Tut –Morus. Bu turkumiga daraxt va buta o’simliklar kiradi. Ularning barglari
oddiy, to’kiladigan, butun yoki qirqilgan, chetlari arra tishli bo’ladi. Gullari bir uyli
yoki ikki uyli, boshoqsimon to’pgulda joylashgan. Urug’chi ikkita meva bargchadan
iborat bo’lib, tugunchasi ustki yoki ostki, bir uyali. Mevasi to’p meva. Vatani Xitoy
va Markaziy Osiyo.
Tut bargi ipak qurti uchun ozuqa manbayidir. Turkumning 12 ta turi bor.
Respublikamizda 2 ta turi keng tarqalgan.
Oq tut-Morus alba. Daraxt. Barglari yupqa, mevasi sershira shifobaxsh, keng
iste’mol qilinadi. Aprel oyida gullaydi, mevasi may-iyunda pishadi. Tut mevasi xalq
tabobatida qonni tozalovchi, qonni ko’paytiruvchi, siydik haydovchi vosita sifatida,
yurak ishini yaxshilash va isitmani tushirish uchun qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |