2.2Boshlang`ich sinf o`quvchilariga darsdan tashqari sharoitlarda iqtisodiy bilimlarni takomillashtirish yo`llari.
Darsdan tashqari sharoitlarda iqtisodiy ta`lim va tarbiya.
O`quvchilarga darsga va darsdan tashqari sharoitlarda ham iqtisodiy ta`lim tarbiya berishning pedagogikimkoniyatlari mavjud. Bunday imkoniyatlarni chegaralab bo`lmaydi ya`ni bular davom etaveradi. Iqtisodiy bilimlarni to`garaklar uyushtirish kechalar tashkil etish gruppalarda o`yinlar o`tkazish yo`li orqali ham berish mumkin.
Darsdan tashqari ishlarda o`quvchilar o`zlarining bilimdonliklarini chiqqanligini nomayon qiladilar. Ularning dunyoqarashi kengaytiriladi. Darsdan tashqari tadbirlar o`qituvchilar rahbarligidan uyushtiriladi. Endi esa hozirgi kunda maktablar darsdan tashqari sharoitlarda iqtisodiy ta`lim tarbiya berish uchun qanday ioshlar tashkil etilayotgani bilan tanishib chiqamiz.
Men 1b sinfda mustaqil ravishda boshqa darslar bilan bir qatorda iqtisod darsni ham o`ta boshladim. Ish davomida o`quvchilarning iqtisodiy tushunchalarni qay darajada egallaganliklarini bilish uchun ya`ni ularning bilimlarini sinash uchun bolalarda hozirgi kunda kerak bo`lgan ish bilarmonlik haqida tushunchalarni kengaytirish o`tilgan mashg`ulotlardagi olgan bilimlarini mustahkamlash maqsadida darsdan tashqari sharoitda ``Iqtisod nima`` mavzudagi guruhlar aro bellashuv o`tkazishga qaror qildik va tashkillashtirdik. Uyining mazmuni bilan birgalikda quyidagicha tuzdik.
Iqtisod nima mavzusidagi guruhlar aro bellashuvning mazmuni.
Maqsad bolalar hozirgi kunda kerak bo`lgan ish bilarmonlik haqida tushunchalarni kengaytirish va o`tilgan mashg`ulotlardagi olgan bilimlarini mustahkamlash.
``Bu ikki guruhdan iborat bo`ladi biznesmen va bankerlar guruhi. Bellashuvda Ho`ja Nasriddin to`g`ri javob bergan bolalarni rag`batlantirib boradi. Tanga berish orqali ikkinchi guruh o`ziga hos kiyinishgan bo`ladi``
O`yinning borishi.
Kirish qismi. Honada o`qituvchi o`quvchilarni kutib turadi shunda hanaga ho`ja nasriddin eshaggida kirib keladi.
Ho`ja Nasriddin. Yorim ketaman dwydi.
Ketqazgani qo`ymayman.
Yo`llariga chim bosib
O`tqazgani qo`ymayman
Iye qayerga kelib qoldim men bozorga bormoqchi edimku bu qayer.
O`qituvchi. Keeling assalomu alaykum. Siz bizning maktabimizga kelib qoldingiz.
Ho`ja nasriddin. Voaleykum assalom. Qizim men bozorga ketayotuvdim eshshagim bu yoqqa burib yuborganini bilmay qolibman hayol qursin. Bozor iqtisodiyoti biroz qiynab qo`ydi, qizim ko`p narsaga tushunmayman allaqanday momlari paydo bo`lib qoldi.
Biznesmen, banker yana juda ko`p narsalar shularga tushunmay hayronman nima qilish kerak.
O`qituvchi. Hafa bo`lmang Ho`ja Nasriddin bugun sinfimizda siz bilmagan fandan mashg`ulot o`tamiz. Sizga bolalar bu borada o`z bilimlarini ko`rsatadi. ``sinfga 2 guruhga bo`lingan o`quvchilar keladi. 1-biznesmenlar, 2-bankerlar guruh `` ikkala guruh ham almashiniladi.
H. Nasriddin. Barakalla bolajonlar o`quvchilaringiz aytishicha sizlar iqtisod alifbosini yahshi bilar ekansizlar. Men esa bilmayman meni o`rganishimizga yordam berishingizni so`rayman.
O`qituvchi. Kelinglar bolalar H. Nasriddin iqtisod nima kimlar ishtirok etishi haqida biroz tushuncha beramizmi.
O`qituvchi o`quvchilarga qaysi davlatda yashayotganini bayroq madhiya hafta kunlar fasl haqida savol berib bilimlarini aniqlab oladi.Hozirga davrda O`zbekistondagi bozor iqtisodiyoti narh navo haqida savol beradi.
O`qituvchi H. Nasriddin o`zingizni kerak bo`lgan narsalarni so`rab olishingiz mumkin.
H. Nasriddin biznesmen kim
1. guruh javobi biznesmen pul topar kishi ular turli shaharlarga Tovar olib borib sotadilar yoki almashtiradilar va Tovar ishlab chiqadilar.
Javob. 3 H.Nasriddindan tanga oladi.
Savol. Tovar nima
Guruh javobi tavar sotish uchun tayyorlangan mol.
Javob: Qozog`iston, AQSH, Rassiya, O`zbekiston.
Savol pul necha hil bo`ladi.
Javob. Qozoq pul, temir pul.
Savol. Bank nima.
Javob. Pul beradigan va almashtiriladigan idora.
Savol. Bankni kim boshqaradi.
Javob. Bankni boshqaruvchi boshliq.
Savol. Bankda kimlar ishlaydi.
Javob. Bankda kassir, mirshab, hisobchi ishlaydi.
Bolalarga qaysi guruh yahshi javob bergan bo`lsa, tanga bilan rag`batlantiradilar.
H. Nasriddin barakalla bolajonlar sizlar juda bilimdon chiqib qoldilaring sizlarga bir voqeani so`zlab beraman – men chet eldabo`lganimda o`zimga yangi kiyim sotib oldim va kiyinib sayrga chiqdim. Ko`chaga chiqsam yomg`ir yog`yapti sekin ustim ho`l bo`ldi bir ozdan so`ng kiyimning ranggi qolmadi oqarib ketdi ola bula bo`lib qoldi men atrofdagilardan juda uyalib kettimu qarasam ko`pchilikning kiyimi shunday men hayron bo`ldim nega shunday bo`ldiya sizlar bilasizlarmi?
Javob. Sifatsiz ishlangan shuning uchun ranggi o`chgan
H. Nasriddin men o`zimga kostyum olmoqchi bo`ldim ustimdagi choponimdan boshqa pulim yo`q.
O`qituvchi. Nasriddin pul topishi uchun nima qilish kerak.
Javob. Ortiqcha narsa bo`lsa sotish kerak.
Nasriddin meni eshshagim bor uni hizir tashqariga bog`lab keldim va o`zbek choponim bor lekin sotishdan oldin tez sotish uchun nima qilishim kerak.
Javob. Reklama, e`lon qilish kerak.
O`qituvchi. Reklamani necha turi bo`ladi.
Javob. Musiqali, namoyish, ko`rgazma.
Nasriddin men buyumlarimni almashtirdim
Endi uyga ketishimga pul kerak menga bir biznesmen ish o`rgatmoqchi bo`ldi. Uchrashuv joyini kelishdi aksiga olib men ertasiga u yerga kechikib bordim, ular meni kutib-kutib ketib qolishibdi men qanday hatoga yo`l qo`ydim.
Javob: biznesmen so`zida turishi kerak, vaqtni tejashi kerak siz kech qolgansiz.
Nasriddin barakalla bolajonlarim sizlarga o`qituvchingiz iqtisod haqida yahshi tushuncha beribdi. Men sizlardan ko`p narsa o`rgandim.
Shundan so`ng 2 guruh to`plagan tangalar sanaladi va kim g`olibligi aniqlanadi.
Iqtisod nima mavzusidagi bellashuv juda qiziqarli o`tdi bu bellashuvda boshqa sinflar juda katta qiziqish bilan tomosha qildilar o`ylaymizki mana shunday bellashuvlar tez-tez tashkil qilinsa o`quvchilar hozirga kunda ko`p ishlatiladigan ishbilarmonlik, tejamkorlik, mehnatsevarlik, tadbirkorlik, tirishqoqlik, tashabbuskorlik tushunchalarni o`rinli ishlata biladilar va mohiyatini anglab yetadilar.
Iqtisod darslarining qiziqarli samarali tashkil etish maqsadida turli hil didaktik o`yinlardan foydalanish boshlang`ich sinf o`quvchilari o`yin faoliyatiga moyil bo`lganliklari sababli dars davomida o`zlashtirish ancha murakkab bo`lgan iqtisodiy tuishunchalarni ta`limiy o`yin orqali qiziqish bilan osonlikcha o`zlashtirib oladilar quyida shunday o`yinlar bilan tanishib o`tamiz.
Robinzo Kruzo
Bu o`yin oziq ovqat tanlashni bolalarga o`rgatish uchun qo`llaniladi oziq ovqatga bo`lgan ehtiyojni qondirish yashashning 1 sharoitidir uy ro`zg`or ishlarida ham honadonning to`kisligi eng kerakli harajatning mavjudligi bilan o`lchanadi aslida ularning turi ko`p lekin qanday mahjsulot birlamchi qaysi biri ikkilamchi pulni qaysi biriga sarflaysiz ana shuni bilish mumkin.
O`yinning borish sinfidagi barcha o`quvchi quyidagi savol qo`yiladi siz Robinzo Kruzoni yahshi bilasiz 27 yil kimsasiz orolda yashadi aytaylik u tushgan va cho`kayotgan kemada barcha oziq ovqat bor Robinzo 25 minut ichida 25 hil mahsulotni orolga tashishi kerak ulgurmasa kema butkul cho`kadi , qo`lingizdagi varoqga Robinzo olib chiqib ketishi zarur bo`lgan ne`matlar ro`yhatini tuzib bering bu o`yinni sinfni 3 guruhga bo`lib o`tkazish mumkin bunda bolalar o`zaro maslahatlashadilar ohirida ro`yhat guruh rahbariga topshirdilar. Qaysi birida eng zarur mahsulot yozilgan bo`lsa shu guruh g`olib topiladi.
Hulas yuqoridagi barcha sinfdan tashqari, maktabdan tashqari ishlarga bo`linadi bir guruhga to`garaklar matematik daqiqalar bayramlarga tayyorgarlik ko`rish ishlari misol bo`la oladi.
Qolgan barcha hildagi tashkiliy ishlar maktabdan tashqari ishlar jumlasiga kiradi.
Hulosa qilib shuni aytish mumkinki darsdan tashqari sharoitlarda didaktiv o`yinlardan foydalanish orqali o`quvchilarning bilim darajasini, topqirligini, ziyrakligi aniqlanadi dunyoqarashi shakllantiriladi har tomonlama rivojlangan barkamol shahs bo`lib o`sishlariga imkoniyat yaratiladi.
Demak, darsdan tashqari sharoitlarda didiktiv o`yinlardan foydalanish ishlari to`g`ri qo`yilsa o`z vaqtida bajarilsa maqsadga muvofiq bo`ladi.
Mavzularni yoritishda hamda amaliy mahsulotlar tanlashda ona vatanimizga o`zbekiston hayotidan olingan lavhalar misollar mahalliy shart-sharoitlardan hozirgi kunda hususiyatlarning milliy an`ana va qadriyatlarimizdan foydalanilgandir.
Iqtisodiyotni siyosatdan va har hil mafkuradan ustivorligi kabi tamoyil faqatgina bugungina va yaqin yillardagi emas. Balki kelgusida ham amal qilinadigan asosiy prinsipdir. Shuning uchun yosh avlodni shu ruhda tarbiyalash vat a`lim berish kabi muhim vazifa turibdi.
Tarihdan ma`lumki bolalarga ahloq odob ilmini berish bilan birga iqtisodiy masalalarning oddiy shakllaridan shuningdek davlat yuritish sirlaridan ham saboq berilgan. Ajdodlarimizning shu an`analarini hozirgi kunda qo`llash foydadan holi bo`lmaydi bu ish qolaversa uni kichik ukalariga ham qondirishni o`rgatishdan o`rgatishga boshlanadi. Maktab esa kitoblarni ozoda tutish va ulardan yirtmay o`zidan so`ng kelayotgan o`quvchi ukalariga yahshi holda yetkazish malakalarini tarbiyalash zarur kiyim kechaklarini yirtmay ozoda saqlash o`rgatiladi va o`sha kiyimlarni toki ukalari kiya bilsinlar bu yillar orqali iqtisod qilishning dastlabki ko`nikmalari hosil qilinadi. Iqtisodiyotning siyosat va mafkuradan ustun turishini pedagogic jihatdan o`rganish, tahlil qilish va bu sohadagi buyuk bo`limlarni yoshlar ongiga singdirish maqsadga muvofiqdir.
Hulas boshlang`ich sinf o`quvchilariga iqtisodiy ta`lim tarbiyaning asosiy maqsadi bolalardan iqtisodiy ko`nikma hasil qilish ularni malakaga aylantirish iqtisodning boshlang`ich tushunchalari bilan tanishtirish bu tushunchalarning mohiyatini ochib berish va bu hayotda o`rinli qo`llashlardan iborat.
Iqtisodiy ta`lim tarbiya yuqoridagi keltirilgan maqsadlardan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalarni bajaradi.
Iqtisodiy ta`lim tarbiya o`quvchilarda dastlabki iqtisodiy ko`nikmalarni hosil qiladi.
Tejankorlik hususiyatlarini shakllantirishda.
Mehnatsevarlik hususiyatlarini shakllantirishda.
Kasb hunar yo`naltiriladi.
Savdo sotiq va tijorat bilan shug`ullana olish va ular haqidagi dastlabki tushunchalar bilan qo`llantiriladi.
Ishbilarmonlik hususiyatlarini shakllantiradi.
Tadbirkorlik hususiyatlarini shakllantiradi.
Mirishkorlik hususiyatlarini shakllantiradi.
Tashabbuskorlik hususiyatlarini shakllantiradi.
O`quvchilar ongiga o`zaro iqtisodiy munosabatlarni singdiradi.
O`z mablag`iga qarab harid qilish qobiliyatini tarkib toptiradi va o`stiradi.
O`quvchilarni ishlab chiqarishga va hisob kitobga oid masalalarni yecha olish qobiliyatini o`stiradi.
O`quvchining o`qituvchi bilan birga tavar ishlab chiqara olish qobiliyatini tarkib toptiradi.
Hayotiy jarayonlarga iqtisodiy tafakkur bilan yondashishga chorlaydi.
Hayot noz nematlarining bunyod etishga qiziqtiradi
Tadbirkorlik kurtaklarini hosil qiladi
859 masalani ko`raylik 1 sinf o`quvchilari 100 kg qog`oz qiyqimlarini yig`moqchi bo`ldilar. Ular 30 kg qog`oz qiyqimlarini keltirdi. Qolgan qog`oz qiyqimlarini o`quvchilar baravardan keltirmoqchi bo`lsalar 7 ta o`quvchining har biri yana necha kg qog`oz qiyqimini keltirishi kerak.
Shu masalalar bog`liq holda o`qituvchi qog`oz qiyqimlarini yig`ishning foydasi haqida gapiradi.
60 kg qog`oz qiyqimlari 1 katta darahtni kesishdan asrab qolar ekan. Agar har bir sinf 120 kg dan qog`oz qiyqimlarini yig`sa nechta darahtni saqlab qoladi. Maktabdagi hamma 2 sinflar nechta darahtni asrab qolishi mumkin degan izoh va savollar qo`yiladi.
Shunga bog`liq holda hozir respublikamizda qog`ozni tanqisligi, narhi qimmatligini bildirib qog`ozni daftar,va kitoblarni asrashini daftarlarni bekorga yirtmaslik, sarflamaslikni ta`kidlaydi.
214-masalani ko`raylik.
Yo`ldoshga onasi 60 so`m berdi 30 so`mga non va 20 so`mga tuz olib kelishini buyurdi Yo`ldosh necha so`m qaytim olib kelgan o`rtacha oila bir kunda nechta non istemil qilishini aniqlaydi.
Bu masalaga katta tarbiyaviy yo`nalish berib nonni qadri uning asosiy istemolchi mahsuloti ekanligini bir buhonka nonni tayyorlash uchun daladagi dehqondan tortib non zavodi ishchisiga minglab odamlar mehnati sarflanishini shuning uchun nonni isrof qilmay ishlatish kerakligini gapiramiz. Shunga bog`liq maktab oshhonasidagi sinf honalarida ba`zan qoldirayotgan non burdalarini misol keltiradi.
Agar maktab oshhonasida har kuni 1 kg non burdalari isrof bo`lsa 1 haftadan qancha non isrof bo`ladi. Shuncha non o`rtacha oila necha kun istemol qiladi. Degan savollar bilan o`quvchilarga murojat qiladi ularning hisob kitoblaridan so`ng tegishli hulosa chiqaradi.
Amaldagi 4 sinf uchun matematika darsligidan ba`zi masalalarni bozor iqtisodiyoti asosida talqin kerakki bu darslikdagi aksariyat masalalarga iqtisodiy tus berish juda qulay. Masalalarning mahalliy ma`lumotlarga boyligi iqtisodiy tushunchalarga kiritishga katta imkon beradi. Masalan 23 masala matni darslikda quyidagicha beriladi.
Ho`jalik fermer shaharga ekspertga mashinada tarvuz jo`natadi. Bitta mashinaga unga qaraganda 100 ta ortiq uchinchi mashinaga nechta tarvuz bo`lsa shuncha tarvuz ortiladi. Uchinchi mashina nechta tarvuz ortilgan.
Bu yerda qavs ichida almashtirish mumkin bo`lsa iqtisodiy atama masalani ichida fermer eksport aksiya tushunchalarini kiritish mumkin.
378-masalaga ham yangicha iqtisodiy tus beriladi.
Jadvajda mebel fabrikasi mebel aksionerlik jamiyatining sentyabr, oktyabr, noyabr oylarida ishchilarga to`lagan dividenti so`mlarda ko`rsatilgan.
Mebel aksionerlik jamiyatida 3 oyda necha so`mlik divident a) aksiya egasi Qosimov b) aksiya egasi Alimov v) aksiya egasi Hojiyev 3 oyda necha so`m divident olgan.
Aksionerlik jamiyatida har oyda hammasi bo`lib necha so`mlik divident aksiya egalariga to`lagan.
Mebel aksionerlik jamiyatida 3 oyda hammasi bo`lib necha so`mlik divident to`lagan natijalarini bo`sh katakchalarga yoz.
7949-7968-4639-3710-8207-7568-9991-7949 ifodalar nimani bildiradi.
Bu masalada aksionerlik jamiyati aksiya divident jadvallar bilan ishlash kabi iqtisodiy tushunchalar kiritiladi. Muallim masalaga iqtisodiy tus berish uchun eng avvalo mulikchilikning hususiyligini e`tabor berish kerak. Masalan korhana o`rniga firma kichik korhona aksiyonerlik jamiyati so`m tushunchasi o`rniga foyda daromad kabi so`zlarni ishlatishni tavsiya etadi. O`qituvchi ish unumdorligi odamning bilimiga bog`liqligini ta`kidlaydi. O`quvchi ko`paytirish jadvalini qanchalar yahshi bilsa 2 minut ichida shunchalar ko`p misollarni sonini doskaga bir qator yozib kim ko`p kim kam misol yechimini kuzatadi aniqlaydi sababini ko`rsatadi va hulasa chiqaradi.
778-misol bir minutda nechagacha sanash mumkin. Shunga qo1shimcha 1 daqiqa 1 dan boshlab kechagacha yozish mumkinligini tekshirish uchun natijalarni doskaga bir qator qilib yozsak kim ko`proq son yozganini va kim ko`proqmas son yozgani ko`riladi sababi yozish malakasining yahshi yoki yomon ekanligini aniqlanadi.
Bu masala vaqt va uning o`lchovlari mavzusining soat minut bo`limida keltirilgan. Bu mavzuni o`tishda o`qituvchi vaqtni tejash haqiqatini qadri vaqtdan unumli foydalanish haqida gapirib bir daqiqada yer yuzida sodir bo`ladigan o`zlashtirishlar ishlab chiqiladigan mahsulotlar faktik materiallarni keltirish maqsadida muvofiqdir.
O`tkazilgan sinov tajriba ishlarinig natijalarini quyidagi diogrammalar yordamida ko`rsatib ўtamiz.
1-diogramma. Sinov tajriba ishlari o`tkazmasdan oldingi ko`rsatkich.
2-diogramma. Sinov tajriba ishlari ўtkazilgandan kеyingi kўrsatkich.
Do'stlaringiz bilan baham: |