O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi guliston davlat universiteti tarix kafedrasi



Download 1,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/230
Sana02.02.2022
Hajmi1,83 Mb.
#425258
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   230
Bog'liq
ozbekistonning eng yangi tarixi

Reja: 
1.
 
O„zbekiston tarixi fani, predmeti, obyekti, uning maqsadi va vazifalari. 
2.
 
O„zbekiston tarixi fanining nazariy-metodologik asoslari 
3.
 
O„zbekiston tarixini davrlashtirish. 
4.
 
Tarixiy manbalar va ularning turlari, ahamiyati. 
5.
 
O„zbekiston tarixi fanining komil inson tarbiyasidagi o„rni va roli. 
Asosiy qism 
Kishilik jamiyati qaror topganidan odamzod avlod-ajdodlari kimligini, qanday hayot 
kechirganligini, nasl-nasabini, o‗zi tug‗ilib voyaga yetgan zaminni, Vatanining o‗tmish tarixini 
bilishni istaydi. 
Mustaqillikka erishganimizdan keyin xalqimizning o‗z yurti, tili, dini, madaniyati, 
qadriyatlari, urf-odatlari tarixini bilishga, o‗zligini anglashga qiziqishi ortib bormoqda. Har qaysi 
mamlakat, har bir xalqning o‗ziga xos bo‗lgan uzoq va betakror tarixi boigani kabi ona Vatanimiz 
O‗zbekistonning ham, o‗zbek xalqining ham boy va sermazmun tarixi mavjuddir. qadim o‗tmishda 
Turon, Turkiston, Movarounnahr deb atalgan ona zaminimiz turli tarixiy yozma va arxeologik 
manbalarga ko‗ra Xitoy, Hindiston, Eron, Misr, Rim kabi qadimiy va buyuk mamlakatlar qatori 
dunyoga mashhurdir. Vatanimiz jahon tarixining turli xalqlar, sivilizatsiyalar tutashgan eng 
to‗lqinli, shiddatli chorrahalardan biri bo‗lib, bu zaminda mahalliy aholining fors, hind, xitoy, 
yunon, arab, rus xalqlari bilan ma‘lum darajada aralashuvi sodir bo‗lib, ularning madaniyati, tili, 
dini, fani, san‘ati, turmush tarzi bir-biri bilan uyg‗unlashib ketgan. 
Bugungi kunga kelib Vatanimiz O‗zbekiston nafaqat sharq, balki umumjahon sivilizatsiyasi 
beshiklaridan biri bo‗lganligini butun jahon tan olmoqda. Tariximiz ildizlari necha-necha ming 
yilliklarga borib taqaladi. O‗zbek xalqining boy va qadimiy davlatchilik tajribasi bo‗lib, hozirgi 
O‗zbekiston hududida ilk mustaqil davlat tuzilmalari, miloddan avvalgi birinchi ming yillik 
boshlaridayoq paydo bo‗lib, qariyb 3 ming yil mobaynida takomillashib borgan va Dunyo 
davlatchiligi ravnaqiga eng yuksak darajaga ko‗tarilganligi butun dunyoga ma‘lumdir. Bundan 
qadimiy va tabarruk tuproqdan buyuk allomalar, fuzalolar, olimu-ulamolar, siyosatchilar, 
sarkardalar yetishib chiqqan. Diniy va dunyoviy ilmlarning asoslari mana shu zaminda yaratilgan, 
sayqal topgan. 
Eramizgacha va undan keyingi asrlarda qurilgan murakkab suv inshootlari, shu kungacha 
ko‗rku-fayzini, mahobatini yo‗qotmagan asori-atiqalarimiz qadim-qadimdan yurtimizda 
dehqonchilik, hunarmandchilik madaniyati, me‘morchilik va shaharsozlik yuksak bo‗lganligidan 
dalolat beradi.Beshafqat davr sinovlaridan omon qolgan, eng qadimgi tosh yozuvlar, bitiklardan 


- 5 - 
tortib, bugungi kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan 20 mingdan ortiq qo‗lyozma, ularda 
mujassam tarix, adabiyot, san‘at, ahloq, falsafa, tibbiyot, matematika, fizika, kimyo, astronomiya, 
me‘morchilik, dehqonchilikka oid o‗n minglab asarlar bizning beqiyos ma‘naviy boyligimiz 
iftixorimizdir. 
Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Toshkent kabi ko‗hna shaharlarimiz bugungi kunda 
jahon miqyosidagi ziyoratgohlarga aylangan. Muqaddas zaminimiz orqali o‗tgan ―Buyuk Ipak yoii‖ 
Sharq va G‗arbdagi mamlakatlar va xalqlami bir-biri bilan bog‗lab, ularning madaniy, iqtisodiy 
hamkorligiga xizmat qilgan. 
Ana shunday qadimiy va buyuk mamlakat tarixini, tabarruk zaminimizda necha ming yillar 
mobaynida yashab, kurashib ijod qilib kelayotgan xalqimiz o‗tmishini ―O‗zbekiston tarixi‖ fani 
o‗rganadi. ―O‗zbekiston tarixi‖ predmeti xalqimizning eng qadimgi davrlardan to hozirgi 
kunlargacha bosib o‗tgan uzoq va murakkab tarixiy yo‗lini, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy va 
ma‘naviy hayotini holisona o‗rganishni o‗z oldiga maqsad qilib qo‗ygan. 
Vatanimiz tarixi o‗zbeklarning xalq, millat bo‗lib shakllanish jarayoni, ajdodlarimiz qoldirgan 
boy ma‘naviy merosi, davlatlarning tashkil topishi, ularning ichki va tashqi siyosatini o‗rganadi. 
―O‗zbekiston tarixi‖ fanining dolzarb muommolari, yechimini kutayotgan talaygina masalalari 
mavjud bo‗lib, jumladan Vatanimiz hududida eng qadimgi davrlardan boshlab yashayotgan aholi va 
ularning joylashuvi, bu aholining qo‗shni qabilalar bilan turlicha munasabatlari, Amudaryo va 
Sirdaryo oralig‗ida yashagan qadimiy mahalliy aholi bizning ajdodlarimiz ekanligini asoslash va 
tadqiq etish shular jumlasidandir. 
O‗zbekiston tarixini o‗rganishda manbalar alohida ahamiyatga molikdir. Bular moddiy va 
yozma manbalardir. Tariximizning eng qadimgi davrlarini o‗rganishda arxeologik, antropologik va 
etnografik manbalarga suyaniladi. Bu manbalar turli ko‗rinishlarda bo‗lib, ularga qadimgi 
ajdodlarimiz yashagan manzilgohlar, shahar xarobalari, mozor-qo‗rg‗onlar qoldiqlari, kundalik 
turmush va xo‗jalikda ishlatiladigan buyumlar, mehnat, jangovor qurollar, turli-tuman ashyolar 
kiradi. 

Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish