«Bugun biz qanday davlat
qurayapmiz? Uning siyosiy va ijtimoiy negizi, uning qiyofasi qanday bo'lishi kerak? Yangi
demokratik jamiyat shakllanishida uning ta'siri qanday bo'ladi?» - degan savollarga javob
topish, bu xususda atroflicha fikr yuritish fur-sati yetdi»
- deya alohida ta'kidlagan edilar. Va
ayni chog'da bu savollarni mushohada qilishni davom ettirib, jamiyatimiz kelajagini quyidagicha
bayon qildilar:
«Biz fuqarolik jamiyati qurishga in-tilmoqdamiz. Buning ma'nosi shuki,
davlatchiligimiz rivojlana borgan sari boshqaruvning turli xil vazifalarini bevosita xalqqa
topshirish, ya'ni o'zini o'zi boshqarish organlarini yanada rivojlantirish demakdir».
Shu o'rinda jamiyat siyosiy hayotini erkinlashtirish, fuqarolik jamiyati asoslarini barpo qilish
vazifasining Prezident tomonidan keyingi 3-4 yil davomida ilgari surilgan ustuvor vazifalardan
keng o'rin egallashi kishini chuqurroq mulohaza yuritishga undaydi. Darhaqiqat, ushbu ustuvor
yo'nalish Yurtboshimizning 1999-yildagi o'n to'rtinchi sessiyadagi ma'ruzalarida ham, 2000-yil yan-
var oyidagi ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning birinchi sessiyasida ham, qolaversa, 2002-yildagi 9-
sessiyadagi ma'ruzalarida ham eng asosiy vazifa sifatida e'tirof etildi. Bu o'rinda Prezident
quyidagi-larga asoslandi:
Birinchidan,
yuqorida ta'kidlanganidek, jamiyat hayotini erkin-lashtirish, mqarolik jamiyatini
barpo etish g'oyasi bugun yoki kecha paydo bo'lgan emas. Balki, bu g'oyaning vujudga kelishi
mustaqil-likning ilk g'oyalari bilan bog'liq bo'lib, shu jihatdan ham adolatli fuqarolik jamiyatini
barpo etish g'oyasini O'zbekistonning davlat mustaqilligi bilan bir xil siyosiy ma'no kasb etadi, deb
qarash mumkin. Shunday ekan, fuqarolik jamiyatini qurish, uning siyosiy hayotini erkinlashtirish
O'zbekiston kabi yosh mustaqil mamlakatlar uchun bir yoki bir necha yillik jarayon emas. Lekin
shu o'rinda tari-xan qisqa davr mobaynida O'zbekistonning misli ko'rilmagan taraqqiyot darajasiga
erishganligi nafaqat vatandoshlarimizda faxr hissini, balki jahonning ko'plab siyosiy doiralarida
O'zbekistonga nisbatan katta qiziqishni ham uyg'ota olganligini alohida ta'kidlash adolatdan bo'lur
edi.
Ikkinchidan.
O'zbekistonda jamiyat hayotini isloh qilish ta-moyillaridan biri bu - islohotlarni
bosqichma-bosqich amalga oshirishdan iboratligini e'tiborga olgan holda ta'kidlash lozim-ki, siyosiy
hayotni erkinlashtirish va jamiyatning turli qatlamlari siyosiy-ijtimoiy faolligini oshirish bilan
bog'liq erishilgan natijalar bosh maqsad yo'lidagi muhim qadam, bosqich sifatida baholanib
kelinadi. Bu haqda Prezident I. Karimov 1999-yildayoq:
Do'stlaringiz bilan baham: |