O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi guliston davlat universiteti ―oziq-ovqat texnologiyasi‖ kafedrasi



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/199
Sana13.02.2022
Hajmi3,59 Mb.
#446916
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   199
Bog'liq
oziq-ovqat mikrobiologiyasi va biotexnologiyasi

Minеral moddalar.
Mikroorganizm hujayrasi quruq moddasining 5-15 %-ini tashkil 
qiladi. Bular sulfatlar, xloridlar va boshqalardan iborat. 
Minеral moddalar hujayra ichi osmotik bosimi va sitoplazmaning kolloid holatini 
boshqarishda muhim rol o‘ynaydi. Ular biokimyoviy rеaksiyalarning tеzligi va 
yo‘nalishiga ta‘sir ko‘rsatadi, fеrmеntlar aktivatorlari bo‘lib xizmat qiladi. 


57 
Mikroorganizmlarni nafas olishi. Mikroorganizm fermentlari. 
Mikrob hujayrasiga so‘riluvchi oziq moddalar, u yerda juda murakkab sintetik 
o‘zgarishga uchraydi, eng avval protoplazma tarkibiga kiradi. Uglevodlar, yog‘lar, 
aminokislota va oqsil moddalar sintezi tashki energiyasiz amalga oshmaydi, shuning uchun 
hujayra protoplazmasida mikroorganizm hayot faoliyati uchun zarur bo‘lgan ki,miyoviy 
energiya ajratib chiqaradigan jarayonlar doim sodir bo‘lib turadi. Ko‘p tekshirishlar shuni 
ko‘rsatadiki, mikroortanizmlar hayot faoliyatida turli yo‘nalishlari orasida bu energiya 
quyidagicha nisbatda taqsimlanadi: 
hujayra moddalarining aerob 
mikroorganizmlar tomonidan sintez qilinishi jarayonga ajralib chiqqan energiyaning 
50% qolgan qismi esa hayot faoliyatini normal tutib turishga sarflanadi va issiqlik hamda 
yorug‘lik ko‘rinishida yuqolib ketadi. 
Har bir organizmga xos nafas olish turi muayyan jarayonga xizmat qiluvchi 
fermentlar yig‘indisiga bog‘liq. Shunday ekan, turli 1 xil mikroorganizmlarda ular turlicha, 
bu mikroorganizmlarning nafas olish tipi ham ancha ko‘p bo‘ladi. Mutlaqo tabiiyki, ular 
bir-biridan faqat oksidlanishning oxirgi mahsuloti bilangina emas, balki mazkur jarayonda 
ishtirok etuvchi vodorod akseptorda faqat farq qiladigan elementlarnigina emas, balki 
umumiy va bir xil bo‘lgan elementlarni ham topish kerak. Darhaqiqat, ular qanday turda 
nafas olmasin, hamma organizmlar tarkibida doimo degidrogenaza fermentlari uchraydi. 
Ana shu faktdan birinchi umumiy xulosa chiqarish mumkin: degidrogenazalar 
oksidlayotgan moddadan vodorodning chiqib ketishi — har qanday mikroorganizmda sodir 
bo‘ladigan oksidlanish jarayonning majburiy etapidir. jarayonning bu fazasi amalga 
oshishidagi farq ularda faqat degidrogenazalar jarayoniga aralashgan etap bilan bog‘liq. 
Agar oksidlanish jarayoni oksidlanayotgan substratining uglerod atomlari zanjiri 
uzilmasdan ilgari amalga oshsa, jarayon bevosita substrat vodorodining chiqib ketishi bilan 
boshlanishi mumkin. Masalan, glyukozaning oksidlanib glyukon kislotaga, etil spirtning 
sirka kislotaga yoki qahrabo kislotaning fumar kislotaga aylanishi jarayonlari ana shunday 
jarayondir. Bular substrat degidrogenlanishga tayyorlanmagan holda boshlangan 
oksidlanish jarayonlariga misol bo‘la oladi. Agar oksidlanish avval uglerod atomlari 
zanjirining uzilishi bilan birga boradigan bo‘lsa, bunda degidrogenazalar oksidlanayotgan 
substrat o‘zgarishining ancha keyingi bosqichlarida reaksiyaga kirishadi va vodorodni endi 
parchalanishning oraliq mahsulotlaridan chiqarib yuboradi. Bunda oksidlanish 
jarayonining borishi ancha murakkablashadi, lekin vodorodning chiqib ketish fazasi bu 
yerda ham o‘z kuchida qoladi. Bu faza mineral substratning (ammiak, nitratlar, vodorod 
sulfid va hokazolarning) oksidlanishida ham o‘z kuchini saqlaydi, lekin bu holatda gidroliz 
jarayoni ham bir vaqtda boradi. Faqat temir (P)-oksidning temir (SH)-oksidga o‘tishigina 
bu qoidadan mustasno bo‘lishi ehtimol, chunki bu jarayon faqat elektronlarning ko‘chishi 
bilan bog‘liq. Biroq bu istisnolik vodorodning chiqib ketishini oksidlanish jarayonlaridagi 
umumiy hodisa deb tushunishga imkon beradigan umumiy qoidani kech (qanday 
chegaralamaydi: 
1.
R — N
2
degidrogenaza ^ R degidrogenaza — N
2
Degidrogenaza chiqarib yuborgan vodorod keyinchalik biror akseptorga berilishi 
kerak. Aks holda oksidlanish jarayoni tugallanmay va energiyasi foydalanilmay qoladi. 
Vodorodning ko‘chirilishi ba‘zi hollarda bevosita degidrogenazalar, boshqa vaqtda esa bir 
qancha oraliq tashuvchilar orqali amalga oshiriladi. Chiqarib yuborilgan vodorod 
akseptorga anaerob nafas olishda bevosita, aerob nafas olishda esa oraliq tashuvchila|r 
orqali o‘tadi. Bu turda nafas olishda vodorod yonib (oksidlanib), suv va vodorod 
peroksidga aylanadi. Oksidlanish jarayonining ikkinchi etapini quyidagi umumiy sxema 
bilan ifodalash mumkin: 


58 
2.
Degidrogenaza — N
2
akseptor ^ degidrogenaza akseptor - N
2
Nafas olish turlari o‘rtasidagi asosiy farq mana shu ikkinchi bosqichdan boshlanadi. 
Agar mazkur organizm anaerob turda nafas olsa, bunda vodorod akseptori sifatida organik 
moddalarning to‘yinmagan bog‘lari bor molekulalaridan foydalaniladi. Bular 
mazkur 
substratning oksidlanishidagi oraliq mahsulotlarning degidrogenlanishi davomida hosil 
bo‘ladi. Agar mikroorganizm aerob turda nafas olsa, bunda molekulyar kislorod vodorod 
akseptori bo‘lib xizmat qiladi. 


59 

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish