O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi guliston davlat universiteti “tarix” kafedrasi



Download 3,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/181
Sana18.02.2022
Hajmi3,15 Mb.
#452982
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   181
Bog'liq
zhaxon tarixi

1.
 
Agrar masala. 
Sitsiliyadagi qullar qo‗zg‗oloni Rim jamiya- tining ichida va butun 
mamlakat miqyosida kuchli ziddiyatlar mavjudligining belgilaridan biri bo‗ldi. Quldorlik 
munosabatla- rining keng tarqalishi, dehqonlarning yersizlanishi, xonavayron bo‗lishining 
ommaviy tus olishi ijtimoiy qarama-qarshiliklarni yanada kuchaytirdi. 
Hukmron tabaqaning uzoqni ko‗ra oladigan vakillari davlat va uning harbiy kuchini 
mustahkamlash maqsadida Rim qo‗shinlarining asosini tashkil etgan dehqonlar ahvolini yax- 
shilash zarurligini tushunar edilar. Shu maqsadda yirik yer egalari qo‗lida to‗planib qolgan 
ortiqcha jamoa yerlarining bir qismini yersizlarga va muhtojlarga taqsimlash taklif qilindi. Ammo 
nobillar va katta yer egalari hal qiluvchi rol o‗ynagan senat yerni qayta taqsimlashga keskin 
qarshilik ko‗rsatar edi. Agrar islohotlarni o‗tkazish uchun Rimda harakat boshlandi. Taniqli 
plebey urug‗i Semproniylardan bo‗lgan mashhur Sisi- pionning nevarasi, otasi ikki marta konsul 
bo‗lgan senzorning o‗g‗li 28 yoshli Tiberiy Semproniy Grakx agrar islohotlarni o‗tka- zish uchun 
keskin kurash boshladi. Mil.avv. 133-yilda Tiberiy Grakx xalq tribuni lavozimiga saylanib, o‗z 


98 
agrar qonun loyiha- sini taklif qildi. Bu qonun loyihasi bo‗yicha yerga egalik qilish 
500 yugergacha cheklanib, agar oilada ikki voyaga yetgan o‗g‗il bo‗lsa, har bir oila 1000 
yugergacha yerga ega bo‗lishi mumkin edi. Qolgan ortiqcha yer pul mablag‗i bilan 
kompensatsiya qilish asosida davlatga qaytarilishi kerak edi. Yangidan tashkil etilgan yer 
jamg‗armasi 30 yuger (7,5 ga.) miqdorida chek yerga bo‗linib, yersiz va kam yerli fuqarolarga 
merosiy ijara huquqi- da taqsimlanishi kerak edi. Ularning egalari xazinaga uncha ko‗p 
bo‗lmagan miqdorda soliq to‗lashlari lozim edi. Qishloqda- gi kichik ishlab chiqaruvchilarning 
yersizlanishi va xonavayron bo‗lishini to‗xtatish maqsadida davlatdan olingan yerlarni sovg‗a 
qilish yoki sotish taqiqlangan. Qonun loyihasi qabul qilindi. Is- lohotni amalga oshirish uchun 
tarkibida Tiberiy va uning ukasi Gay bo‗lgan komisiya tashkil etildi. Islohotga qarshi bo‗lgan 
senat tashkiliy xarajatlarga pul mablag‗i berishdan bosh tortdi. Tiberiy senatga qarshi bo‗lgan 
yana bir qonunni komisiyalarda qabul qilinishiga erishdi. U agrar komisiyaning ehtiyoji uchun 
vafot etgan Pergam podshosi Attal III ning xazinasini berishga erishdi. Tiberiy Grakxning 
islohotchilik faoliyatiga qarshi kuchli qarshilik boshlanib, uning dushmanlari navbatdagi 
saylovlar paytida Tiberiy va uning tarafdorlarini o‗ldirdilar. 
10
yil o‗tgach, islohotlar dasturini Tiberiyning ukasi Gay Grakx taklif qildi. Gay Grakx agrar 
sohada emas, sud, ma‘muriy tizim, qo‗shin va pul tizimida qator islohotlarni tizimli amalga 
oshirdi. Bir qancha tadbirlar shahar plebey foydasiga o‗tkazildi (arzon non sotish) va suvoriylar 
toifasidan provinsiya noiblari suiiste‘mollarini ko‗radigan sud komisiyalari tashkil etildi. 
Lekin shahar plebeyning katta qismi va suvoriylar agrar is- lohotlardan manfaatdor emas 
edilar. Buning ustiga provin- siyalarga qishloq xojalik koloniyalarining tashkil etilishi su- 
voriylarning noroziligiga olib keldi. Gay Grakxning Italiyaning Rimdan tashqari hududlari 
aholisiga fuqarolik huquqini berish niyati Rim plebsini unga qarshi bo‗lishiga sabab bo‗ldi. 
Plebey o‗z imtiyozlari va o‗zlari oladigan xayr-ehsonni boshqalar bilan baham ko‗rishni istamas 
edi. Gay Grakx islohotchilik faoliyati- da jamiyatning turli xil tabaqalariga tayandi. Uning 
raqiblari mil.avv. 122-yildagi saylovda uning qayta saylanishiga yo‗l ber- madilar. Ommaviy 
to‗qnashuvda Gay Grakx va uning tarafdor- lari halok bo‗ldi. Uning o‗limidan so‗ng agrar 
qonunni hech kim bekor qilishga botina olmadi. Lekin yerlarni taqsimlovchi komi- siya tugatildi 
va yer berish to‗xtatildi. Mil.avv. 111-yildagi agrar islohot ilgari 500 yugergacha egallangan 
yerlarni va islohotlar 
natijasida 30 yugerlik yerlarni o‗z egalariga xususiy mulk sifa- tida qonunlashtirdi. 
Islohotchi aka-uka Grakxlarning tizimli amalga oshirgan ko‗pgina tadbirlari eng jiddiy 
natijalarga olib keldi. Gay Grakx o‗limidan so‗ng, oligarxiya o‗z mavqeyini qisman tikladi. 
Suvoriy- lar sud ishlarini o‗z qo‗llarida saqlab qoldilar. Agrar islohot o‗tka- zish to‗xtatildi. 
Mil.avv. 121-yilda agrar islohotlar natijasida olingan yer ulushlarini begona qilmaslik bekor 
qilindi. Mil.avv. 119-yilda agrar komisiya faoliyati to‗xtatildi. Mil.avv. 111-yilda plebey tribuni 
Spuriy Toriy qonuniga asosan fuqarolar ijaraga olgan 500 yugergacha bo‗lgan barcha davlat 
yerlari xususiy mulk deb e‘lon qilindi. Italiyada tashkil topgan 10 minglab dehqon xo‗jaliklar 
o‗nlab yillar mavjud bo‗ldi. Shahar plebsiga tarqatiladigan oziq-ovqat mahsulotlarining miqdori 
o‗sdi. Plebey Grakxlar faoliyati senatda va siyosiy hayotda nobillarning yagona hukmronligiga 
putur yetkazdi. 
Aka-uka Grakxlarning ijtimoiy-siyosiy faoliyatlari natijasida Rimda senat, suvoriylar va 
barcha boy toifalarning optimatlar partiyasi va nobillarga qarshi turgan plebey demokratiyasining 
populyarlar partiyasi paydo bo‗ldi. Populyarlar va optimatlar atamasini birinchi bo‗lib mil.avv. 
63-yilda notiq va siyosiy ar- bob Sitseron ishlatdi. 

Download 3,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish