O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi guliston davlat universiteti tarix kafedrasi



Download 1,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/230
Sana02.02.2022
Hajmi1,83 Mb.
#425258
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   230
Bog'liq
ozbekistonning eng yangi tarixi

Beshinchidan, 
viloyatlardagi universitetlar vositasida dunyo-ning eng ilg'or, mashhur o'quv 
yurtlari bilan hamkorlik qilish im-koniyatlari paydo bo'ldi. Bu esa o'z navbatida dunyo tajribasini 
ha-yotga tezroq olib kirish, fan va texnikani yangi o'zanga burish, shu asosda mamlakat 
taraqqiyotini jadallashtirish imkonini berdi. 
Mamlakat shaharlarida oliy universal ta'limni joriy etishda ri-vojlangan davlatlar tajribasiga 
suyanib ish tutildi. Jumladan, Ame-rika Qo'shma Shtatlarining Kembrij shahridagi Garvard, 
Stenford, Priston, Buyuk Britaniyaning Oksford, Lid, Fransiyaning Strasburg, Lion, Dijon, Grenobl 
shaharlari nomi bilan ataluvchi universitetlari bu mamlakatlarning poytaxtlarida emas, turli 
viloyatlarida joylashgan bo'lishiga qaramasdan, o'zining yuksak malakali kadrlar tayyorlash va 
ilmiy salohiyatlari bilan jahonda nom qozongan. 
O'zbekiston mustaqillikka erishgandan so'ng yoshlarga hozirgi zamon eng ilg'or bilimlarini 
berish, ularni davr talabiga mos muta-xassis qilib tarbiyalashda izchil ishlar olib borila boshlandi. 
Mustaqillik yillarida iqtidorli talabalarni xorijda o'qitish ishlari yo'lga qo'yildi. Respublikaning 
xalqaro aloqalari kengayishi natijasida o'quvchilarga hukumatlararo bitimlar bo'yicha xorijiy 
mamlakatlar-ning nufuzli oliy o'quv yurtlarida bilim olish imkoniyati yaratildi. 
Har yili respublikada umumiy ta'lim maktablarining test si-novlaridan o'tgan 50 dan ziyod 
o'quvchisi AKSYLS yo'li bilan AQSHga o'qishga yuboriladigan bo'ldi. 
Yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashda talabalarning xorijda o'tadigan stajirovkalariga va 
qo'shma korxonalar, firmalar, au-ditorlik kompaniyalarida ishlab chiqarish praktikasidan o'tishlariga 
katta ahamiyat berilmoqda. Shu kunlarda mamlakatimizdan 700 nafar talaba xorijiy mamlakat o'quv 
yurtlarida iqtisodiy ixtisoslar bo'yicha o'qishmoqda. Bir necha ming talaba 3 oydan bir yilgacha 
xorijiy o'quv yurtlarida ta'lim olmoqda. 
Mustaqillik yillarida bozor iqtisodiyotiga o'tish mulkchilikning xususiy shakllari ishlab 
chiqarishini kengaytirish sharoitida o'rta hunar ta'limini yanada takomillashtirishni ham talab qila 
boshladi. Bu muammo, ayniqsa, qishloq joylarida muhim ahamiyat kasb et-moqda. Qishloqda 
kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga ko'maklashish, qishloq yoshlarini faol tadbirkorlik 
faoliyatiga jalb etish uchun 1995-yildan boshlab qishloq yerlarida joylashgan hunar-texnika bilim 
yurtlari va o'rta maxsus o'quv yurtlari faoliyatini tub-dan qayta isloh qilish amalga oshirildi. 


- 77 - 
Har bir viloyat va tumanlarda tadbirkorlik o'quv yurtlari, kasb lit-seylari, biznes maktablar 
kichik va o'rta biznes, fermerlik xo'jaliklari, aholiga xizmat ko'rsatish sohalari uchun kollejlar 
ochildi. 
Shu kunlarda 160 ta ana shunday hunar litseylari biznes-maktablari va 41 ta kollej faoliyat 
ko'rsatmoqda. Ularda 112,3 ming yigit-qiz o'qimoqda. Umuman mamlakatda xalq xo'jaligi talablari 
uchun 466 hunar-texnika bilim yurti kadr tayyorlab bera boshladi. 
Yana shuni aytish lozimki istiqlol yillarida O'zbekistonda umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirishga 
ham katta e'tibor berildi. 
Umumiy ta'lim uzluksiz davlat ta'limi tizimida asosiy bo'g'in bo'lib, ta'lim oluvchilarning ilmiy 
bilimlar olishini, mehnat ta'limi, boshlang'ich kasb-kor ko'nikmalari, ishbilarmonlik asoslarini egal-
lashlarini, shuningdek, o'z ijodiy qobiliyatlari va ma'naviy fazilatla-rini rivojlantirishlarini 
ta'minlaydi. 
Umumiy ta'lim «Ta'lim to'g'risida»gi Qonunning 9-bandiga muvofiq uch bosqichdan iborat: 

boshlang'ich ta'lim (I-IY sinflar); 

tayanch ta'lim (V-IX sinflar); 

o'rta ta'lim (X-XI-XII sinflar). 
Ta'lim haqidagi davlat siyosatining asosiy mohiyati tayanch ta'limining (to'qqiz yillik) 
majburiyligidir. 
Oliy Majlisning 1997-yil 29-avgust kuni bo'lib o'tgan IX sessiyasida O'zbekiston 
Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni yangi tahrirda qabul qilindi. Unga binoan ta'limning 
yangi tizimi joriy etildi. Jumladan, uning 10-moddasiga muvofiq O'zbekiston Respublikasida ta'lim 
quyidagi turlarda amalga oshi-riladi: 

maktabgacha ta'lim; 

umumiy o'rta ta'lim; 

o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi; 

oliy ta'lim; 

oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim; 

kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash; 

maktabdan tashqari ta'lim. 
Shuningdek, mazkur qonunning 12-moddasida umumiy o'rta ta'limning quyidagi bosqichlari 
ko'rsatilgan: 

boshlang'ich ta'lim (I-IV sinflar); 

umumiy o'rta ta'lim (I-IX sinflar). 
Xuddi shu sessiyada Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi ham qabul qilindi. 
1993-yil 1-yanvariga respublikada umumiy ta'lim maktablari-ning soni 8963 taga yetdi. 
Yangi o'quv dasturlari va darsliklarini ishlab chiqish ta'lim si-fatini oshirishda yagona mezon 
bo'ldi. Mamlakatda prinsip jihatdan yangi o'rta o'quv yurtlari - gimnaziyalar, ya'ni, ayrim fanlar 
chuqur o'rganiladigan maktablar tarmog'i tez rivojlandi. Masalan, 1991-yildagi 
Bozor iqtisodiyotiga o'tilayotgan hozirgi sharoitda ta'lim jara-yonining turli bosqichlariga 
mansub bilim maskanlari o'rtasidagi uzviy bog'liqlikni sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish 
dolzarb vazifalardan biridir. 
Mamlakat hukumatining qarori bilan umumta'lim maktablarini 2005-2009-yillar mobaynida 
qayta ta'mirlash, zamonaviy o'quv qu-rollari va fan laboratoriya bilan ta'minlash ishlari qizg'in 
bormoqda. 
Aytish mumkinki, dunyo davlatlari orasida O'zbekiston xalq ta'limiga budjet hisobidan mablag' 
ajratishda birinchi o'ririda turadi. Buni 2007-yil 26-fevralda e'lon qilingan O'zbekiston Respublikasi 
Prezidentining «Xalq ta'limi muassasalarini moliyalashtirish mexa-nizmini takomillashtirish 
to'g'risida»gi farmoni ham tasdiqlaydi. 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq prinsipial yangi 
tipdagi o'rta hunar o'quv muassasalari tarmog'i shakllandi. Zamonaviy o'quv-laboratoriya 
uskunalari bilan jihozlangan 533 ta kasb-hunar kolleji va 54 ta akademik litsey barpo etildi. 
Kollejlar va litseylarni qurish hamda jihozlash bo'yicha mamlakatimiz industri-yasi yaratildi. 


- 78 - 
Yangi ta'lim standartlari va o'quv dasturlari ishlab chiqildi. 
Bugungi kunda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi yosh avlod-ga uzluksiz ta'lim berish va uni 
tarbiyalash jarayonini yaxlit qam-rab oladigan yagona ta'lim majmui hisoblanadi. Bunda ta'lim ti-
zimining har bir bo'g'ini alohida o'rin va mas'uliyatga egadir. Dasturni to'liq amalga oshirish, 
qo'yilgan vazifalarga erishish ana shu bo'g'inlarning holati va rivojlanish darajasiga, ularning o'zaro 
uyg'unligiga bog'liqdir. 
Shu bilan birga, tahlillar shuni ko'rsatadiki, butun tizimning eng muhim boshlang'ich bosqichi 
bo'lgan maktab ta'limining ort-da qolayotgani yaxlit uzluksiz ta'lim zanjirida eng zaif bo'lib qol-
moqda. Buning asosiy sababi maktablar moddiy bazasining zaifligi bo'lib, ularning 40 foizga yaqini 
tipovoy bo'lmagan moslashtiril-gan binolarda joylashgan, jami 9727 ta maktabdan 684 tasi avariya 
holatidadir. Ko'pgina maktablar markazlashtirilgan isitish sistema-siga ega emas, ichimlik suvi va 
tabiiy gaz bilan ta'minlanmagan. O'quvchilarning 28 foizdan ко' prog'i ikki-uch smenada o'qitiladi. 
Maktablarning o'quv-laboratoriya uskunalari bilan jihozlanish da-raj asi 29 foizni, zamonaviy 
kompyuter texnikasi bilan ta'minlanishi esa 15 foizga yaqinni tashkil qiladi. Maktablarning faqat 
yarmigi-na sport zallariga ega, ularning sport uskunalari va anjomlari bilan jihozlanishi esa 23 
foizdan oshmaydi. Ayniqsa, qishloq joylardagi maktablarning moddiy bazasi qoniqarsiz ahvolda. 
O'qituvchilar, eng avvalo boshlang'ich sinf o'qituvchilarining mehnatini rag'batlantirish borasida 
tarkib topgan tizim maktab ta'limida hamon zaif bo'g'in bo'lib qolmoqda, bunda pedagoglar 
iste'dodi, kasb mahorati ularning mehnatiga haq to'lash chog'ida hali ham belgilovchi mezonga 
aylanmayapti. 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini muvaffaqiyatli amalga oshi-rishning muhim sharti sifatida 
maktab ta'limining orqada qolishiga barham berish hamda maktablarning moddiy-texnika bazasini 
mus-tahkamlash va uzluksiz ta'limning yagona tizimini shakllantirish bilan bog'liq mavjud jiddiy 
muammolarni bartaraf etish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 19-
fevraldagi F-1910-sonli Farmoyishi bilan tuzilgan Maxsus komissiya va ishchi guruhlar tomonidan 
respublika mintaqalaridagi barcha umumiy ta'lim maktablari to'liq ro'yxatdan o'tkazildi. Ularning 
moddiy-texnika bazasining hozirgi holati tanqidiy va batafsil o'rganib chiqildi. 
Shuningdek, farmonda 

Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish