1-asosiy savolning bayoni:
Qur’onshunoslik fani, qur’on ilmi, tafsir ilmi. Qur’on ilmi 80 ta, yana har biri ilm deb ataladi. Suyutiy. Qur’onshunoslik hamma sohani o‘rganadi.
Abu Mansur Moturidiy (870-945)
Islom olamining buyuk nazariyotchisi Abu Mansur Al-Moturidiy sunniy ikki yirik e’tiqodiy oqimlardan biri bo‘lgan moturidyaning asoschisidir.
Al-Moturidiy fiqh va kalom masalalari bilan qiziqib, hanifiya mazhablari olimlaridan dars olib o‘z bilimlarini oshiradi. Shu vaqtda ko‘plab mashhur muhaddislar va fiqhlar bilan muloqotda bo‘lib, ilmiy munozaralarda qatnashadi. Olgan bilimlari natijasi o‘laroq u ko‘plab yasarlar yozgan, ammo ularning ko‘p qismi bizgacha yetib kelmagan, borlari ham chet el kutubxonalarida saqlanmoqda. Mavjud adabiyotlarni tahlil qilib, Moturudiyning quyidagi asarlari ro‘yxatini keltirish mumkin: «Kitabi Tavhid», «Kitab Maqomat», «Ka’biy zalolatlarning boshlanishini rad etuvchi kitob», «Mu’tazila g‘avg‘olari va undan qo‘rqmaslik haqida kitob», «Kitab Ta’vilot al-Qur’on», «Shariat asoslari», «Kitab al-jadal» (Dialektika kitobi), «Kitab al-usul»6.
Al-Moturidiy islom olamida juda nozik sanalgan «Tavhid kitobi» asari bizning kunimizgacha yetib kelgan. U 1970 yilda Bayrutda nashr etilgan. Muturidiy sunniylikning to‘rtta asosiy mazhablari asoschilarining asarlarini o‘rganib chiqdi, ularni tahlil qildi, fiqh va kalomga oid asar yozdi: «Ta’vilot ahl as-sunna» yoki boshqacha nomi «Ta’vilot al-Qur’on». Mazkur asari bilan alloma o‘z davrida bo‘layotgan ko‘plab diniy ihtiloflarga barham bera oldi. Shuning bilan birga Moturidiy nomi bilan yozilgan bir necha soxta asarlar ham ma’lumdir. Masalan, «Favoid», boshqa nomi «Pandnoma», «Kitob al-Usul», «Katta fiqh sharhlari» va boshqalar. Bu holat ham Moturidiyning diniy ilmlar namoyondalari orasida qanchalik mashhur bo‘lganligini ko‘rsatadi.
Al-Moturidiy o‘zidan so‘ng ko‘plab shogirdlar qoldirdi. Shogirdlari o‘z ustozlarining ta’limotlarini davom ettirishganligi tufayli hanifiya mazhabi ichida ishonchli bo‘lgan, ko‘plab tarafdorlarga ega bo‘lgan Moturidiya oqimi vujudga keldi.
Al-Moturidiy o‘z davrining diniy qadriyatlarini ko‘kka ko‘tara olgan va undan keyin ham o‘ta kuchli hurmatga, obro‘ va e’tiborga ega bo‘lgan allomadir. Aytish kerakki, uning asarlari nafaqat din va diniy masalalarga, balki boshqa mavzularga ham bag‘ishlangan. Xususan, uning «Risola jonvor doriy»si ovchi qushlarni boqish, ularni saqlash, ularning turli navlari, xalqning ovchi qushlarni o‘rgatishdagi tajribasi, milliy qadriyatlar haqida nodir ma’lumotlar berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 dekabrda qabul qilgan qaroriga binoan 2000 yilda allomaning 1130 yilligi keng nishonlanganligi, davrimizning, mustaqil O‘zbekistonimiz hukumati va Prezidentining buyuk bobokalonimizga cheksiz ehtirom va hurmatining isbotidir. Zero, Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, «O‘tmishi buyuk xalqning kelajagi ham buyuk bo‘lishi shubhasizdir».
Do'stlaringiz bilan baham: |