O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti



Download 4,64 Mb.
bet13/14
Sana01.01.2022
Hajmi4,64 Mb.
#303116
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Saydullayev Jasur

Manbashunoslik - tarixiy manbalarni Manbalar (tarixiy) izlab topish, qayd etish, toʻplash, oʻrganish va qoʻllanish nazariyasi va amaliy usullari haqidagi fan. Manbashunoslik  tarixshunoslikda yordamchi fan sohalari (arxeografiya, arxivshunoslik, genealogiya — nasabshunoslik, metrologiya — oʻlchovshunoslik, epigrafika, tekstologiya — matnshunoslik, xronologiya — davrshunoslik, geraldika — gerbshunoslik, numizmatika — tangashunoslik va sfragistika — muhrshunoslik) qatorida yetakchi oʻrinda turuvchi alohida ilmiy soha. Manbashunoslikning bevosita tadqiqoti yozma manbalar ustida boʻlsada, ammo, uning asosiy ilmiy va amaliy uslubiyati tarixiy qadriyatlarning barcha turlarini oʻrganishda va tanqidiy tahlil etishda qoʻllaniladi.

Manbashunoslik ikkiga — amaliy va nazariy Manbashunoslikka boʻlinadi. Amaliy Manbashunoslik tarixning ayrim soha va yoʻnalishlari hamda davr va bosqichlari bilan shugʻullanib, izlab topilgan tarixiy manbalarni arxiv, muzey va kutubxonalarning maxsus xazinalarida toʻplash, qayd etish, saqlash, taʼmirlash va taʼriflash kabi ishlarni amalga oshiradi. Nazariy Manbashunoslik tarixiy manbalarning yaratilishi va ularda tarixiy voqeliklarning rivojlanish jarayonlarini aks ettirish tartibi, usullari, axborotlarning tarkibi va joylashish xususiyatlarini tadqiq etadi. Manbalarni tartibga solish va turkumlarga ajratish asoslarini ishlab chiqadi, ularning umumiy va maxsus turlarini tarixiy nuqtai nazardan tadqiq qilish uslubini belgilab beradi. Manbashunoslik ning nazariy masalalari, asosan, yozma manbalar zaminidagi tarixiy asar va hujjatlarga binoan hal etiladi. Tarixiy manbalar tadqiqoti jarayonida quyidagi masalalar belgilab olinadi:



  • qoʻlyozma asarlar va hujjatlarni topish va ajratib olish; asosiy matnni va soʻnggi qoʻshimcha yoki ilovalarini belgilash;

  • manbaning yuzaga kelishi, asliy yoki koʻchirma nusxaligini aniqlash;

Manbashunoslik jihatidan qoʻlyozma matni qanchalik toʻliqligi, unda berilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi va anikligi hamda bitilgan davrini belgilash. Chunki har qanday mavzu yoki tarixiy voqelik bayoni Manbashunoslik jihatdan keng qamrovlik va mukammallikni taqozo etadi. Shu boisdan tarixiy manbalarning yaratilish davrining anikligi Manbashunoslikda muhim ahamiyatga molikdir. Chunki, yozilgan yoki koʻchirilgan vaqti qayd etilmagan asarlar tamaddun tarixi davomida uchraydi. Bunday holat ayniqsa qad. dunyo va oʻrta asrlar yozma yodgorliklariga xosdir. Yozma manbalarni yuzaga kelish tarixini oʻrganish borasida asarning yili, yozilish uslubi, matnda uchraydigan davr va sanalar, ogʻirlik va uzunlik oʻlchamlari, pul birliklari, geografik nomlar hamda shaxsiy ismlarni belgilash Manbashunoslikda ayniqsa muhimdir. Chunki tarixiy asarlarning aksariyati oʻz davrida muallifi tomonidan maʼlum darajada tuzatishlar yoki qisqartirishlar kiritilgan boʻlsa, keyinchalik esa uning muharrirtarjimonlari yoki tegishli nazoratchilari tomonidan qandaydir oʻzgartirishlar amalga oshirilgan yoki boshka tilga tarjima etilgan boʻlishi mumkin. Natijada matn, mazmun va gʻoyaviy yoʻnalish jihatidan aslidan oʻzgacha nusxalari paydo boʻlgan. Shu boisdan tarixiy manba muallifi, tarjimoni va kotiblarini aniqlash muhim ahamiyatga molikdir. Manbalarning asliy va koʻchirma nusxalarining yaratilishi bilan bevosita bogʻliq boʻlgan muarrixlarni belgilab olish bilan manba nusxalari, ayniqsa tarjimalarining qanchalik asliga monandligi hamda ularda keltirilgan tarixiy atama, nom va sanalarning haqqoniyligi aniqlab olinadi.

Manbashunoslik koʻp asrlik tarixga ega. Amaliy Manbashunoslik dastavval Sharqning Misr va Mesopotamiya kabi qad. madaniyat uchoklarida qad. podsholiklar (Misr, Shumer, Akkad va Ossuriya) va ularning boshq-aruv tizimlari shakllanayotgan davrlarda yuzaga keldi. Manbashunoslikning ilk omillari dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik va savdosotiq kabi xoʻjaliklarning kengayib rivojlanishi natijasida hayotiy ehtiyojlar yaratgan eng qad. yozuvlar (Misr iyerogliflari, Mesopotamiya mixxati) kashf etilishi, ilmiy-amaliy bilimlarning vujudga kelishi bilan chambarchas bogʻliq holda paydo boʻldi. M.ning asosi hisoblangan ilk yozuvlar miloddan avvalgi 4ming yillikda shakllandi. Eng qad. hujjatlar tosh, sopol, poʻstloq, xom gisht, yogoch, teri, papirus poyasiga bitilgan. Dastlab ularda eng muxim voqea va hodisalar, nasihatnoma va diniy sheʼrlar yozilgan boʻlsa, keyinchalik podsholiklar tashkil topgach, podshoh qonunlari (Hammurapi, miloddan avvalgi 1792—1750 yil, Xett, miloddan avvalgi 2-ming yillik — qonunlari toʻplami), madhiya (gimn)lar, davlatlararo bitimlar (miloddan avvalgi 1280 yil Xattusili III va Ramzes II larning tinchlik shartnomasi) kabi tarixiy hujjatlar bitilgan hamda yillik taqvim va oʻlka haritalar (Misr, Urartu, Bobil va ularning tevarak atroflari) chizilgan. Haqiqiy tarixiy hujjat tusini olgan bunday qad. lavhalar miloddan avvalgi 4ming yilliklarda kuchirilib, uziga xos kitoblar yaratilgan va ularni saklash uchun kutubxona va ar-xivlar tashkil etilgan (Ur, Nippur, Nineviya, Bobil, Ashshur shaharlari). Mas, birgina Ossuriya podshohi Ashshurbanipalning Nineviyadagi kutubxonasida 30 mingdan ortiq xatli lavhalar saqlangan. Oʻsha davrlardayoq Shumer, Akkad va Ossuriya maktablarida hujjatli lavhalardan nusxalar kuchiruvchi va ularni jamlab saklovchi davlat kotib (mirzo)lari tayyorlanib, amaliy M.ka asos solingan. Mesopotamiya arxivi va kutubxonalaridan esa hatto miloddan avvalgi 3ming yillikka mansub mamlakat tarixi va geografiyasiga oid maʼlumotlar topilgan.




Download 4,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish