- 44 -
ja-rayoni natijasida hozirgi paytda xususiy korxonalar respublikadagi korxonalarning umumiy
sonidan 46 foizni, aksionerlik jamiyatlari va mas'uliyati cheklangan jamiyatlar - 12 foizni, jamoa
mulki kor-xonalari - 6 foizni, fermer xo'jaliklari - 14 foizni tashkil qiladi. Ak-siyalash respublikada
o'rta va yirik korxonalarni xususiylashtirishning asosiy shaklidir. 1999-yil 1-yanvarga kelib
O'zbekistonda 9400 aksionerlik jamiyatlari ro'yxatga olindi, bunda barcha aksiyalarning uchdan bir
qismidan ortig'i aholiga tegishli, bu esa yangi mulkdorlar sinfini shakllantirish jarayonida aholi
keng qatlamlari ishtirokining muhim shaklidir.
Xususiy sektorni kengaytirish, kichik biznes, fermer xo'jaliklari va tadbirkorlikni jadal
rivojlantirish borasida tub burilishga erishildi.
2005-yilda davlat korxonalarini butunlay, shuningdek, davlat aksiya paketlarini asosan xususiy
mulkdorlarga sotish masalasiga alohida e'tibor qaratildi. Natijada 980 ta obyektdan 902 tasi xususiy
mulkka aylantirildi. 2000-2005-yillar davomida jami 4 ming 660 ta korxona va obyekt xususiy
mulkdorlarga sotildi.
Masalan, Samarqand choy qadoqlash fabrikasi, «Ohangaron-sement», «Buxoro-gips»,
«Parkent-suv-qurilish» aksiyadorlik jamiyatlari kabi yirik korxonalar to'lig'icha xususiy
mulkdorlarga sotildi.
Xususiylashtirish jarayonining so'nggi yillardagi o'ziga xos ji-hati davlat aktivlari va aksiya
paketlarining nolga teng xarid qiymati bo'yicha to'liq hajmda sotilayotganida namoyon bo'lmoqda.
2003-2006-yillar mobaynida 396 ta korxona va obyekt 43,2 milliard so'mlik investitsiya kiritish
majburiyati bilan nolga teng xarid qiymatida sotildi. Nizom jamg'armasida davlat ulushi bo'lgan
xo'jalik subyektlari soni 2001-yildagiga nisbatan uch barobar qis-qardi.
2007-yilga kelib mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan yalpi ichki mahsulotning qariyb 76
foizi, sanoat mahsulotlarining 78 foizdan ortig'i, qishloq xo'jaligi va chakana savdo aylanmasining
deyarli barcha mahsulotlari nodavlat sektor ulushiga to'g'ri kelmoqda. Nodavlat sektorda 77 foiz
yoki iqtisodiyotda band bo'lgan kishilar-ning to'rtdan uch qismi mehnat qilmoqda.
Yagona soliq to'lovlarining joriy etilishi munosabati bilan soliq idoralariga taqdim etiladigan
soliq hisob-kitoblari bo'yicha hujjatlar soni 10 barobar qisqardi.
Nazorat idoralarining xo'jalik subyektlari va tadbirkorlik obyektlarini tekshirish natijalari
bo'yicha qabul qilgan barcha qaror-larini sud idoralari orqali amalga oshirish tartibi o'rnatildi.
Bunday tartib o'z-o'zicha mazkur subyektlarga nisbatan turli sanksiyalarni qo'llashni ham
tubdan o'zgartirish, ya'ni uni sud qaro-ri bilan o'rnatishni belgilab beradi.
Shunday qilib, xo'jalik subyektlari faoliyatidagi o'zaro masala va talablarni turli darajadagi
davlat boshqaruvi idoralarida ko'rish va hal qilish kabi o'z umrini о'tab bo'lgan amaliyotga butunlay
barham berish borasida qat'iy qadamlar qo'yildi. Bugun bunday masalalar, huquqiy demokratik
davlatlarda bo'lganidek, istisnosiz ravishda sud orqali hal etiladi.
Islohotlarni yanada chuqurlashtirish va iqtisodiyotni erkinlashtirish masalalari eski zamon illati
bo'lgan byurokratik boshqa-ruv tizimini bartaraf etish bilan bevosita bog'liq ekanini isbotlab
o'tirishning hojati yo'q. Tan olish kerakki, respublikada amalga oshirilayotgan ma'muriy islohotlar
markaz va joylardagi boshqaruv organlari tuzilmalarini takomillashtirishga sezilarli ta'sir qildi,
boshqaruv xodimlari va ularning faoliyati bilan bog'liq xarajatlarni ancha qisqartirish imkonini
berdi.
2001-2008-yillar mobaynida boshqaruv xodimlarining umumiy soni 75 ming kishiga yoki 35,5
foizga, jumladan, respublika organlari bo'yicha 21 foiz, mahalliy boshqaruv organlari bo'yicha 63,5
foiz, xo'jalik boshqaruv organlari bo'yicha 30,5 foizga qisqartirildi.
Xususiylashtirish, xususiy mulkni mustahkamlash, kichik korxonalar, mikrofirmalar, fermer
xo'jaliklari tashkil etish va tadbirkorlikni rag'batlantirish hisobidan mamlakatimizda demokratik
jamiyatning asosi va tayanchi sifatida o'rta sinf amalda shakllanmoqda.
Birinchi navbatda bu o'z kuchi va imkoniyatiga tayanib yashaydigan, o'zini, oilasini boqayotgan
va davlatga ham katta naf keltira-yotgan, o'zining mustaqil tijorat ishiga ega bo'lgan mulkdor tadbir-
korlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: