Akademiyalar tarixidan:
№
|
Akademiyalar
nomi
|
Rahbari
|
Xomiysi
|
Tashkil etilgani vakti
|
Olimlar soni
|
Shiori
|
1
|
"Platon akademiyasi" Afina
|
Platon
|
|
Eramizdan oldingi 385 yil
|
90-100 tagacha
|
"Geometriyani bilmagan-bu joyga kirmasin"
|
2
|
"Bayt ul-hikma"
Bog‘dod
|
Muso Xorazmiy
|
Xalifa Abdulloh al-Ma’mun
|
819 yil
|
300-500 tagacha
|
"Ilm-fan kishilar xojatini chiqarmoqdir"
|
3
|
"Majlisi ulamo" Urganch
|
Abu Rayhon Beruniy
|
Xorazmshoh Ali ibn Ma’mun
|
1004 yil
|
100-300 tagacha
|
|
4
|
Ulug‘bek akademiyasi Samarqand
|
Majiddin Havofiy
|
Mirzo Ulug‘bek
|
1420 yil
|
90-200
|
|
5
|
"Boysung‘ur akademiyasi"
Xirot
|
Jafar Tabriziy
|
Boysung‘ur Mirzo
|
1420 yil
|
40-50 tagacha
|
|
3-MAVZU: O‘RTA OSIYO ALLOMALARINING MUHADDISLIK ILMIGA QO‘ShGAN HISSASI.
Asosiy savollar:
Muhaddislik ilmi va uning tarixi.
Muhaddislar sultoni-Imom Buxoriy merosi.
Imom Termiziy merosi.
Tayanch tushuncha va iboralar:
Qur’oni Karim, hadis, muhaddislik, Ismoil Buxoriy, Iso Termiziy, “Sahihi Buxoriy”, “Sunan at -Termiziy”.
1-asosiy savol. Muhaddislik ilmi va uning tarixi.
Darsning maqsadi:
Talabalarga islom ta’limoti, Kur’oni Karim, Hadisi sharif, buyuk muhaddislar, muhaddislik haqida va ulardan oladigan ma’naviy saboqni tushuntiradi.
1-asosiy savolning bayoni:
Prezidentimiz I.A.Karimov mustaqilligimizning dastlabki yillaridayoq milliy qadriyatlarimizni tiklash, ularni to‘laligicha kelajak avlodga yetkazib berish haqida g‘amxo‘rlik qilib kelmoqdalar. Shu bilan birga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni keng targ‘ib qilish, odamlar ongi va qalbiga singdirish yurtimizning kelgusi taraqqiyoti uchun muhim ekanligini aytgan edilar.
O‘zbek xalqi azaldan din va diyonatni chuqur ehtirom qilib kelgan, uni o‘zining yalovbardoriga aylantirgan xalqlardandir. Yurtimizda yetishib chiqqan zakovat egalari nafaqat dunyoviy, balki diniy ilmlarni egallash, ularni qadriyat darajasiga ko‘tarishda cheksiz xizmat qildilar. Islom dini, tasavvuf ta’limoti arab mamlakatlarida paydo bo‘lgan bo‘lsa ham, ularning kamolotga yetishishiga Markaziy Osiyo hududidan yetishib chiqqan mutafakkirlar beqiyos hissa qo‘shganliklarini jahon ilmiy jamoatchiligi tan olgan.
Islom ta’limotining ma’rifiy, insonlarvarlik g‘oyalari bilan yoshlarimizni barkamol qilish orqali mustaqillik ruhida tarbiyalash, dunyoviy bilimlar bilan birga diniy ta’limotning ijobiy tomonlarini o‘rgatish asosida ularni komil inson qilib tarbiyalash hozirgi kunning muhim masalalaridandir. «Biz farzandlarimizni dunyoviy bilimlar bilan bir qatorda Imom Buxoriy to‘plagan hadislar, Naqshbandiy ta’limoti, Termiziy o‘gitlari, Yassaviy hikmatlari asosida tarbiya qilmoqdamiz»2, -deydi I. Karimov.
Hozirgi zamon yoshlari tarbiyasi to‘g‘risida gapirar ekanmiz, bu jarayonda milliy qadriyatlar bilan bir qatorda diniy qadriyatlarning imkoniyatlari, ayniqsa, o‘z-o‘zini tarbiyalash, o‘z-o‘zini anglash orqali shaxsning o‘zida ijobiy sifatlarni tarbiyalash borasidagi boy va kuchli ta’sir vositalaridan unumli foydalanish juda muhimligini ta’kidlash zarurdir. Haq yo‘liga undagan umumbashariy qadriyatlarni ardoqlab o‘rganishimiz, halollik, bunyodkorlikka undagan pokiza, rostgo‘y, mehr-shafqat odamiylik, vatanlarvarlik, xalqlarvarlik ruhidagi ta’limotdan yoshlarni tarbiyalashida foydalanish usul va vositalarini ishlab chiqish lozim. Shu bilan birga bu ish xayrli va savob hamdir. Ammo dindan yoshlarni tarbiyalash sifatida foydalanish uni yagona ta’limot uchun emas, balki uning ijobiy tomonlaridan o‘zlikni anglash sifatida foydalanish lozimligini alohida ta’kidlash kerak. Masalan, Qur’on va hadislarda bayon qilingan qator insoniy sifatlar: sabr-toqat, ehson, sahovat, o‘zgalarga, ota-onaga, qo‘shnilarga mehr-oqibat, farzandning ota-ona, Vatan oldidagi burchi va uni bajarishda fidoiylik qilish, irodali bo‘lish, o‘zini toblash va o‘zini tiyish, o‘z-o‘zini tarbiya uchun ham zarur vositalar hisoblanadi.
IX asrdan boshlab musulmon o‘lkalarida hadisshunoslik, hadislarni to‘plash va tasniflash, ularni tartibga solish dinshunoslik, islomshunoslikning eng muhim yo‘nalishlariga aylandi. To‘plangan hadislarning hajmi, chinligi, tartibi, ahamiyati bilan musulmon olamida olti muhaddis mushhur bo‘ldilar. Payg‘ambar (s.a.v.) vafotlaridan keyin u zotning aytgan so‘zlari (hadislarni) va sunnatlari (hayot tarzlari, qilgan ishlari)ni to‘plash, kitob shakliga keltirish VIII asr oxiridan boshlanib, X asrga kelib butun islom olami tan olgan oltita hadislar to‘plami vujudga keldi. Bular asosan Markaziy Osiyolik muhaddislar Imom Buxoriy, Imom Muslim, Imom Termiziy, Imom Nasoiy, Imom Abu Dovud va Imom Mojjalar qalamiga mansubdir Bular qatoriga yettinchi qilib Imom DoRumiy Samarqandiyni ham qo‘shadilar. Hadis olimlarining rahnamosi, alloma, imomlar imomi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim al-Buxoriydir.
Do'stlaringiz bilan baham: |