O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti tarix kafedrasi


 Milliy urf odatlar, qadriyatlar va an’analarning tiklanishi



Download 2,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/236
Sana01.01.2022
Hajmi2,34 Mb.
#303469
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   236
Bog'liq
2 5215708310308653353 (1)

 
3. Milliy urf odatlar, qadriyatlar va an’analarning tiklanishi. 
 
Xalq turmush tarzi va ma'naviyatining tarkibiy qismini uning azaliy udumlari, odat, marosim 
va  bayramlari  tashkil  qiladi.  Shu  bois  mustaqillik  yillarida  amalga  oshirilgan  ma'naviy  tiklanish 
haqida gapirganda xalqning azaliy qadriyatlarini tiklash borasida olib borilgan ishlarni ham alohida 
ta'kidlash lozim. 
Bu borada avvalo 80-yillar oxiridagi ba'zi nomaqbul yo'l-yo'riqlarni ko'rsatib o'tish kerak. 1986-
yil  yanvar-fevralda  O'z-kompartiyaning  XXI  syezdi  bo'ldi.  Syezdda  «din  millatchilik  va 


- 71 - 
 
shovinizmga  har  doim  yo'l  ochishini  iqtisodiy,  sotsial  taraqqiyot-ga to'sqinlik  qilishini,  sotsialistik 
turmush tarzi, kommunistik ma'naviyatning qaror topishiga to'sqinlik qilishini har doim esda tutmoq 
кегак» - deb ko'rsatma berildi. Bunday yo'l-yo'riq 1986-yil oktabr oyida bo'lgan partiya Markaziy 
Komitetining III Plenumida yana bir bor ta'kidlandi. 
Ana shu ko'rsatmalarga amal qilinib, 1980-yillar o'rtalarida o'zbek xalqi azaldan sevib, ardoqlab 
kelgan  urf-odatlar  va  ma-rosimlar,  bayramlar  cheklab  qo'yildi,  ba'zilarining  o'rniga  boshqa 
bayramlar  va  marosimlar  to'qib  chiqarildi.  Natijada  avvalla-ri  nishonlanadigan  «Hosil  bayrami», 
«Qovun sayli», «Gul sayli» va boshqa xalq bayramlari unutib qo'yildi. «Navro'z» bayrami esa avval 
taqiqlandi, so'ng sun'iy tarzda «Navbahor» bayramiga aylantirildi. 
O'ylamay,  xalq  bilan  maslahatlashmasdan  qilingan  bunday  nojo'ya  harakatlar  xalqning  dilini 
qattiq  og'ritdi.  Ana  shunday  bir  paytda  Respublika  rahbarligiga  kelgan  LA.  Karimov  kishilarning 
ma'naviy  boyishiga,  milliy  madaniyatlarning  bir-biri  bilan  yaqinla-shuvi  va  o'zaro  rivojlanishiga 
yordam beradigan xalq an'analari va bayramlarini tiklashga katta e'tibor berdi. 
Bu  o'rinda  xalqimizning  azaliy  qadriyati,  sevimli  bayrami  hisob-lanmish  «Navro'z»  bayramini 
xalqimizga qaytib  berilishi  mamlakat tarixida katta voqea bo'ldi. 1991-yildan boshlab  mamlakatda 
Prezident Farmoniga ko'ra, 21-mart - Navro'z umumxalq bayrami sifatida nishonlanadigan bo'ldi. 
Darhaqiqat  avlodlarimiz  Navro'zni  juda  muqaddas  bilganlar,  uni  g'oyat  qadrlaganlar.  Shuning 
uchun ham bu shodiyona kunlar-da inson dilini og'ritish juda qattiq gunoh hisoblangan. Bir-birlarini 
muborak  ayyom  bilan  qutlab,  yaxshi  tilaklar  izhor  etganlar.  Gina-kuduratlar  unutilgan,  adovat 
o'rniga ezgulik tuyg'ulari jo'sh urgan. 
Ana shu el ardoqlagan, avloddan-avlodga o'tib kelgan azaliy an'ana yana hayotdan mustahkam 
joy ola boshladi. 
Navro'zni  xalqning  sevimli  bayramiga  aylanib  ketishi  ma'lum.  Ushbu  shodiyona  -  Navro'z 
kunlarida  qadimda,  hatto,  urushlar  ham  to'xtatilgan,  el-yurt  osoyishta  hayot  kechirgan.  Navro'z 
go'zallik  va  yaxshilik,  mehr-oqibat,  muruvvat  bayrami  sifatida  qadrlangan.  Bu  qadimiy  bayramni 
xalqimiz  nihoyatda  orziqib  kutishining  yana  bir  boisi  shundaki,  Navro'z  rizq-ro'zimiz  bo'lmish 
dehqon yilining boshlanishi hamdir. 
O'zbekistonning hamma joylarida har yili «Navro'z» tantana-larini har qachongidan ham shod-u 
xurramlik  bilan  kutib  oladilar.  Paxtakorlar-u  chorvador,  bog'bon-u  sohibkorlar,  sanoat,  transport 
xodimlari, quruvchilar va ziyolilar Navro'z kayfiyati bilan astoy-dil mehnat qiladilar. Qadimiy xalq 
bayrami  -  Navro'zning  tiklani-shini  respublikamizning  butun  aholisi  mamnuniyat  bilan  ma'qullab, 
ko'tarinki ruhda kutib oldi va hozir ham ardoqli bayram sifatida nishonlamoqda. 
«Navro'zning  bayram  qilinishi  teran  xalq  an'analari,  yerga  va  tabiatga  ehtiyotkorlik  bilan 
munosabatda bo'lish, dehqon mehnatini hurmat qilish, yaxshi qo'shnichilikka, mehr-muruvvatga va 
boshqa-larning dardiga malham bo'lishga intilishlari tiklanishning qudratli omili bo'lmoqda. Navro'z 
xalq  bayramining  insoniy  va  baynalmilal  mohiyati  ham  ana  shundadir»,  -  deyiladi  O'zbekiston 
Prezidentining «Navro'z xalq bayramini o'tkazish yakunlari to'g'risida»gi Farmo-nida. 
Har  bir  jamoa,  muassasada  nishonlanadigan  bunday  bayram-lar,  kishilarda  xalqimizning 
qadimiy  an'analariga  hurmat,  mehnatga  muhabbat  hissini  tarbiyalaydi.  Bundan  tashqari  ma'naviy 
hayotdagi  yana  bir  talay,  aniqrog'i  diniy  bayramlar,  hayit  kunlarining  respublikada  umumxalq 
bayrami  sifatida  nishonlanishi  uchun  keng  yo'l  ochilgani  ham  ma'naviy  poklanishning  muhim 
ko'rinishidir.  Sir  emas,  sho'ro  tuzumi  sharoitida  «din-afyundir»  degan  kommunistik  shior  hukm 
surib  keldi.  Shu  darajaga  borildiki,  dindorning  ma'naviy  huquqi  cheklandi.  Bunday  bir 
tomonlamalik  ijtimoiy  hayotimizning  barcha  sohalarida  o'z  ta'sirini  ko'rsatdi.  O'zbekiston 
mustaqillikka erishgandan so'nggi tarixiy o'zgarishlar bunday qarashlar asossiz ekanligini ko'rsatdi. 
Shu  yillar  mobaynida  butun  musulmon  olami  O'zbekistonda  vijdon  erkinligi,  diniy  ibodat  uchun 
keng imkoniyat ochilganini tan oldilar. 
Yevropalik  allomalardan  biri  «Nur  -  Sharqdandir»,  degan  ekan.  Buni  har  xil  talqin  etish 
mumkin.  Birov  uni  quyoshning  Sharqdan  chiqishiga  yo'ysa,  boshqa  birov  majoziy  ma'noda 
ezguliklar, damning yangilanishi, hayot taraqqiyoti, insoniyat tafakkuri Sharqdan, deb tushunadi. 
Bizning tasavvurimizcha, har ikki holatda ham Nur - Sharqdandir. 


- 72 - 
 
Sharqdan taralgan ilm-ma'rifat dunyoni munavvar etgani, insoniyat tarixida, odamzod taqdirida 
buyuk o'zgarishlarga sabab  bo'lgani  sir emas. Sharqning ajralmas qismi  bo'lmish go'zal di-yorimiz 
xalqlari hayotida, ularning ong va tafakkuri shakllanishi-da dunyoviy ilmlar qatorida islom dinining 
alohida  o'rni  bor.  Bu  ilohiy  ta'limot olamni  anglash,  dunyoviy  tafakkur, tabiat  va  inson  o'rtasidagi 
munosabatlarni idrok etish borasida beqiyos ahamiyatga ega. Butun jahon ahli diqqatini tortgan boy 
va rang-barang madaniy-ma'naviy merosimiz ikki qudratli to'lqin - dunyoviy ilmlar va diniy-falsafly 
tafakkurning  o'zaro  uyg'unlashib,  yagona,  barkamol  qadri-yat  peshvosining  ma'naviy  qiyofasi, 
siyosatdagi  adolat  mezoni,  so'z  va  fikr  erkinligi  kabi  murakkab  ijtimoiy  masalalar  xususida  ham 
benihoya  hayotiy  tajriba  va  saboqlar  beradi.  Shu  bois  ham  bu  o'lmas  qadriyatlar  bugungi  yangi 
davlatchiligimiz qurilishida muhim aha-miyat kasb etmoqda. 
Agar  biz  bosib  o'tilgan  istiqlol  yo'limizga  bir  nazar  tashlaydigan  bo'lsak,  ozodlikning  ilk 
onlaridan boshlaboq dinga munosabat, davlat va diniy tashkilotlar o'rtasidagi aloqalarni to'g'ri yo'lga 
qo'yishga  alohida  e'tibor  qaratildi.  Konstitutsiyaga  ko'ra,  O'zbekiston  dunyoviy  davlat,  binobarin, 
mamlakatimizda  din  davlatdan  ajratilgan.  Ammo  respublikamiz  rahbariyati  bu  masalaga  oqilona 
yondashib,  din  davlatdan  ajratilgan  bo'lsa-da,  jamiyatdan  ajratilmaganini,  xususan,  O'zbekiston 
singari  qadimiy  va  barqaror  diniy  an'analarga  ega  mamlakatda  bu  borada  g'oyat  noziklik  va 
ehtiyotkorlik bilan ish yuritish lozimligini o'z vaqtida to'g'ri anglab yetdi. 
Shuning  uchun  ham  bugun  ko'p  millatli  mamlakatimizda  hech  qaysi  din  vakillarining  diniy 
nafsoniyatlarini  kamsitmagan  holda,  ayni  vaqtda  diniy  hissiyotlarni  avj  ham  oldirmasdan,  og'ir-
vazmin, uzoqni ko'zlangan siyosat amalga oshirilmoqda. 
Bu siyosat mohiyati  ilk  marta Prezidentning quyidagi  fikrlarida aniq-ravshan  belgilab  berilgan 
edi:  «Din  odamzodni  hech  qachon  iymon
 
yo'lga  boshlamaydi.  Bu  dunyoning  o'tkinchi  ekanini 
ta'kidlab, odam bolasini hushyor bo'lishga, yaxshi bo'lishga, yaxshi iz qoldirishga undab turadi. 
Biz dinga bundan keyin  ham  barcha shart-sharoitlarni  yaratib beramiz, diniy rasm-rusumlarga, 
bayramlarga,  diniy  tarbiya  va  ta'limga  doimo  jiddiy  e'tibor  beriladi.  Ayni  zamonda  biz  din 
peshvolariga,  o'zimizga  o'xshagan  musulmon  birodarlarimizga  bir  narsani  takror  va  takror 
uqtirmoqchimiz: din o'z yo'li bilan, davlat o'z yo'li bilan. Diniy partiyalar tuzib, hokimiyat talashib 
yurishlar  xudoga  ham  yoqmaydi.  Islom  dini  insonlarni  kamtarlikka,  kamsuqumlikka  undaydi. 
Musulmon  farzandi  kechirim-li  bo'ladi.  Musulmon  farzandi  birovni  kofir,  birovni  xudojo'y  deb 
toifalarga  ajratmaydi...  Sababi,  bandasining  ustidan  ban-dasi  emas,  xudoning  o'zi  hukm  chiqaradi. 
Shunday ekan, bir-birimizni  behuda ayblab,  men musulmon, sen kofir deb  talashib  yurishlar bizga 
to'g'ri kelmaydi. 
Hamma ahil,  hamma pokiza  bo'lib  yashasin, kimning  fazi-lati qancha, kimning gunohi qancha 
ekanini Yaratganning o'zi ajrim qilib beradi». 
Qachonki  kishi  o'zligini  anglamasa,  o'z  vijdoni  bilan  yuzma-yuz  turmasa,  iymon  va  e'tiqod 
oldida  hisob  bermasa,  qo'shnisi,  mahalla-si,  jamiyat,  Vatan  oldidagi  mas'uliyatini  his  etmasa, 
bunday odam insonlik sharafiga munosib bo'lmaydi. 
Prezident  I.  Karimov  siyosiy  vaziyat  nihoyatda  qaltis  va  nozik  bir  paytda  yuqorida 
eslatilganidek,  nutq  va  ma'ruzalari  bilan  odam-larning  nozik  tuyg'ulariga  ta'sir  etdi,  ularni  uzoq 
yillik  karaxtlik  va  g'aflatdan  uyg'otdi,  flkrlashga,  o'z  taqdiri  va  farzandlari  istiqboli  haqida 
qayg'urishga  da'vat  etdi.  Bu  bilan  u,  birinchidan,  mamlakat  aholisini  ruhiy-ma'naviy  poklanishiga 
imkon yaratdi. Ikkinchidan, mamlakatdagi tinchlik, osoyishtalik va barqarorlikka o'ziga xos za-min 
yaratdi. 

Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish