10.2-Rasm. Sentriolaning tuzilishi
10.3-Rasm. Hujayra sitoskleti
Eukariot hujayra tuzilmasi jadvalini to’ldiring
Jadval-4
|
Endoplazmatik
to’r
|
Peroksisoma
|
Sferasoma
|
Goldji apparati
|
Lizosoma
|
Membranasining tuzilikishi
|
|
|
|
|
|
Kimyoviy tarkibi
|
|
|
|
|
|
Bajaradigan funsiyasi
|
|
|
|
|
|
Nazariy va amaliy tushunchalarni egallash uchun savollar:
1. Hujayraning ikki membranali organoidlariga nima kiradi?
2. Mitoxondriyada ATF sintezining borishi.
3. Nima uchun mitoxondriyalar hujayraning yarim avtonom strukturalari deb ataladi?
4. Oksiosoma nima?
5. Mitoxondriyalarning hosil bo’lish nazariyalarini tushuntiring?
6. Nima uchun mitoxondriyaning avtonomligi nisbiy hisoblanadi?
7. Mikronaychalar ahamiyati.
8. Sentriolaning vazifasi.
11-AMALIY MASHG`ULOT
MAVZU: RIBOSOMALARNING TUZILISHI
Asosiy maqsad: Membranasiz organoid misolida ribosoma bilan tanishish
Vazifalar: Ribosomaning ichki va tashqi tizilishlari va hujayradagi ahamiyatini o’rganish
Nazariy tushuncha: Ribosoma — bu oqsil biosintezida qatnashadigan hujayraning eng muhim nomembran organellasi. Ribosomada iRNK asosida aminokislotalardan tashkil topgan oqsil zanjiri hosil bo'ladi. Bu jarayon translyatsiya deb nomlanadi. Ribosomalarning shakli sferik yoki ellipsoiddir, ularning diametri prokariotlarda 15-20 nanometr, eukariotlarda 25-30 nanometr tashkil etadi. Ikki subbirlikdan tashkil topgan.
Eukariotlar hujayrasida ribosomalar endoplazmatik rettikulum memranasiga bog'lanib yoki sitoplazmada erkin holatda joylashishi mumkin. Kopincha bir necha ribosomalar bog'lashib poliribosoma (polisoma) tashil etishi mumkin. Eukariotlar hujayrasida ribosomalar yadrocha deb nomlanadigan maxsus yadro apparatida hosil bolishadi.
11-1 Rasm. E.coli ribosomasinig tuzilishi.
Qizil rang bilan katta subbirlik, ko'k rang bilan esa kichik subbirlik korsatilgan
Ribosomalarining sedimentatsiya koeffitsienti eukariotlarning sitoplazma ribosomalarida 80S (katta subbirlik 60S va kichik subbirlik 40S), prokariotlarda (mitoxondriya va plastidalar) ribosomalarida esa 70 S (katta subbirlik 50S va kichik subbirlik 30S) ga teng.
11-2 Rasm. Ribosomalar tashqi tuzilishi.
Ribosomalar (ribonuklein kislota va ...soma) — oʻz tarkibida ribonuklein kislotalarni saqlovchi sitoplazmaning doimiy, membranasiz organoidlari. Ribosomaning kashf etilishi elektron mikroskopik tadqiqotlarning rivojlanishi bilan bogʻliq. Har bir Ribosoma diametri 20 nm dan oshmaydigan katta va kichik subbirliklardan iborat. Subbirliklar qoʻshilishi yoki ajralishi mumkin. Prokariotlarning hujayralarida ribosomalar nisbatan kichikroq boʻladi. Ribosoma mitoxondriyalar va xloroplastlar tarkibida ham uchraydi. Eukariotlar, prokariotlar, mitoxondriyalar va xloroplastlardagi Ribosoma kimyoviy tarkibi jihatidan ham birmuncha farqqiladi. Mac, prokariotlarning R. ida oqsillarning 55 xili mavjud, eukariotlarda esa 100 dan ortiq boʻladi. Ribosoma oqsilni sintezlaydi. Shuning uchun oqsil sintezini boshlovchi, davom ettiruvchi va tugatuvchi Ribosoma mavjud. Ribosomaning A (aminokislotalar birikadigan) va R (peptid bogʻlari hosil boʻladigan) faol qismlari bor. Oqsil sintezi jarayonida bir molekula iRNKda bir nechta Ribosoma ketma ket joylashib, translyasiya amalga oshadi. Bunday R. majmuasi polisomalar deyiladi. Endoplazmatik toʻr membranasi bilan bogʻlangan. Ribosomada hujayradan tashqariga sekretsiyalanuvchi oqsillar, gialoplazmada erkin joylashgan Ribosomada esa hujayraning oʻzi uchun zarur boʻlgan oqsillar sintezlanadi. Oqsil sintezi jadal kechuvchi hujayralarda Ribosoma soni juda koʻp boʻladi. Eukariot hujayralarda Ribosoma yadrochada hosil boʻladi. Dastlab DNK matritsasida ribosomal RNK (rRNK) sintezlanadi. Soʻngra RNK oqsil molekulalari bilan qoʻshilib, Ribosoma subbirliklarini hosil qiladi va yadrodan sitoplazmaga chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |