1. Ta’lim tizimidagi islohatlar: “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ning qabul qilinishi.
Ma'lumki ta'lim mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy, g'oyaviy-madaniy hayotining muhim
tarmog'idir. Ta'lim asoslari O'zbekistonda uning Konstitutsiyasi va «Та`lim to'g'risida»gi Qonun
bilan kafolatlangan.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 2-iyul-dagi qaroriga asosan «Та'Нт
to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasining Qonuni amalga kirdi.
Ta'lim sohasidagi mazkur qonunda respublikada ta'limning jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy,
ma'naviy-madaniy rivojlantirish-ning ustuvor sohasi ekanligi e'tirof etilgani holda ta'lim sohasida
davlat siyosatining asosiy tamoyillari, ta'lim tizimi va boshqaru-vi tartibi, ta'lim-tarbiya
xodimlarining haq-huquqlari, vazifalari, mas'uliyatlari, maqsadlari belgilab berildi.
Xalq ta'limi xodimlari hayotida muhim ahamiyatga molik ushbu qonun xalq ta'limi sohasini
barcha yo'nalishlarda takomillashtirish, rivojlantirish ishlariga katta yo'l ochdi.
Oliy o'quv yurtlari mamlakat ta'lim tizimida yetakchi bo'g'indir. Chunki oliy maktab
O'zbekiston mustaqilligini mustahkamlovchi milliy boylikning o'sishiga imkon yaratuvchi, kuchli,
qat'iyatli mu-taxassislar shu bo'g'inda tayyorlanadi.
Ma'lumki, sho'rolar hukumati davrida hukmron tuzum o'zining jahonda eng insoniy, eng odil va
eng demokratik, eng savodxon jamiyat barpo etgani bilan maqtanib, butun jahonga jar solar edi.
«Dunyodagi eng o'qimishli mamlakat», «oliy ma'lumotli mutaxas-sislar soniga ko'ra jahondagi
birinchi davlat» degan soxta ta'riflar rasmiy va maqtanchoq mafkura orqali keng tashviq qilinardi.
Sirtdan qaraganda, haqiqatan ham manzara shunday edi. Sobiq SSSRda yuzlab universitet va
institutlar, oliy va o'rta maxsus bilim yurtlari, minglab ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyat
ko'rsatardi. Lekin ular, son va miqdor jihatidan ko'p bo'lgani bilan jahoniy an-dozalar darajasida
emas edi. Buning asosiy sabablaridan biri kom-munistik jamiyatda hamma narsa, jumladan, ilm-
fan, maktab-maorif tizimining ham o'sha yolg'on va o'lik g'oyalarga qurbon qilinganida edi. Sovet
Ittifoqini tanazzulga olib kelgan sabablardan biri ham shunda ekani shubhasiz.
Shuning uchun O'zbekiston o'z mustaqilligini qo'lga kiritgach, ijtimoiy hayotning barcha
jabhalari singari ta'lim sohasini ham tub-dan isloh qilish vazifasi jamiyat oldida ko'ndalang bo'ldi.
Chunki sho'ro hukumati boshqa sohalar singari milliy kadrlar tayyorlash masalasida ham
riyokorona siyosat olib borardi. Eng nufuzli, jahon mezonlariga javob beradigan mutaxassislar
yetishtiradigan o'quv muassasalari aksariyat Markazda - Rossiyada joylashgan bo'lib, it-tifoqdosh
respublikalar, xususan O'rta Osiyo mintaqasidan bu dar-gohlarga sanoqli vakillargina qabul qilinar,
bunday imkoniyat che-garalangan edi. Natijada milliy respublikalarda noyob ixtisosga ega
mutaxassislar yetishmaydi, degan muammo sun'iy ravishda vujudga keltirilib, bu yurtlarga ming-
minglab «o'z odamlari» jo'natilar edi.
Shu bois istiqlolning dastlabki kunlaridanoq xalq ta'limi tizimini jadal isloh qilishga kirishildi.
Bir qator o'quv yurtlarining maqomi, dasturlari va ta'lim uslublari butunlay o'zgartirildi. Eng
zamonaviy, shu paytgacha bo'lmagan eng zarur ixtisosliklar bo'yicha alohida universitet va
institutlar, jumladan, Mudofaa vazirligi qoshida Harbiy akademiya, Ichki ishlar vazirligi qoshida
Ichki ishlar akademiya-si, Bank-moliya akademiyasi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti,
Toshkent aviatsiya instituti, Navoiy tog'-konchilik instituti kabi o'nlab yangi o'quv muassasalari
tashkil etildi.
Viloyatlarda ham yangidan-yangi o'quv yurtlari ochildi. Prezident I. Karimovning 1992-yil 28-
fevral Farmoni bilan 8 viloyat pedagogika institutlariga universitet maqomi berildi. Bu respubli-ka
hukumatining izchil madaniy-ma'rifiy siyosatining yana bir da-lili bo'ldi. Bunday yangilanishdan
ko'zda tutilgan maqsad
Do'stlaringiz bilan baham: |