- 67 -
Ko'rilayotgan choralarga qaramay, respublikada istiqomat qila-yotgan turli millatga mansub
fuqarolarning barchasi o'zbek tilini tez va erkin o'zlashtirib olishni ta'minlaydigan zamonaviy
uslubi-yotlar, darsliklar va o'quv-ko'rgazmali qo'llanmalar sekinlik bilan yaratilayotgan edi.
Rusiyzabon maktablarda va auditoriyalarda ish-lash uchun maxsus tayyorlangan malakali
mutaxassislar - o'zbek tili o'qituvchilari ham yetarli emas edi.
Qonunning ayrim qoidalari qayta ko'rib chiqishni, tahrir qilishni talab qilardi. Xususan, 4-
modda davlat hokimiyati va boshqaruvning barcha xodimlaridan o'z xizmat vazifalarini bajarish
uchun yetarli darajada davlat tilini bilishni taqozo etadi. Bu borada yoshiga yoki ish stajiga ko'ra
hech qanaqa istisno nazarda tutilmagan. Amaliyot shuni ko'rsatdiki, bu talabni rus tilida o'qigan va
uzoq yillar shu tilda kasb-kor bilan shug'ullangan yuzlab va minglab keksaygan malakali
mutaxassislar bajarishga qodir emas edi. Ularga jamiyat ravnaqi yo'lida xotirjam ishlash va o'z
imkoniyatlaridan loaqal pen-siya yoshiga yetgunga qadar samarali foydalanishlari uchun imko-niyat
berish maqsadga muvofiq bo'lib qoldi. Davlat tilini o'rganish bo'yicha barcha harakatlarni 5-10
yilda davr talabiga mos yangi mutaxassislar tayyorlaydigan maktablar, texnikumlar, oliy o'quv
yurtla-riga qaratish lozim bo'lib qoldi.
Hamma joyda Davlat tili va yangi alifboga o'tish asosli o'quv-uslubiy negizni yaratishni taqozo
etardi. Pedagogika oliy o'quv yurt-lari va universitetlarida o'zga tilda so'zlashuvchilar o'qiydigan
maktablar uchun o'zbek tili o'qituvchilari tayyorlash bo'yicha maxsus fakultetlar va bo'limlar ochish,
ilmiy-uslubiy tadqiqotlarni kengay-tirish va chuqurlashtirish, yangi darsliklar va qo'llanmalarni
nashr etish lozim edi.
Ushbu bay on qilingan takliflarni ro'yobga chiqarish til isloho-ti uchun mustahkam, o'zaro
uyg'unlikdagi qonuniy asosni vujudga keltiradi. Taklif etilayotgan tadbirlar hamma yerda ancha
uyushqoq-lik bilan, ortiqcha xarajatlarsiz davlat tiliga o'tish imkonini beradi. O'zbekistonda ba'zi
mamlakatlardagidan farqli o'laroq, tilga yoki boshqa belgilariga doir biron bir cheklash yoki senzlar
belgilanishi istisno etiladi. Bu xalqimiz ko'z qorachig'idek ardoqlayotgan barqarorlikni, fuqarolar
tinchligini va millatlararo totuvlikni yanada mustahkamlashga ko'maklashishini hisobga olib
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 22-dekabrdagi sessiyasida «O`zbekiston
Respublikasining davlat tili haqida»gi Qonun yangi tahrirda qabul qilindi.
Bu ham mamlakatimizda aholining ma'naviy barkamolligi uchun xizmat qiluvchi bir omil
sifatida ahamiyatga ega bo'ldi.
Prezident I. Karimovning 2008-yili nashr etilgan «Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch» nomli
kitobi esa mustaqillik yillarida shakllangan milliy g'oya asosida yuksak ma'naviyatni, barkamol ja-
miyatni barpo etish borasidagi tarixiy tajribalarning yakuni, bu soha-dagi strategik
maqsadlarimizning o'ziga xos konsepsiyasi vazifasini bajarmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: