Umumiy tushunchalar: Bolalarni sanitariya tarbiyasida «Salomatlik burchagi»ni tashki etish katta ahamiyatga ega, uning materiallarini tarbiyachi bolalar bilan birga tayyorlab boradi. «Burchak»da bolalarni sanitariya va gigiyena qoidalariga amal qilishga chorlab turuvchi plakatlar, shiorlar osib qo'yiladi, materiallar yangilanib turiladi .Sog'ligimizni saqlaymiz» mavzusini o'rganishga bag‘ishlangai darslarda bir necha daqiqani sanitar — o'quvchilarning shaxsi; gigiyena qoidalarining bajarilishi to'g'risidagi axborotlariga ajratisl ma’qul bo'ladi. Bu bolalarni intizomli qiladi, ularda mas’uliyatn his etishni tarbiyalaydi. Gigiyenik bilimlar hamda ko'nikmalam egallab olishga bolalarni odam tanasining tuzilishi va a’zolarinin] vazifalari to'g'risidagi oddiy ma’lumotlar bilan tanishtirish yordan beradi. Bolalar odam organizmining bir butun ekanligini tushunib olishlari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |