masalalardan biri milliy
istiqlol mafkurasini yaratish ekanligini ko'rsatib berdi.
O'zbekiston Konstitutsiyasining bir yilligiga bag'ishlangan tantanali yig'ilish (1993-yil 7-
dekabr) davlat mustaqilligi va inson haq-huquqlarining kafolatini yana bir bor ko'rsatish bilan birga
uni ma'naviy jihatdan mustahkamlashning asosini belgilab berdi. Unda mamlakat Prezidenti I.
Karimov katta nutq so'zlab, milliy mafkurani milliy ehtiyoj darajasiga ko'tardi. Barchaning diqqat-
e'tiborini ana shu muhim masalaning hal etilishiga qaratdi va «Mafkura\iy masa-lani hal etmasdan,
uni amalda tatbiq etmasdan turib, Konstitut-siya belgilab bergan maqsadlarga erishish, u oldimizga
qo'ygan talablarga javob berish mushkul bo'ladi.
Yangi mafkuraning asl mazmuni - yangicha, erkin fikrlay-digan, mutelik va jur'atsizlik
tuyg'usidan mutlaqo xoli, mustaqil insonni tarbiyalashdir». Milliy mafkurani ongimizga singdiruv-
chi amaliy dasturni yo'lga qo'ymoq кегак»,
-
degan fikrni ilgari surdi. Prezidentning bu ko'rsatmasi
asosida O'zbekiston Fanlar Aka-demiyasi ijtimoiy-gumanitar fanlar bo'limi o'z
qarashlarini ishlab
chiqdi va uni «O`zbekistonda ijtimoiy fanlar» jurnalida e'lon qildi.
Ko'ppartiyaviylik sharoitida mafkuralar xilma-xilligi, g'oyalar turlichaligi tabiiy hoi. Aksincha
bo'lishi mumkin emas. Bu jamiyati-mizda sog'lom fikrlar yashovchanligining qonuniy va amaliy
ifoda-sidir. Har bir fuqaro mustaqilligi va shaxs erkinligi asosida ularning o'z qarashlariga mos
holda ma'lum bir ijtimoiy guruhlar atrofida birlashib yashashi huquqiy demokratik davlatning
barkamollik da-raj asidir. Ana shu xilma-xil g'oyalarni umumxalq va umumdav-lat manfaatlari
yo'lida birlashtiruvchi milliy istiqlol mafkurasidir. O'zbekiston Xalq Demokratik Partiyasi Markaziy
Kengashining 1993-yil 27-dekabrida bo'lib o'tgan IX plenumida mazkur masala keng muhokama
qilindi. Partiyaning milliy istiqlol mafkurasi doira-sida o'z qarashlari va nuqtayi nazari asosidagi
nusxasi qabul qilindi. Bu hujjat uning barcha quyi tashkilotlariga o'rganish va hayotga tatbiq etish
uchun tarqatildi.
Do'stlaringiz bilan baham: