O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi guliston davlat universiteti “tarix” kafedrasi



Download 3,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/181
Sana18.02.2022
Hajmi3,15 Mb.
#452982
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   181
Bog'liq
zhaxon tarixi

Ta‟lim va fan. 
Rimda ta‘limning birinchi bosqichi maktab edi. Maktablar xususiy bo‗lib, 
davlat ta‘lim jarayoniga aralash- mas edi. Maktabda ishi yurishmagan, kelib chiqishi noma‘lum 
bo‗lgan kimsalar ham dars bergan. Boshlang‗ich maktabda 7-12 yoshli bolalar o‗qish-yozish, 
og‗zaki sanashga o‗rgatilar, o‗qish faqat bir semestrni tashkil etgan. Keyingi o‗qish pullik edi. 
O‗rta maktabda olimlar, yozuvchi va adabiy tanqidchilar (ko‗pincha ozod bo‗lgan qul - 
yunonlar) grammatikani o‗qitar edilar. Boy oilalarda bolaga 7 yoshidan yollangan qul-pedagog 
dars bergan. O‗smirlar 12-16 yoshda grammatika va adabiyotni o‗qitadigan maktabga 
borganlar. Bundan tashqari logika, arif- metika, geometriya, astronomiya fanlari va musiqaning 
ayrim unsurlarini o‗rganganlar. 16 yoshdan o‗smirlar notiqlik san‘ati bo‗yicha notiq 
o‗qituvchilardan saboq olganlar. Notiqlik san‘ati taniqli huquqshunosning rim huquqidan 
mashg‗ulotlari bilan to‗ldirilgan. Imperiya davrida o‗qituvchilar, ayniqsa, notiq-ritor- lar 
professor deb aytilgan. Rimlik notiqlik o‗qituvchisi Kvinti- lian (milodiy I asr) birinchi 
professor bo‗lgan va 68-yildan davlat ish haqi to‗lagan. O‗rta asrlarda professor unvoni 
universitet o‗qituvchilari - doktor, magistrlarga oliy malaka unvoni sifatida berilgan. 
Antik davrda notiqlik maktablari mashhur bo‗lib, 15-16 yosh- li qobiliyatli o‗quvchilar 
notiqlik san‘atini o‗zlashtirganlar. Im- periya davrida siyosiy notiqlarga o‗rin qolmagani uchun 
notiq- lik maktablari faxrli va daromadli kasb bo‗lgan advokatlarni tayyorladi. Rim 
imperiyasining madaniy markazlari Rim, Aleksandriya, Pergam, Rodos, Afina va Massiliya 
shaharlari edi. Bu shaharlarda kutubxonalar, teatrlar va maktablar mavjud edi. Har bir 
shaharning o‗z madaniy muhiti bo‗lib, Rim shahri madaniyati inshootlariga taqlid qilinib, 
hashamli jamoa in- shootlari barpo qilingan. 
Tabiiy fanlar rivojlanib, qator ilmiy asarlar yozildi. Texnik bilimlarning nazariy asoslari 
yaratildi. Vitruviyning 10 jildli «Arxitektura to‗g‗risida», Sekst Yuliy Frontinning «Akveduklar 
to‗g‗risida», Aleksandryalik Geronning «Mexanika» asarlari- da texnika sohasining nazariy 
asoslari tavsiflandi. Tiniq shi- sha kashf etilib, shishasozlik sohasi rivojlandi. Binolarni isi- tish 
tizimi yaratildi. Qurilishda sement kashf qilinib, qishloq 
xo‗jaligida suv tegirmonlari, vintli press va hosilni o‗radigan mexanizm ixtiro qilindi. 
Strabonning 17 jildli «Geografiya»si, Pomponiy Melaning «Yer tuzilishi to‗g‗risida» nomli 3 
jildli kito- bi, Klavdiy Ptolemeyning «Geografiya bo‗yicha yo‗riqnoma» nomli 8 jildli asari, 
Kvintilinning «Notiqni o‗qitish» 12 jildli notiqlik nazariyasi to‗plami, Kolumellaning 
astronomiya bo‗yicha «Qish- loq xojaligi to‗g‗risida» nomli 12 jildli asarlari fan taraqqiyoti- 
ning katta yutuqlari edi. I asr o‗rtalarida Katta Pliniy (24-79-yil- lar) o‗zining 37 jildli 
«Tabiatshunoslik» asarini yozdi. Bu asar ensiklopedik mazmunda bo‗lib, fizika, geografiya, 
botanika, zoologiya, mineralogiya va boshqa fanlar bo‗yicha ma‘lumotlar beradi. Fiziolog 
Klavdiy Galen (129-199-yillar) va akusher hamda pediatr Soran shuhrat qozondilar. Avl 
Korneliy Sels «Fanlar» asarida dehqonchilik, ritorika, harbiy ish va tibbiyot to‗g‗risida turli 
ma‘lumotlarni jamladi. 
1.
Tarix. Ilk imperiya davrida tarixiy asarlar va tarjimayi hollar yozish janri keng rivojlandi. 
Mil.avv. 59-yil - milodiy 17-yil- larda Paviya shahrida yashagan notiq Tit Liviy lotin tilida 
«Sha- harga asos solinganidan keyingi Rim tarixi» nomli 142 jildli tarix asarini yozdi. Tit Liviy 
voqealar bayonini mil.avv. 9-yilgacha olib bordi. Yangi era boshlarida Pompey Trog «Jahon 
tarixi»ni 44 jildda lotin tilida yozdi. Yana bir «Jahon tarixi» yunon tilida Yahudiya podshosi 


131 
Irod I ning maslahatchisi damashqlik Nikolay tomonidan 144 jildda yozildi. Asarda voqealar 
mil.avv. IV asrgacha yoritilgan. 
Mil.avv. I asrda Korneliy Nepot «Mashhur kishilar to‗g‗risi- da» biografik asarini yozdi. 
Mil.avv. I asr oxirida galikarnaslik Dionisiy «Rim qadriyatlari» nomli tarixiy asarini yozdi. 
Bizgacha bu asardan faqat 9 tasi yetib kelgan. Italiya va uning provinsiyalari tarixi va 
geografiyasi to‗g‗risida qimmatli ma‘lumotlar Strabonning «Geografiya» asarida (17 kitob) 
beriladi. Strabonning yana bir asari «Tarixiy yozishmalar» bizgacha yetib kelmagan. 
Milodiy I asrda Velley Paterkulning «Jahon tarixi» nomli 2 jildli kitobi, notiq Valeriy 
Maksimning «Mashhur ishlar va so‗zlar» nomli 9 kitobda tarixiy latifalar keltiriladi. Kvint 
Kur- siy Ruf «Makedoniyalik Aleksandr tarixi» nomli 10 jildli kitob yozdi. Imperatorlar 
Vespasian va Titning klienti yahudiy Iosif Flaviyning 7 jildli «Yahudiya urushi tarixi», 20 jildli 
«Yahudiya qadimiyatlari» asarlari sharqiy provinsiyalar to‗g‗risida boy ma‘lumotlar beradi. 
Davlat arbobi, tarixchi, yozuvchi Gay Pliniy Sekund (24-79-yillar) san‘at, madaniyat va fan 
soha- larida noyob ma‘lumotlar to‗plami - «Tabiiy tarix» nomli 37 jildli ensiklopedik asar 
yozdi. Bu ulkan asarda 500 muallif, 2 ming kitobdan olingan ma‘lumotlar umumlashtirilgan. 
Ta- rixchi Publiy Tatsit (mil.avv. 58-120 yillar) prokurator oila- sida tug‗ilgan, pretor (88 yil), 
konsul (97 yil), Osiyo provinsi- yasi prokonsuli (112/113-yillar). Tatsit 16 jildli «An‘analar», 
14 jildli «Tarix» asarlarini yozdi. Bu asarlar Yuliy Klavdiy va Flaviylar sulolalarining 14 -96-
yillardagi tarixini qamragan davrni aks ettiradi. Tatsitning «Germaniya» asari german qa- 
bilalarining ijtimoiy tuzumi, dini va turmushi to‗g‗risidagi ta- rixiy-geografik ocherk 
hisoblanadi. 
Imperator Adrianning kotibi Gay Svetoniy Trankvill (70-140-yillar) «O‗n ikki Sezar hayoti 
tasviri» asarida Sezardan Domitsiangacha bo‗lgan Rim imperatorlarining biografiyasi 
to‗plamini yaratdi. Tatsitning zamondoshi, 46-126-yillarda yashagan yunon yozuvchisi Plutarx 
210 ta turli xil asarlar yozgan. Bizgacha ulardan 150 tasi yetib kelgan. Plutarx mashhur yunon-
rim arboblarining 50 biografiyasi, bitta makedon 
-
Aleksandrning va bir fors - Artakresks I ning biografiyasini yozadi. 
Makedoniyalik Appian 160-165-yillarda 24 jildli «Rim tarixi» asarini, Rim senatori Dion 
Kassiy Koksian (155-235-yillar) yunon tilida 80 jildli «Rim tarixi»ni yozdi. Dion Kassiyning 
bu kitobidan 25 jildi va ko‗p sonli parchalar bizgacha yetib kelgan. Dion Kassiyning kichik 
zamondoshi Gerodian «Markdan keyin imperator hokimiyati» (Mark Avreliyning o‗limidan 
so‗ng Gor- dian III hukmronligigacha, 180-238-yillar) 8 jildli tarix kitobini yunon tilida yozdi. 
Mashhur davlat arbobi Gay Yuliy Sezar (mil.avv. 100-44-yil- lar) Rim tarixiga oid bir necha 
asarlar yozdi. Bizgacha uning faqat «Galliya urushlari to‗g‗risidagi yozuvlar» (7 kitob) va 
«Fuqarolik urushi to‗g‗risidagi yozuvlar» (3 kitob) asarlari yetib kelgan. Tarixiy monografiya 
janrining asoschisi Gay Sal- lyustiy Krisp (mil.avv. 86-35-yillar) keksalik paytida «Katilina 
fitnasi to‗g‗risida», «Yugurta urushi to‗g‗risida» hamda mil. avv. 78-67-yillar voqealarini 
qamrab olgan «Tarix» asarini yozgan. 
III-IV asrlarning ikkinchi yarmida Rim tarixshunosligi tush- kunlikka yuz tutdi. IV asrda 
«Imperatorlar tarixi yozuvchilari» nomi bilan II-III asrlar imperatorlari biografiyalari to‗plami 
paydo bo‗ldi. Bu to‗plam materiallarida Antoniylar boshqaruv davridan imperiyaning 
yemirilish davriga o‗tishi yaqqol ko‗rsa- tiladi. So‗nggi mashhur Rim tarixchisi Ammian 
Martsellin (330-400-yillar) edi. Uning kelib chiqishi yunon bo‗lib, lotin ti- lida «Faoliyat» 
nomli 31 jildli tarixiy asarini yozdi. Bu asar Tatsit «Tarix»ini davom ettirib, 96-378-yillardagi 
voqealarni o‗z ichiga oladi. IV asrda so‗nggi imperiya davrining siyosati va mafku- rasi tarixi 
bo‗yicha imperatorlarga maqtovlar, notiq Libaniyning nutq va xatlari paydo bo‗ldi. IV asrda 
xristian tarixshunosligi- ning shakllanishi boshlandi. Xristian cherkovi tarixi bo‗yicha 
«Cherkov tarixlari» lotin va yunon tilida paydo bo‗ldi. Ularning orasida kesariyalik taniqli 
tarixchi va ilohiyotshunos Yevse- viyning «Buyuk Konstantin tarjimayi holi» va «Cherkov 


132 
tarixi» asarlari alohida o‗rin tutadi. Rimning parokandalik davri sa- bablarini xristian 
tarixchilari ham o‗z nuqtayi nazarlari bo‗yicha yoritdilar. 

Download 3,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish