- 71 -
shovinizmga har doim yo'l ochishini iqtisodiy, sotsial taraqqiyot-ga to'sqinlik qilishini, sotsialistik
turmush tarzi, kommunistik ma'naviyatning qaror topishiga to'sqinlik qilishini har doim esda tutmoq
кегак» - deb ko'rsatma berildi. Bunday yo'l-yo'riq 1986-yil oktabr oyida bo'lgan partiya Markaziy
Komitetining III Plenumida yana bir bor ta'kidlandi.
Ana shu ko'rsatmalarga amal qilinib, 1980-yillar o'rtalarida o'zbek xalqi azaldan sevib, ardoqlab
kelgan
urf-odatlar va ma-rosimlar, bayramlar cheklab qo'yildi, ba'zilarining o'rniga boshqa
bayramlar va marosimlar to'qib chiqarildi. Natijada avvalla-ri nishonlanadigan «Hosil bayrami»,
«Qovun sayli», «Gul sayli» va boshqa xalq bayramlari unutib qo'yildi. «Navro'z» bayrami esa avval
taqiqlandi, so'ng sun'iy tarzda «Navbahor» bayramiga aylantirildi.
O'ylamay, xalq bilan maslahatlashmasdan qilingan bunday nojo'ya harakatlar xalqning dilini
qattiq og'ritdi. Ana shunday bir paytda Respublika rahbarligiga kelgan LA. Karimov kishilarning
ma'naviy boyishiga, milliy madaniyatlarning bir-biri bilan yaqinla-shuvi va o'zaro rivojlanishiga
yordam beradigan xalq an'analari va bayramlarini tiklashga katta e'tibor berdi.
Bu o'rinda xalqimizning azaliy qadriyati, sevimli bayrami hisob-lanmish «Navro'z» bayramini
xalqimizga qaytib berilishi mamlakat tarixida katta voqea bo'ldi. 1991-yildan boshlab mamlakatda
Prezident Farmoniga ko'ra, 21-mart - Navro'z umumxalq bayrami sifatida nishonlanadigan bo'ldi.
Darhaqiqat avlodlarimiz Navro'zni juda muqaddas bilganlar, uni g'oyat qadrlaganlar.
Shuning
uchun ham bu shodiyona kunlar-da inson dilini og'ritish juda qattiq gunoh hisoblangan. Bir-birlarini
muborak ayyom bilan qutlab, yaxshi tilaklar izhor etganlar. Gina-kuduratlar unutilgan, adovat
o'rniga ezgulik tuyg'ulari jo'sh urgan.
Ana shu el ardoqlagan, avloddan-avlodga o'tib kelgan azaliy an'ana yana hayotdan mustahkam
joy ola boshladi.
Navro'zni xalqning sevimli bayramiga aylanib ketishi ma'lum. Ushbu shodiyona - Navro'z
kunlarida qadimda, hatto, urushlar ham to'xtatilgan, el-yurt osoyishta hayot kechirgan. Navro'z
go'zallik va yaxshilik, mehr-oqibat, muruvvat bayrami sifatida qadrlangan. Bu qadimiy bayramni
xalqimiz nihoyatda orziqib kutishining yana bir boisi shundaki, Navro'z rizq-ro'zimiz bo'lmish
dehqon yilining boshlanishi hamdir.
O'zbekistonning hamma joylarida har yili «Navro'z» tantana-larini har qachongidan ham shod-u
xurramlik bilan kutib oladilar. Paxtakorlar-u chorvador, bog'bon-u sohibkorlar, sanoat,
transport
xodimlari, quruvchilar va ziyolilar Navro'z kayfiyati bilan astoy-dil mehnat qiladilar. Qadimiy xalq
bayrami - Navro'zning tiklani-shini respublikamizning butun aholisi mamnuniyat bilan ma'qullab,
ko'tarinki ruhda kutib oldi va hozir ham ardoqli bayram sifatida nishonlamoqda.
«Navro'zning bayram qilinishi teran xalq an'analari, yerga va tabiatga ehtiyotkorlik bilan
munosabatda bo'lish, dehqon mehnatini hurmat qilish, yaxshi qo'shnichilikka, mehr-muruvvatga va
boshqa-larning dardiga malham bo'lishga intilishlari tiklanishning qudratli omili bo'lmoqda. Navro'z
xalq bayramining insoniy va baynalmilal mohiyati ham ana shundadir», - deyiladi O'zbekiston
Prezidentining «Navro'z xalq bayramini o'tkazish yakunlari to'g'risida»gi Farmo-nida.
Har bir jamoa, muassasada nishonlanadigan bunday bayram-lar, kishilarda xalqimizning
qadimiy an'analariga hurmat, mehnatga muhabbat hissini tarbiyalaydi. Bundan tashqari ma'naviy
hayotdagi yana bir talay, aniqrog'i diniy bayramlar, hayit kunlarining respublikada umumxalq
bayrami sifatida nishonlanishi uchun keng yo'l ochilgani ham ma'naviy poklanishning muhim
ko'rinishidir.
Sir emas, sho'ro tuzumi sharoitida «din-afyundir» degan kommunistik shior hukm
surib keldi. Shu darajaga borildiki, dindorning ma'naviy huquqi cheklandi. Bunday bir
tomonlamalik ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarida o'z ta'sirini ko'rsatdi. O'zbekiston
mustaqillikka erishgandan so'nggi tarixiy o'zgarishlar bunday qarashlar asossiz ekanligini ko'rsatdi.
Shu yillar mobaynida butun musulmon olami O'zbekistonda vijdon erkinligi, diniy ibodat uchun
keng imkoniyat ochilganini tan oldilar.
Yevropalik allomalardan biri «Nur - Sharqdandir», degan ekan. Buni har xil talqin etish
mumkin. Birov uni quyoshning Sharqdan chiqishiga yo'ysa, boshqa birov majoziy ma'noda
ezguliklar, damning yangilanishi, hayot taraqqiyoti,
insoniyat tafakkuri Sharqdan, deb tushunadi.
Bizning tasavvurimizcha, har ikki holatda ham Nur - Sharqdandir.
- 72 -
Sharqdan taralgan ilm-ma'rifat dunyoni munavvar etgani, insoniyat tarixida, odamzod taqdirida
buyuk o'zgarishlarga sabab bo'lgani sir emas. Sharqning ajralmas qismi bo'lmish go'zal di-yorimiz
xalqlari hayotida, ularning ong va tafakkuri shakllanishi-da dunyoviy ilmlar qatorida islom dinining
alohida o'rni bor. Bu ilohiy ta'limot olamni anglash, dunyoviy tafakkur, tabiat va inson o'rtasidagi
munosabatlarni idrok etish borasida beqiyos ahamiyatga ega. Butun jahon ahli diqqatini tortgan boy
va rang-barang madaniy-ma'naviy merosimiz ikki qudratli to'lqin - dunyoviy ilmlar va diniy-falsafly
tafakkurning o'zaro uyg'unlashib, yagona, barkamol qadri-yat peshvosining ma'naviy qiyofasi,
siyosatdagi adolat mezoni, so'z va fikr erkinligi kabi murakkab ijtimoiy masalalar xususida ham
benihoya hayotiy tajriba va saboqlar beradi. Shu bois ham bu o'lmas qadriyatlar bugungi yangi
davlatchiligimiz qurilishida muhim aha-miyat kasb etmoqda.
Agar biz bosib o'tilgan istiqlol yo'limizga bir nazar tashlaydigan bo'lsak, ozodlikning ilk
onlaridan boshlaboq dinga munosabat, davlat va diniy tashkilotlar o'rtasidagi aloqalarni to'g'ri yo'lga
qo'yishga alohida e'tibor qaratildi. Konstitutsiyaga ko'ra, O'zbekiston dunyoviy davlat,
binobarin,
mamlakatimizda din davlatdan ajratilgan. Ammo respublikamiz rahbariyati bu masalaga oqilona
yondashib, din davlatdan ajratilgan bo'lsa-da, jamiyatdan ajratilmaganini, xususan, O'zbekiston
singari qadimiy va barqaror diniy an'analarga ega mamlakatda bu borada g'oyat noziklik va
ehtiyotkorlik bilan ish yuritish lozimligini o'z vaqtida to'g'ri anglab yetdi.
Shuning uchun ham bugun ko'p millatli mamlakatimizda hech qaysi din vakillarining diniy
nafsoniyatlarini kamsitmagan holda, ayni vaqtda diniy hissiyotlarni avj ham oldirmasdan, og'ir-
vazmin, uzoqni ko'zlangan siyosat amalga oshirilmoqda.
Bu siyosat mohiyati ilk marta Prezidentning quyidagi fikrlarida aniq-ravshan belgilab berilgan
edi: «Din odamzodni hech qachon iymon
yo'lga boshlamaydi. Bu dunyoning o'tkinchi ekanini
ta'kidlab, odam bolasini hushyor bo'lishga, yaxshi bo'lishga, yaxshi iz qoldirishga undab turadi.
Biz dinga bundan keyin ham barcha shart-sharoitlarni
yaratib beramiz, diniy rasm-rusumlarga,
bayramlarga, diniy tarbiya va ta'limga doimo jiddiy e'tibor beriladi. Ayni zamonda biz din
peshvolariga, o'zimizga o'xshagan musulmon birodarlarimizga bir narsani takror va takror
uqtirmoqchimiz: din o'z yo'li bilan, davlat o'z yo'li bilan. Diniy partiyalar tuzib, hokimiyat talashib
yurishlar xudoga ham yoqmaydi. Islom dini insonlarni kamtarlikka, kamsuqumlikka undaydi.
Musulmon farzandi kechirim-li bo'ladi. Musulmon farzandi birovni kofir, birovni xudojo'y deb
toifalarga ajratmaydi... Sababi, bandasining ustidan ban-dasi emas, xudoning o'zi hukm chiqaradi.
Shunday ekan, bir-birimizni behuda ayblab, men musulmon, sen kofir deb talashib yurishlar bizga
to'g'ri kelmaydi.
Hamma ahil, hamma pokiza bo'lib yashasin, kimning fazi-lati qancha, kimning gunohi qancha
ekanini Yaratganning o'zi ajrim qilib beradi».
Qachonki kishi o'zligini anglamasa, o'z vijdoni bilan yuzma-yuz turmasa, iymon va e'tiqod
oldida
hisob bermasa, qo'shnisi, mahalla-si, jamiyat, Vatan oldidagi mas'uliyatini his etmasa,
bunday odam insonlik sharafiga munosib bo'lmaydi.
Prezident I. Karimov siyosiy vaziyat nihoyatda qaltis va nozik bir paytda yuqorida
eslatilganidek, nutq va ma'ruzalari bilan odam-larning nozik tuyg'ulariga ta'sir etdi, ularni uzoq
yillik karaxtlik va g'aflatdan uyg'otdi, flkrlashga, o'z taqdiri va farzandlari istiqboli haqida
qayg'urishga da'vat etdi. Bu bilan u, birinchidan, mamlakat aholisini ruhiy-ma'naviy poklanishiga
imkon yaratdi. Ikkinchidan, mamlakatdagi tinchlik, osoyishtalik va barqarorlikka o'ziga xos za-min
yaratdi.
Do'stlaringiz bilan baham: