Umumiy tushunchalar: Oliy ta’lim Respublika Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi birlashgan kengashida tasdiqlangan uzluksiz ekologik ta’lim konsepsiyasi ishlab chiqildi.Ekologiyadan davlat ta’limi standarti yaratildi. Ekologiyadan dasturlar to‘plami, bir qancha metodik qo‘llanmalar tayyorlandi, shuningdek, ekologiyadan test savollari ishlab chiqildi. 1993, 1997-yillarda Respublikada uzluksiz ekologik ta’lim muammolari va ularning yechishga bag‘ishlangan anjumanlar o‘tkazildi. 1993-yildan boshlab «Tabiat kecha, bugun va ertaga» degan shior ostida anjumanlar o‘tkazilib kelinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |