O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi guliston davlat universiteti tarix kafedrasi


 Milliy istiqlol mafkurasi va tamoyillari



Download 1,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/230
Sana02.02.2022
Hajmi1,83 Mb.
#425258
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   230
Bog'liq
ozbekistonning eng yangi tarixi

 
4. Milliy istiqlol mafkurasi va tamoyillari.
 
Mustaqillik 
- mustaqil yashash, mustaqil fikrlash, mustaqil intilish imkoniyatidir. Bu 
bevosita ong va tafakkur bilan bog'liq bo'lgan, doimiy rivojlanib, shakllanib boradigan harakatdagi 
hodisa. 
Demak, milliy ong ta'sirida milliy g'oyalar yaratiladi. Ana shu g'oyalar asosida milliy mafkura, 
milliy dunyoqarash shakllanadi. 
Milliy g'oya, O'zbekistonning mustaqillika erishishi haqidagi siyosiy, ilmiy, nazariy, falsafiy, 
tarixiy, badiiy va diniy qarashlar majmui, xalqni kelajakka ishonch, e'tiqod ruhida tarbiyalovchi 


- 73 - 
g'oyaviy qurol, barcha toifa kishilarini shu maqsad yo'lida bir-lashtiruvchi g'oyat qudratli ma'naviy 
omil hisoblanadi. 
Shundan kelib chiqib: 

O'zbekistonning mustaqillikka erishishini tarixiy muqarrar ja-rayonligini ko'rsatish; 

Yangi Konstitutsiyada qonunan maqsad qilib qo'yilgan ado-latli, demokratik, fuqarolik 
jamiyat haqida ilmiy-nazariy qoidalarni ishlab chiqish; 

O'zbekistonning kelajagiga ishonch va kishilarda yangi ijtimoiy-siyosiy dunyoqarashni 
shakllantirishni milliy g'oyaga asos bo'luvchi qarashlar deyish mumkin. Biroq, yuqorida 
keltirilganlar jamoat tashkilotlari, ilmiy muassasalar, ayrim siyosatshunoslarning milliy istiqlol 
mafkurasi xususidagi nuqtayi nazarlari va shaxsiy qa-rashlari edi, xolos. Hali asl ma'noda istiqlol 
mafkurasining nazariy jihatdan, uning amaliy tomonlari dastur shaklida, qo'llanma sifatida 
yetarlicha ochib berilmagan edi. 
Milliy istiqlol mafkurasining nazariy jihatlari Prezident LA. Karimovning, ayniqsa, keyingi 
yillardagi nutq va risolalarida atrof-licha yoritib berildi. Xususan, 1995-yil 24-fevralida O'zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasida «O`zbekistonning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy 
istiqbolining asosiy tamoyillari» mav-zuyida keng qamrovli ma'ruza qildi. 
Avvalo ushbu risola o'zining nazariy jihatdan puxta, rivojlani-shimizga doir amaliy taklif va 
mulohazalarga boy qo'llanmaliligi bilan xarakterlidir. Darhahiqat, kitobchada mustaqillik yillarida 
amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinadi, bugungi ijtimoiy siyosiy hayotga tav-sif beriladi, ichki va 
tashqi siyosatga doir vazifalar oydinlashtiriladi. Bir so'z bilan aytganda xalqimiz XXI asrga qanday 
o'tadi, degan sa-vollarga aniq javob beriladi. Shuning uchun ham ushbu nutq siyosiy hayot uchun 
dasturiy hujjat, amaliy faoliyat uchun qo'llanma bo'ldi. 
Bir so'z bilan aytganda ana shu sessiyada so'zlangan nutq bizning qariyb to'rt yil mobaynida 
to'plangan tajribalarimizni to'plab, davlat siyosatining taktika va strategiyasini aniq-ravshan belgilab 
berdi. Milliy istiqlol mafkurasining asl o'zagini, butun mazmun-mohiyatini, ko'lami va miqyosini 
ko'rsatib berdi. 
Mustaqillikning to'rt yilligi arafasida jamoatchilik yana bir sovg'a oldi. LA. Karimovning 
«O`zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo'lida» kitobi nashrdan chiqdi. Bir-biri bilan 
uz-viy bog'langan, bir-birini mantiqiy jihatdan davom ettiradigan ushbu monografiya «Iqtisodiy 
islohotlar birinchi bosqichining yakunlari va saboqlari» hamda «Iqtisodiy islohotlar ikkinchi 
bosqichining vazifa-lari va ustuvor yo'nalishlari» kabi qismlardan iborat. Mazkur asarda 
yo'naltirilgan barqaror bozor iqtisodiyotiga, ochiq tashqi siyosatga ega bo'lgan kuchli demokratik 
huquqiy davlatni va fuqarolik jamiya-tini barpo etishga, inson uchun munosib turmush va faoliyat 
sharoi-tini vujudga keltirish, jamiyatni ma'naviy-axloqiy jihatdan yangilash va taraqqiy ettirishning 
nazariy hamda amaliy negizlarini belgilab berish tamoyillari ishlab chiqildi. 
Asar o'zining hayotiy faoliyatini Vatanimizning mustaqilligini mustahkamlashga bag'ishlagan 
har bir fuqaroni: u olim bo'ladimi, ishchi-xizmatchi yoki dehqon bo'ladimi, o'z ishiga mas'uliyat 
bilan qarashga, o'z faoliyatini tahlil qilish, hayotiy saboqlar chiqarish ruhida tarbiyalaydi. 
Bugungi kunda ushbu kitob jahonning ko'p mamlakatlari-da nashr etildi, o'nlab tillarga tarjima 
qilindi. Uni dunyo xalqlari o'rganayotganligi asarning ilmiy qiymati naqadar yuksakligini ham 
nazariy, ham amaliy xulosalari qator mamlakatlar ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy otda yangi yo'nalish 
yuz berayotganini ko'rsatadi. 
 
Eng muhimi, aholining ong-u tafakkurida tub o'zgarishlar rO`y berdi, ularning uzoq yillar 
mobaynida kommunistik mafkura va sovet mafkurasi tamoyillari asosida shakllantirilgan fikrlash 
tarzi va dunyoqarashi, bir so'z bilan aytganda, odamlarning o'zi o'zgardi. 
Bugun yangicha fikrlaydigan, o'z kelajagini jamiyatda demokratik qadriyatlarni mustahkamlash 
bilan, mamlakatimizning kelajagini jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi bilan bog'liq holda 
ko'radigan yangi avlod vakillari hayotga kirib kelmoqda. 
Bu esa mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub siyosiy, iq-tisodiy, ma'naviy-ma'rifiy 
o'zgarishlarni ortga qaytarib bo'lmasligi, islohotlar muqarrarligining ishonchli kafolatidir. 
Xullas, Vatanimiz va xalqimiz tarixida muhim o'rin tutgan ush-bu davrda torn ma'noda tub 
o'zgarishlar amalga oshirildi, xalqaro munosabatlarning teng huquqli subyektiga aylangan, jahon 


- 74 - 
hamja-miyatida o'zining munosib va mustahkam o'rniga ega bo'lgan -O'zbekiston deb atalgan yangi 
demokratik davlat barpo etildi. Bugun ana shu mustahkam poydevor asosida mamlakatimizni jadal 
isloh etish va modernizatsiya qilishning yangi davri - milliy taraqqiyoti-mizning keyingi mantiqiy 
bosqichi izchil davom etmoqda. 

Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish