O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi guliston davlat universiteti tarix kafedrasi


Milliy urf odatlar, qadriyatlar va an‟analarning tiklanishi



Download 1,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/230
Sana02.02.2022
Hajmi1,83 Mb.
#425258
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   230
Bog'liq
ozbekistonning eng yangi tarixi

 
3. Milliy urf odatlar, qadriyatlar va an‟analarning tiklanishi. 
 
Xalq turmush tarzi va ma'naviyatining tarkibiy qismini uning azaliy udumlari, odat, marosim 
va bayramlari tashkil qiladi. Shu bois mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ma'naviy tiklanish 
haqida gapirganda xalqning azaliy qadriyatlarini tiklash borasida olib borilgan ishlarni ham alohida 
ta'kidlash lozim. 
Bu borada avvalo 80-yillar oxiridagi ba'zi nomaqbul yo'l-yo'riqlarni ko'rsatib o'tish kerak. 1986-
yil yanvar-fevralda O'z-kompartiyaning XXI syezdi bo'ldi. Syezdda «din millatchilik va 


- 71 - 
shovinizmga har doim yo'l ochishini iqtisodiy, sotsial taraqqiyot-ga to'sqinlik qilishini, sotsialistik 
turmush tarzi, kommunistik ma'naviyatning qaror topishiga to'sqinlik qilishini har doim esda tutmoq 
кегак» - deb ko'rsatma berildi. Bunday yo'l-yo'riq 1986-yil oktabr oyida bo'lgan partiya Markaziy 
Komitetining III Plenumida yana bir bor ta'kidlandi. 
Ana shu ko'rsatmalarga amal qilinib, 1980-yillar o'rtalarida o'zbek xalqi azaldan sevib, ardoqlab 
kelgan urf-odatlar va ma-rosimlar, bayramlar cheklab qo'yildi, ba'zilarining o'rniga boshqa 
bayramlar va marosimlar to'qib chiqarildi. Natijada avvalla-ri nishonlanadigan «Hosil bayrami», 
«Qovun sayli», «Gul sayli» va boshqa xalq bayramlari unutib qo'yildi. «Navro'z» bayrami esa avval 
taqiqlandi, so'ng sun'iy tarzda «Navbahor» bayramiga aylantirildi. 
O'ylamay, xalq bilan maslahatlashmasdan qilingan bunday nojo'ya harakatlar xalqning dilini 
qattiq og'ritdi. Ana shunday bir paytda Respublika rahbarligiga kelgan LA. Karimov kishilarning 
ma'naviy boyishiga, milliy madaniyatlarning bir-biri bilan yaqinla-shuvi va o'zaro rivojlanishiga 
yordam beradigan xalq an'analari va bayramlarini tiklashga katta e'tibor berdi. 
Bu o'rinda xalqimizning azaliy qadriyati, sevimli bayrami hisob-lanmish «Navro'z» bayramini 
xalqimizga qaytib berilishi mamlakat tarixida katta voqea bo'ldi. 1991-yildan boshlab mamlakatda 
Prezident Farmoniga ko'ra, 21-mart - Navro'z umumxalq bayrami sifatida nishonlanadigan bo'ldi. 
Darhaqiqat avlodlarimiz Navro'zni juda muqaddas bilganlar, uni g'oyat qadrlaganlar. Shuning 
uchun ham bu shodiyona kunlar-da inson dilini og'ritish juda qattiq gunoh hisoblangan. Bir-birlarini 
muborak ayyom bilan qutlab, yaxshi tilaklar izhor etganlar. Gina-kuduratlar unutilgan, adovat 
o'rniga ezgulik tuyg'ulari jo'sh urgan. 
Ana shu el ardoqlagan, avloddan-avlodga o'tib kelgan azaliy an'ana yana hayotdan mustahkam 
joy ola boshladi. 
Navro'zni xalqning sevimli bayramiga aylanib ketishi ma'lum. Ushbu shodiyona - Navro'z 
kunlarida qadimda, hatto, urushlar ham to'xtatilgan, el-yurt osoyishta hayot kechirgan. Navro'z 
go'zallik va yaxshilik, mehr-oqibat, muruvvat bayrami sifatida qadrlangan. Bu qadimiy bayramni 
xalqimiz nihoyatda orziqib kutishining yana bir boisi shundaki, Navro'z rizq-ro'zimiz bo'lmish 
dehqon yilining boshlanishi hamdir. 
O'zbekistonning hamma joylarida har yili «Navro'z» tantana-larini har qachongidan ham shod-u 
xurramlik bilan kutib oladilar. Paxtakorlar-u chorvador, bog'bon-u sohibkorlar, sanoat, transport 
xodimlari, quruvchilar va ziyolilar Navro'z kayfiyati bilan astoy-dil mehnat qiladilar. Qadimiy xalq 
bayrami - Navro'zning tiklani-shini respublikamizning butun aholisi mamnuniyat bilan ma'qullab, 
ko'tarinki ruhda kutib oldi va hozir ham ardoqli bayram sifatida nishonlamoqda. 
«Navro'zning bayram qilinishi teran xalq an'analari, yerga va tabiatga ehtiyotkorlik bilan 
munosabatda bo'lish, dehqon mehnatini hurmat qilish, yaxshi qo'shnichilikka, mehr-muruvvatga va 
boshqa-larning dardiga malham bo'lishga intilishlari tiklanishning qudratli omili bo'lmoqda. Navro'z 
xalq bayramining insoniy va baynalmilal mohiyati ham ana shundadir», - deyiladi O'zbekiston 
Prezidentining «Navro'z xalq bayramini o'tkazish yakunlari to'g'risida»gi Farmo-nida. 
Har bir jamoa, muassasada nishonlanadigan bunday bayram-lar, kishilarda xalqimizning 
qadimiy an'analariga hurmat, mehnatga muhabbat hissini tarbiyalaydi. Bundan tashqari ma'naviy 
hayotdagi yana bir talay, aniqrog'i diniy bayramlar, hayit kunlarining respublikada umumxalq 
bayrami sifatida nishonlanishi uchun keng yo'l ochilgani ham ma'naviy poklanishning muhim 
ko'rinishidir. Sir emas, sho'ro tuzumi sharoitida «din-afyundir» degan kommunistik shior hukm 
surib keldi. Shu darajaga borildiki, dindorning ma'naviy huquqi cheklandi. Bunday bir 
tomonlamalik ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarida o'z ta'sirini ko'rsatdi. O'zbekiston 
mustaqillikka erishgandan so'nggi tarixiy o'zgarishlar bunday qarashlar asossiz ekanligini ko'rsatdi. 
Shu yillar mobaynida butun musulmon olami O'zbekistonda vijdon erkinligi, diniy ibodat uchun 
keng imkoniyat ochilganini tan oldilar. 
Yevropalik allomalardan biri «Nur - Sharqdandir», degan ekan. Buni har xil talqin etish 
mumkin. Birov uni quyoshning Sharqdan chiqishiga yo'ysa, boshqa birov majoziy ma'noda 
ezguliklar, damning yangilanishi, hayot taraqqiyoti, insoniyat tafakkuri Sharqdan, deb tushunadi. 
Bizning tasavvurimizcha, har ikki holatda ham Nur - Sharqdandir. 


- 72 - 
Sharqdan taralgan ilm-ma'rifat dunyoni munavvar etgani, insoniyat tarixida, odamzod taqdirida 
buyuk o'zgarishlarga sabab bo'lgani sir emas. Sharqning ajralmas qismi bo'lmish go'zal di-yorimiz 
xalqlari hayotida, ularning ong va tafakkuri shakllanishi-da dunyoviy ilmlar qatorida islom dinining 
alohida o'rni bor. Bu ilohiy ta'limot olamni anglash, dunyoviy tafakkur, tabiat va inson o'rtasidagi 
munosabatlarni idrok etish borasida beqiyos ahamiyatga ega. Butun jahon ahli diqqatini tortgan boy 
va rang-barang madaniy-ma'naviy merosimiz ikki qudratli to'lqin - dunyoviy ilmlar va diniy-falsafly 
tafakkurning o'zaro uyg'unlashib, yagona, barkamol qadri-yat peshvosining ma'naviy qiyofasi, 
siyosatdagi adolat mezoni, so'z va fikr erkinligi kabi murakkab ijtimoiy masalalar xususida ham 
benihoya hayotiy tajriba va saboqlar beradi. Shu bois ham bu o'lmas qadriyatlar bugungi yangi 
davlatchiligimiz qurilishida muhim aha-miyat kasb etmoqda. 
Agar biz bosib o'tilgan istiqlol yo'limizga bir nazar tashlaydigan bo'lsak, ozodlikning ilk 
onlaridan boshlaboq dinga munosabat, davlat va diniy tashkilotlar o'rtasidagi aloqalarni to'g'ri yo'lga 
qo'yishga alohida e'tibor qaratildi. Konstitutsiyaga ko'ra, O'zbekiston dunyoviy davlat, binobarin, 
mamlakatimizda din davlatdan ajratilgan. Ammo respublikamiz rahbariyati bu masalaga oqilona 
yondashib, din davlatdan ajratilgan bo'lsa-da, jamiyatdan ajratilmaganini, xususan, O'zbekiston 
singari qadimiy va barqaror diniy an'analarga ega mamlakatda bu borada g'oyat noziklik va 
ehtiyotkorlik bilan ish yuritish lozimligini o'z vaqtida to'g'ri anglab yetdi. 
Shuning uchun ham bugun ko'p millatli mamlakatimizda hech qaysi din vakillarining diniy 
nafsoniyatlarini kamsitmagan holda, ayni vaqtda diniy hissiyotlarni avj ham oldirmasdan, og'ir-
vazmin, uzoqni ko'zlangan siyosat amalga oshirilmoqda. 
Bu siyosat mohiyati ilk marta Prezidentning quyidagi fikrlarida aniq-ravshan belgilab berilgan 
edi: «Din odamzodni hech qachon iymon
 
yo'lga boshlamaydi. Bu dunyoning o'tkinchi ekanini 
ta'kidlab, odam bolasini hushyor bo'lishga, yaxshi bo'lishga, yaxshi iz qoldirishga undab turadi. 
Biz dinga bundan keyin ham barcha shart-sharoitlarni yaratib beramiz, diniy rasm-rusumlarga, 
bayramlarga, diniy tarbiya va ta'limga doimo jiddiy e'tibor beriladi. Ayni zamonda biz din 
peshvolariga, o'zimizga o'xshagan musulmon birodarlarimizga bir narsani takror va takror 
uqtirmoqchimiz: din o'z yo'li bilan, davlat o'z yo'li bilan. Diniy partiyalar tuzib, hokimiyat talashib 
yurishlar xudoga ham yoqmaydi. Islom dini insonlarni kamtarlikka, kamsuqumlikka undaydi. 
Musulmon farzandi kechirim-li bo'ladi. Musulmon farzandi birovni kofir, birovni xudojo'y deb 
toifalarga ajratmaydi... Sababi, bandasining ustidan ban-dasi emas, xudoning o'zi hukm chiqaradi. 
Shunday ekan, bir-birimizni behuda ayblab, men musulmon, sen kofir deb talashib yurishlar bizga 
to'g'ri kelmaydi. 
Hamma ahil, hamma pokiza bo'lib yashasin, kimning fazi-lati qancha, kimning gunohi qancha 
ekanini Yaratganning o'zi ajrim qilib beradi». 
Qachonki kishi o'zligini anglamasa, o'z vijdoni bilan yuzma-yuz turmasa, iymon va e'tiqod 
oldida hisob bermasa, qo'shnisi, mahalla-si, jamiyat, Vatan oldidagi mas'uliyatini his etmasa, 
bunday odam insonlik sharafiga munosib bo'lmaydi. 
Prezident I. Karimov siyosiy vaziyat nihoyatda qaltis va nozik bir paytda yuqorida 
eslatilganidek, nutq va ma'ruzalari bilan odam-larning nozik tuyg'ulariga ta'sir etdi, ularni uzoq 
yillik karaxtlik va g'aflatdan uyg'otdi, flkrlashga, o'z taqdiri va farzandlari istiqboli haqida 
qayg'urishga da'vat etdi. Bu bilan u, birinchidan, mamlakat aholisini ruhiy-ma'naviy poklanishiga 
imkon yaratdi. Ikkinchidan, mamlakatdagi tinchlik, osoyishtalik va barqarorlikka o'ziga xos za-min 
yaratdi. 

Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish