O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti tarix kafedrasi


 Sanoat, avtomobilsozlik sohasini rivojlanishi



Download 2,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/236
Sana01.01.2022
Hajmi2,34 Mb.
#303469
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   236
Bog'liq
2 5215708310308653353 (1)

 
3. Sanoat, avtomobilsozlik sohasini rivojlanishi.  
 
O'zbekiston o'z suverenitetini qo'lga kiritgandan so'ng, o'z ri-vojlanish yo'lini belgilar ekan, 
oson  yo'l  qidirmadi.  O'tish  davrining  murakkabliklariga  qaramasdan  ulkan-ulkan  inshootlar, 
zamonaviy ishlab chiqarish obyektlari yaratishga kirishdi. 
Bu  borada,  birgina  Andijon  viloyatining  Asaka  shahrida  zamonaviy  mashinasozlik  sanoati 
obyektining  vujudga  kelishini  misol  keltirish  kifoyadir.  O'zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  LA. 
Karimov  1992-yil  iyun  oyida  Janubiy  Koreya  Respublikasiga  qilgan  ras-miy  tashrifi  chog'ida  ikki 
davlat  o'rtasida  o'zaro  iqtisodiy  hamkor-likni  rivojlantirish  to'g'risidagi  dastlabki  hujjatlarni 
imzoladi.  Shu  yilning  avgust  oyida  esa  Janubiy  Koreya  Respublikasi  bilan  hamkor-likda 
O'zbekistonda avtomobil ishlab chiqaruvchi qo'shma korxona barpo etish to'g'risida kelishib olindi. 
Korxonani  tashkil  etish  yuzasidan  O'zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  1992-yil  5-
noyabrda  «Selxozmash»  konserni  va  «DEU  кофогеузпп»  korporatsiyasi  bilan  hamkorlikda 
avtomobillar  ishlab  chiqaruvchi  «O`zDEUavto»  qo'shma  korxonasini  tashkil  qilish  to'g'risida 


- 48 - 
 
maxsus  qaror  qabul  qildi.  Unda  «Selxozmash»  kon-serniga  3  oy  muddat  ichida  respublikada 
avtomobilsozlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan konsepsiya ishlab chiqish vazifasi topshi-rildi. 
O'zbekiston  Respublikasi  va  Koreya  Respublikasi  hamkorligi-da  barpo  etiladigan  ushbu 
qo'shma  korxona  ta'sischilari  etib  Koreya  Respublikasi  tomonidan  «DEU»  korporatsiyasi, 
O'zbekiston  Respublikasi  tomonidan  esa  «O`zavtosanoat»  uyushmasi  belgilandi  va  O'zbekistonda 
barpo  qilinayotgan  avtomobil  ishlab  chiqaruvchi  korxonani  «O`zDEUavto»  nomi  bilan  yuritishga 
kelishildi.  Shartno-maga  ko'ra  har  ikki  tarafning  qo'shma  korxonadagi  ulushi  miqdori  «DEU» 
кофога181уа81 uchun 50%, 100 million AQSH dollari va «O`zavtosanoat» uyushmasi uchun 50%, 
100 million AQSH dollari hisobida belgilandi. 
Bir  qarashda  O'zbekiston  mashinasozligi  ma'lum  bir  bosqich-ni  bosib  o'tgan,  o'z  tarixiga  ega 
bo'lgan  sohalardan  biri.  Sobiq  sho'rolar  davrida  o'lkamizda  qishloq  xo'jaligi  mashinalari  ishlab 
chiqaradigan  «Tashselmash»,  «O`zbekselmash»,  Toshkent  traktor  zavodi,  Ekskavator  zavodi, 
«Chirchiqselmash»  hamda  Andijon  va  boshqa  viloyatlarda  turli  rusumdagi  traktorlar  ishlab 
chiqarilar  edi.  Biroq,  aslida  ular  torn  ma'nodagi  ishlab  chiqarish  quvvatiga  va  im-koniyatiga  ega 
emas edi. 
Yuqorida  ta'kidlanganidek  haqiqiy  o'zbek  mashinasozligi  mustaqillik  mahsuli  bo'lib,  u  1993-
yilning  mart  oyida  «O`zDEUavto»  nomi  bilan  ro'yxatdan  o'tkazilib,  Andijon  viloyatining  Asaka 
shah-ridagi pritseplar ishlab chiqarish korxonasi negizida tashkil qi-linishi hamda bu muhim inshoot 
qurilishining boshlanishi bilan O'zbekistonda avtomobilsozlik sanoatiga asos solindi. 
Qo'shma  korxonaning  umumiy  maydoni  476  ming  266  kvadrat  metr  bo'lib,  shundan  bino  va 
inshootlar  uchun  ajratilgani  146  ming  266  kvadrat  metrni  tashkil  qiladi.  Qurilish  1993-yilning 
fevralidan boshlab 32 oy mobaynida oxiriga yetkazildi. 
Loyiha  ishlari  asosan  «DEU  injeniring»  va  «Uztyajprom»  firma-lari  tomonidan  amalga 
oshirildi. O'zining ko'lami jihatidan nafaqat O'zbekistonda balki, Markaziy Osiyoda yagona bo'lgan 
mazkur kor-xonadir. 
Loyiha  quvvatiga  ko'ra  yiliga  200  ming  avtomobil  ishlab  chi-qara  oladigan  bu  ulkan 
inshootning umumiy qiymati 658 million AQSH dollarini tashkil etadi. 
Avtomobilsozlikda  ko'p  jihatdan  yangi  bo'lgan  ilg'or  texnolo-giyalar  qo'llanilgan  ushbu 
korxonada  ishlaydigan  ishchi,  muhandis  kadrlar  tayyorlash  ishlariga  qo'shma  korxonaga  asos 
solingandan boshlab katta e'tibor berildi. 
Korxona  sexlarida  mehnat  qilayotgan  yoshlarning  1000  dan  ko'prog'i  Janubiy  Koreya 
Respublikasida  -  «DEU»  kompaniyasi  avtomobil  ishlab  chiqarish  korxonalarida  ishlab  tajriba 
orttirib  qay-tishdi,  keyinroq  yana  2000  kishi  o'z  malakalarini  oshirish  uchun  Janubiy  Koreyadagi 
«DEU» kompaniyasining avtomobilsozlik za-vodlariga yuborildilar. 
Qo'shma korxonada bajarilgan qurilish  ishlari asosan Andijon, Farg'ona va Namangan viloyati 
qurilish tashkilotlari tomonidan amalga oshirildi. 
1996-yil  19-iyulda  ushbu  qo'shma  korxonaning  ishga  tushuri-lishiga  bag'ishlangan  tantanali 
yig'ilish  bo'ldi.  Unda  nutq  so'zlar  ekan,  Prezident  I.  Karimov  «Asaka  shahrida  ikki  yil  ichida 
bunyod  etilgan,  1996-yilning  mart  oyida  «Damas»  mashinasi,  iyun  oyida  «Tiko»,  iyul  oyida  esa 
«Neksiya»  ishlab  chiqargan  «O`zDEUavto»  istiqlol  yillarida  bunyod  etilgan  qudratli  korxona 
bo'lish bilan birga O'zbekistonning eng ilg'or davlatlar qatoriga kirish uchun qo'ygan dadil qadam» 
ekanligini alohida uqtirdi. 
Korxona  aytish  mumkinki  ko'plarni  hayratga  solib  havaslan-tirayotgan  «Tiko»,  «Damas», 
«Matiz»,  «Neksiya»,  «Lasetti»larni  xalqimizga  yetkazib  berishdan  tashqari  butun  mamlakatni  eng 
ilg'or, jahon andozalariga to'la javob beradigan avtomobillar bilan ta'minladi. 
Korxonaning  ishlab  chiqarish  quvvatlari  yildan  yilga  o'sib  bor-di.  2006-yilga  kelib  korxona 
571580 ta avtomobil ishlab chiqardi, uning 198609 tasi xorijga eksport qilindi. 
2008-yilga  kelib  mamlakatimizda  «O`zDEUavto»ga  butlovchi  qismlar  yetkazib  beruvchi 
Andijon  mexanika  zavodi,  Baliqchidagi  «A.Navoiy  interneshinl»  «And  Polik»  singari  o'nlab 
korxonalarda xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. 


- 49 - 
 
Shunday  qilib,  Asakada  «O`zDEUavto»  qo'shma  korxonasining  ishga  tushishi  O'zbekistonda 
tayyor  mahsulotlar  ishlab  chiqarish-ni,  respublika  industriyasining  qudrati  muttasil  ortib 
borayotganini ko'rsatuvchi muhim dalildir. 
Shu  bois  bir  haqiqatni  alohida  ta'kidlash  joiz.  Jahon  mamlakatlari  tarixi  guvohlik  berayaptiki, 
dunyodagi  eng  kuchli  mamlakatlar-gina  avtomobil  industrasiyasiga  ega.  Ular  asosan,  AQSH, 
g'arbiy  Yevropa,  Yaponiya,  Rossiya  va  Janubiy  Osiyodagi  mamlakatlardan  iborat  28  tani  tashkil 
etadi. 
Avtomobil industriyasi bozoriga kirish va undagi kuchli raqo-batga bardosh berish o'ta mushkul 
ish  bo'layotganligi uchun  ham  iqtisodiy  va  moliyaviy  baquvvat mamlakatlar ham  bu biznesga kira 
olmayaptilar.  O'zbekiston  esa  kuchli  raqobatchilari  bo'lgan  avtomobil  bozoriga  sobiq  SSSR 
tarkibidagi respublikalar orasida birinchi bo'lib kirib bordi. 
Bunday  yutuqqa  O'zbekiston  osonlikcha  erishmadi.  Unga  eri-shish  uchun  esa  quyidagi 
masalalarga jiddiy e'tibor berildi: 

Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish