- 46 -
Dehqon xo'jaligi tashkil topayotgan paytida unga ssuda va kreditlar berilishida mahalliy
hokimiyat
boshqaruv organlari, boshqa to'lovga qobiliyatli yuridik va jismoniy shaxslar,
shuningdek, dehqon xo'jaliklarining o'zlari o'z mulki evaziga kafil bo'ladigan bo'ldilar.
Qishloq xo'jalik vazirligi ma'lumotlariga qaraganda, 1996-yil boshigacha O'zbekistonda dehqon
xo'jaliklarining umumiy soni 20 ming 244 tani tashkil etdi.
O'zbekistonda qishloq xo'jaligini isloh qilishning puxta o'ylab olib borilishi MDH barcha
mamlakatlaridan farqli o'laroq, ishlab chiqarishning sezilarli darajada pasayib ketishiga yo'l
qo'ymaslik imkonini berdi.
Shu bilan birga qishloqda islohotlarni amalga oshirishda ekinlar hosildorligi, mehnat
unumdorligi o'sishini ta'minlashda, haqiqiy yer egasi va mahsulot sohibining shakllanishida hali bir
qator muammolar va yechilmagan masalalar ko'p edi. Shu bois 1995-yil 21-dekabrda Oliy
Majlisning IV sessiyasida «Qishloqda islohotlar sust borayotgani va kutilgan natijalarni
bermayotgani, mulk o'z egasini topishi haqida ko'p gapirilsada, amaliy
hayotda esa bu masalalar
o'zining kerakli yechimini topmayotgani» qat'iy ta'kidlab o'tildi.
1996-yilning 21-mayida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «2000-yilgacha
bo'lgan davrda O'zbekiston Respublikasi qishloq infrastrukturasini rivojlantirish Dasturi» to'g'risida
qarori qabul qilindi. Ushbu qarorda qishloqning iqtisodiy va mehnat imkoniyatlaridan yanada to'liq
va samarali foydalanish uchun qulay sharoitlar yaratish, qishloq aholisining turmush sharoitlarini
yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi «O`zistiqbolstat» Davlat Qo'mitasi, O'zbekiston Moliya
vazirligi, Sog'liqni saqlash va Xalq ta'limi vazirligiga 2000-yilgacha qishloq infrastrukturasini
rivojlantirishga doir ishlarni amalga oshirishni topshirdi. Shuningdek, ushbu qarorda hukumat
komissiyasi tuzilib, har 3 oyda bir marta ushbu qaror bajarilishini nazorat qilish ham ko'zda tutildi.
Qoraqalpog'iston
Respublikasida va Andijon, Qashqadaryo, Navoiy, Toshkent, Farg'ona
viloyatlarida bironta ham maktab binolari foydalanishga topshirilmadi. Shu munosabat bilan,
komissiya Qishloq xo'jalik vazirligi, uning joylardagi viloyat agrosanoat bir-lashmalari,
qator
viloyat hokimiyatlari, xalq ta'limi boshqarmalari e'tiborini qishloq joylarida maktab qurilishiga,
ularni tezroq foydalanishga topshirishga qaratdi.
Buni Xorazm viloyati misolida ham yaqqol ko'rish mumkin. Viloyatda bu sohada
mustaqillikning 5 yili davomida 80-yillarga qaraganda birmuncha o'sish sezildi. Jumladan, 1992-
1995-yillarda 824 kilometr tabiiy gaz quvurlari yotqizilib, 40 ming 700 xona-donga «zangori olov»
o'tkazildi. Vaholanki, 1990-yilgacha gaz-lashtirilgan xonadonlar 49
mingni tashkil etgan, ichimlik
suvi bilan ta'minlashning ahvoli ancha og'ir edi. Binobarin, mavjud ichimlik suvi quvurlari 1990-
yilgacha atigi 1000 kilometrni tashkil etgan.
Keyingi 5 yilda 127 kilometr katta diametrli suv haydagich, 902 kilometr ichimlik suvi
tarmoqlari qurilib foydalanishga topshirildi. Aholining tabiiy gaz bilan ta'minlanishi 86,7 foizga,
ichimlik suvi bilan ta'minlanishi esa 54,8 foizga yetkazildi.
Orol mintaqasida aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash muhim ijtimoiy-iqtisodiy tadbir
bo'lib insonparvarlik xususiyatiga ega edi.
Bu g'oyat muhim sohada Namangan viloyatida ham ibratli ishlar amalga oshirildi. 1990-
yilgacha bo'lgan davrda viloyat bo'yicha jami 1480 kilometr gaz tarmoqlari tortilgan bo'lsa, 1991-
1995-yillar davomida 2025 kilometr gaz tarmoqlari foydalanishga topshirildi. Sobiq Ittifoq davrida
hammasi bo'lib 1423,9 kilometr suv uzatish tarmoqlari yotqizilgan bo'lsa, 1991-1995-yillarda 1039
kilometr shunday tarmoqlar ishga tushirildi. 1990-yilgacha hammasi bo'lib 95,8
ming xonadon
gazlashtirilgan bo'lsa, istiqlol yillarining o'zidayoq 83,3 ming xonadonni gazlashtirishga erishildi.
Birgina 1996-yilning o'zida viloyatning eng chekka qishloqlari Chodak va Nanayga gaz yetkazib
berildi.
Qishloqda islohotlar amalga oshirilishi jarayonida mehnatga yaroqli aholini mehnat bilan band
qilish masalasiga ham katta e'tibor berildi.
Shuni ta'kidlash o'rinliki, Prezident I. Karimov va respublika hukumati O'zbekistonda qishloqni
har tomonlama rivojlantirishga, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida islohotlarni chuqurlashtirish, bu
sohaning moddiy bazasi va moliyaviy ahvolini mustahkamlashga, agrar siyosatning ustuvor
vazifalarini amalga oshirishga muntazam, doimiy e'tibor bermoqdalar.
- 47 -
Xullas, yuqoridagilarni umumlashtirib aytish mumkinki, iqtisodiy islohotlarni amalga
oshirishda bugun O'zbekiston erishgan yutuqlar ko'p jihatdan
respublika hukumatining izchil,
sobitqadam siyosati bilan bevosita bog'liqdir.
Avval boshdanoq islohotlarning har bir qadami puxta o'ylangan, avvalgi mafkura zo'ravonligi
o'rnini qonun ustuvorligi egalladi. Xususiy iqtisodiyotga rivojlanish uchun davlat sektori bilan teng
sha-roitlar yaratildi. Ijtimoiy siyosat esa, aholi turmush darajasini asta-sekin yaxshilashga qaratildi.
O'zbekistonda milliy iqtisodning eng muhim va ustuvor tarmoqlaridan biri qishloq xo'jaligi
bo'lib, uning taraqqiyoti boshqa soha-lar rivoji uchun poydevor vazifasini o'tamoqda. Chunki valuta
tu-shumining 60 foizi, yalpi mahsulot muomalasining 70 foizi qishloq xo'jaligi sohasiga to'g'ri
keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: