O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti tarix kafedrasi


«Men  bir  haqiqatni  aytib  charchamasam  ke-rak.  Buning  mazmuni  shuki,  qishloqda  tub



Download 2,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/236
Sana01.01.2022
Hajmi2,34 Mb.
#303469
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   236
Bog'liq
2 5215708310308653353 (1)

«Men  bir  haqiqatni  aytib  charchamasam  ke-rak.  Buning  mazmuni  shuki,  qishloqda  tub 
islohotlar  o'tkazish,  qishloq  xo'jaligini  taraqqiy  ettirish,  qishloq  xo'jahgida  ishlab  chiqarish 
samaradorligini  oshirish  O'zbekiston  iqtisodiyotini  rivojlantirishning  asosiy  omili  va 
manbayidir». 
Shu  bois  avvalo  qishloq  xo'jaligi  ishlab  chiqarishi  samaradorligini  oshirish  borasidagi  muhim 
chora-tadbirlardan biri, bu soha-ni boshqarishni takomillashtirish va tubdan o'zgartirish, rahbarlikni 
yaxshilash  bo'ldi.  1991-1996-yillarda  qishloq  xo'jaligi  kompleksiga  rahbarlikni  yaxshilash, 
qishloqda o'tkazilayotgan islohotlarning hu-quqiy asosini yaratish choralari ko'rildi. 
Paxtazorlar  1,5  million  gektarga  qisqardi,  sug'oriladigan  yerlardagi  g'allazorlar  1,2  million 
gektarga ortdi. G'allachilikni jadal rivojlantirish qisqa vaqt ichidayoq xalq iste'moliga ishlatiladigan 
va ozuqabop donga bo'lgan ehtiyojni qondirish, bug'doy sotib olishga sarflanayotgan valutani tejab 
qolish imkoniyatini beradigan, eksport-ga ehtiyoj qoldirmaydigan qudratli tarmoq yaratildi. 
Don  ekinlari  uchun  ajratilgan  maydonlar  1990-yildan  1998-yilgacha  bo'lgan  davr  mobaynida 
asosan paxta ekinlari  maydonini qisqartirish hisobiga 1,7 barobar oshdi. Don  ishlab chiqarish  ikki 
barobardan ko'proq oshib, 4,15 mln. tonnani tashkil qildi. Mazkur ekinlarni yetishtirish tajribasining 
ko'payishi  va  faol  seleksiya  ishlari  natijasida  hosildorlik  shu  yillar  mobaynida  1,3  barobar  oshdi. 
Ushbu  chora-tadbirlar  don  ekinlari  importini  sezilarli  darajada  qisqartirish-ga  imkon  berdi.  Agar 
1990-yilda respublikada iste'mol qilinadigan bug'doyning 90 dan ortiq foizi importga to'g'ri kelgan 
bo'lsa, 1998-yilda import ulushi 19 foizdan kamroqni tashkil qildi. 
Qishloq  xo'jaligini  isloh  qilishning  moddiy  shart-sharoitlarini  yaratish,  islohotlarni  yangi  sifat 
darajasiga  ko'tarish  uchun  1994-yilda  davlat  tomonidan  xarid  qilinadigan  paxta  tolasi  va  donning 
narxi  3-8  barobar  oshirildi.  Qolgan  barcha  mahsulotlarni  dehqonlar  erkin  bozor  narxlarida  sota 
boshladilar.  Boshqacha  qilib  aytganda  qishloqda  islohotlarni  jadallashtirish  va  chuqurlashtirishni, 
bozorga xos ko'p ukladli samarador ishlab chiqarishni ta'minlaydigan zarur iqtisodiy shart-sharoitlar 
yaratildi. 
Bu osonlikcha bo'lmadi. Sababi qishloq  xo'jaligi  mahsulotlari  yetishtirishga  va qayta ishlashga 
ahd qilgan kishilar oldida ko'plab muammolar pay do bo'lgan edi. 
Mazkur  muammolarni  qonun  yo'li  bilan  hal  qilishni  ko'zda  tu-tuvchi  yangi  hujjatlar  qabul 
qilindi.  Ular  ichida  asosiylaridan  biri,  1992-yil  3-iyulda  qabul  qilingan  «Dehqon  xo'jaligi 
to'g'risida»gi  Qonundir.  Bu  hujjatda  ishlab  chiqarish  vositalarini  xarid  qilish  uchun  uzoq  muddatli 
kredit  ajratilishi  hamda,  dehqon  xo'jaligining  joriy  ishlab  chiqarish  faoliyati  uchun  kredit 
shartnomasi asosida qis-qa muddatli kredit ajratish ko'zda tutildi. 


- 46 - 
 
Dehqon  xo'jaligi  tashkil  topayotgan  paytida  unga  ssuda  va  kreditlar  berilishida  mahalliy 
hokimiyat  boshqaruv  organlari,  boshqa  to'lovga  qobiliyatli  yuridik  va  jismoniy  shaxslar, 
shuningdek, dehqon xo'jaliklarining o'zlari o'z mulki evaziga kafil bo'ladigan bo'ldilar. 
Qishloq xo'jalik vazirligi ma'lumotlariga qaraganda, 1996-yil boshigacha O'zbekistonda dehqon 
xo'jaliklarining umumiy soni 20 ming 244 tani tashkil etdi. 
O'zbekistonda  qishloq  xo'jaligini  isloh  qilishning  puxta  o'ylab  olib  borilishi  MDH  barcha 
mamlakatlaridan  farqli  o'laroq,  ishlab  chiqarishning  sezilarli  darajada  pasayib  ketishiga  yo'l 
qo'ymaslik imkonini berdi. 
Shu  bilan  birga  qishloqda  islohotlarni  amalga  oshirishda  ekinlar  hosildorligi,  mehnat 
unumdorligi o'sishini ta'minlashda, haqiqiy yer egasi va mahsulot sohibining shakllanishida hali bir 
qator  muammolar  va  yechilmagan  masalalar  ko'p  edi.  Shu  bois  1995-yil  21-dekabrda  Oliy 
Majlisning  IV  sessiyasida  «Qishloqda  islohotlar  sust  borayotgani  va  kutilgan  natijalarni 
bermayotgani,  mulk  o'z  egasini  topishi  haqida  ko'p  gapirilsada,  amaliy  hayotda  esa  bu  masalalar 
o'zining kerakli yechimini topmayotgani» qat'iy ta'kidlab o'tildi. 
1996-yilning  21-mayida  O'zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  «2000-yilgacha 
bo'lgan davrda O'zbekiston Respublikasi qishloq infrastrukturasini rivojlantirish Dasturi» to'g'risida 
qarori qabul qilindi. Ushbu qarorda qishloqning iqtisodiy va mehnat imkoniyatlaridan yanada to'liq 
va  samarali  foydalanish  uchun  qulay  sharoitlar  yaratish,  qishloq  aholisining  turmush  sharoitlarini 
yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi «O`zistiqbolstat» Davlat Qo'mitasi, O'zbekiston Moliya 
vazirligi,  Sog'liqni  saqlash  va  Xalq  ta'limi  vazirligiga  2000-yilgacha  qishloq  infrastrukturasini 
rivojlantirishga  doir  ishlarni  amalga  oshirishni  topshirdi.  Shuningdek,  ushbu  qarorda  hukumat 
komissiyasi tuzilib, har 3 oyda bir marta ushbu qaror bajarilishini nazorat qilish ham ko'zda tutildi. 
Qoraqalpog'iston  Respublikasida  va  Andijon,  Qashqadaryo,  Navoiy,  Toshkent,  Farg'ona 
viloyatlarida  bironta  ham  maktab  binolari  foydalanishga  topshirilmadi.  Shu  munosabat  bilan, 
komissiya  Qishloq  xo'jalik  vazirligi,  uning  joylardagi  viloyat  agrosanoat  bir-lashmalari,  qator 
viloyat  hokimiyatlari,  xalq  ta'limi  boshqarmalari  e'tiborini  qishloq  joylarida  maktab  qurilishiga, 
ularni tezroq foydalanishga topshirishga qaratdi. 
Buni  Xorazm  viloyati  misolida  ham  yaqqol  ko'rish  mumkin.  Viloyatda  bu  sohada 
mustaqillikning  5  yili  davomida  80-yillarga  qaraganda  birmuncha  o'sish  sezildi.  Jumladan,  1992-
1995-yillarda 824 kilometr tabiiy gaz quvurlari yotqizilib, 40 ming 700 xona-donga «zangori olov» 
o'tkazildi.  Vaholanki,  1990-yilgacha  gaz-lashtirilgan  xonadonlar  49  mingni  tashkil  etgan,  ichimlik 
suvi  bilan  ta'minlashning  ahvoli  ancha  og'ir  edi.  Binobarin,  mavjud  ichimlik  suvi  quvurlari  1990-
yilgacha atigi 1000 kilometrni tashkil etgan. 
Keyingi  5  yilda  127  kilometr  katta  diametrli  suv  haydagich,  902  kilometr  ichimlik  suvi 
tarmoqlari  qurilib  foydalanishga  topshirildi.  Aholining  tabiiy  gaz  bilan  ta'minlanishi  86,7  foizga, 
ichimlik suvi bilan ta'minlanishi esa 54,8 foizga yetkazildi. 
Orol  mintaqasida  aholini  toza  ichimlik  suvi  bilan  ta'minlash  muhim  ijtimoiy-iqtisodiy  tadbir 
bo'lib insonparvarlik xususiyatiga ega edi. 
Bu  g'oyat  muhim  sohada  Namangan  viloyatida  ham  ibratli  ishlar  amalga  oshirildi.  1990-
yilgacha  bo'lgan davrda  viloyat bo'yicha  jami 1480 kilometr gaz tarmoqlari tortilgan  bo'lsa, 1991-
1995-yillar davomida 2025 kilometr gaz tarmoqlari foydalanishga topshirildi. Sobiq Ittifoq davrida 
hammasi bo'lib 1423,9 kilometr suv uzatish tarmoqlari yotqizilgan bo'lsa, 1991-1995-yillarda 1039 
kilometr  shunday  tarmoqlar  ishga  tushirildi.  1990-yilgacha  hammasi  bo'lib  95,8  ming  xonadon 
gazlashtirilgan  bo'lsa,  istiqlol  yillarining  o'zidayoq  83,3  ming  xonadonni  gazlashtirishga  erishildi. 
Birgina  1996-yilning  o'zida  viloyatning  eng  chekka  qishloqlari  Chodak  va  Nanayga  gaz  yetkazib 
berildi. 
Qishloqda islohotlar amalga oshirilishi jarayonida mehnatga yaroqli aholini mehnat bilan band 
qilish masalasiga ham katta e'tibor berildi. 
Shuni ta'kidlash o'rinliki, Prezident I. Karimov va respublika hukumati O'zbekistonda qishloqni 
har tomonlama rivojlantirishga, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida islohotlarni chuqurlashtirish, bu 
sohaning  moddiy  bazasi  va  moliyaviy  ahvolini  mustahkamlashga,  agrar  siyosatning  ustuvor 
vazifalarini amalga oshirishga muntazam, doimiy e'tibor bermoqdalar. 


- 47 - 
 
Xullas,  yuqoridagilarni  umumlashtirib  aytish  mumkinki,  iqtisodiy  islohotlarni  amalga 
oshirishda  bugun  O'zbekiston  erishgan  yutuqlar  ko'p  jihatdan  respublika  hukumatining  izchil, 
sobitqadam siyosati bilan bevosita bog'liqdir. 
Avval  boshdanoq  islohotlarning  har  bir  qadami  puxta  o'ylangan,  avvalgi  mafkura  zo'ravonligi 
o'rnini qonun ustuvorligi egalladi. Xususiy iqtisodiyotga rivojlanish uchun davlat sektori bilan teng 
sha-roitlar yaratildi. Ijtimoiy siyosat esa, aholi turmush darajasini asta-sekin yaxshilashga qaratildi. 
O'zbekistonda  milliy  iqtisodning  eng  muhim  va  ustuvor  tarmoqlaridan  biri  qishloq  xo'jaligi 
bo'lib, uning taraqqiyoti boshqa soha-lar rivoji uchun poydevor vazifasini o'tamoqda. Chunki valuta 
tu-shumining  60  foizi,  yalpi  mahsulot  muomalasining  70  foizi  qishloq  xo'jaligi  sohasiga  to'g'ri 
keladi. 

Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish