9.1-Rasm. Plastidaning anatomik tuzilishi.
Xloroplastning tuzilishi. a-kesmasi; b-tuzilish chizmasi; d-tilakoid membranasi tuzilishi
Fotosintez anorganik moddalar quyosh energiyasidan foydalanadigan organik moddalar sintezi bo‘lib, bu jarayon plastidalarda kechadi.
Yorug‘lik fazasi. Buning natijasida yorug‘lik energiyasini suv fotolizi ximik energiyasiga aylantiradi. Buning natijasida ATF va NADF.N hosil boiadi. Bu jarayon tilakoidlarda kechadi.
Qorong‘ulik fazasi: bu jarayon stromalarda kechadi.Qator reaksiyalar natijasida organik moddalar sintezlanadi va bu jarayon ATF va NADF.N borligi uchun yuzaga keladi. Hosil boigan glyukoza sitoplazmaga tushadi yoki polimer holatda saqlanadi.
9.2-Rasm. Plastidaning anatomik ko’rinishi
Zaruriy ashyolar: Biror o’simlikning quruq yoki xo’l barglari, etil spirti,benzin, kaltsiy korbanat, chinni xovoncha,filtr qog’oz,voronka ,qaychi ,shisha tayoqcha,shtativ va probirkalar rasm daftar, qalam va ruchka
Vosita, jihoz, qurilma: Prokariot va eukariot hujayrasining rasmi, plakatlar, vaqtinchalik va doimiy preparatlar
Ishni bajarilishi: 1. Plastida hillarini farqlang. 2. Doimiy preparatlarda va vaqtinchalik preparatlarda mikroskopda plastid organoidlarini kuzating. 3. Kuzatganlaringizni rasm daftarga tushiring. 4. Hulosalaringizni qayd qiling.
Pigment eritmasini tayyorlash uchun o’simlikning quruq yoki xo’l barglari olinadi.Agar barg quruq bo’lsa u ezilib kolbadagi spirtga solinib qo’yiladi,bu pigment ajralishi jarayonini tezlashtradi.So’ngra pigmentlarni spirtdagi to’q yashil eritmasi filtrlanib olinadi. Xo’l o’simlik barglaridan pigment ajratib olish uchun 4-5 gr barg qaychida mayda qilib qirqiladi. Bunda yirik tomirlar va barg bandi olib tashlanadi. So’ngra chinni xovonchaga solinib barg yaxshi ezilishi uchun kvars qumi solinadi.
Hujayra shirasi kislotasini neytrallash uchun kaltsiy korbonat qo’shib eziladi. Bargni ezishdan oldin oz ozdan etil spirti quyib turiladi. So’ngra bu ezilgan massa toza probirkaga filtrlanib olinadi. Chinni xovonchada eritma oqib ketmasligi uchun xovoncha chetiga vazilin surtiladi. Olingan yashil filtrdan xlorofil a, b, karotin va ksantofin pigmentlari mavjud. Pigmentlarni ajratib olish uchun quydagi usullardan foydalanamiz.
Kraus usuli. Pigmentlarni ajratishda ularni spirt va benzindan turlicha erish xossasida foydalanamiz.Bunung uchun probirkaga pigmentning spirtdagi eritmasidan 4 ml quyib, ustiga 6 ml benzin qo’shiladi. Probirkaning og’zi probka bilan yopilib yaxshilab chayqatiladi va tinish uchun shtativda bir necha minut qoldriladi. Probirkaning benzin qavatida yashil rangli xlorofil a va b va probirkaning pastki spirtli qavatida sariq rangli ksantafil pigmentlarini ko’ramiz. Agar pigmentlarni ajratish yaxshi bo’lmasa 3, 4 tomchi suv tomizilib chayqatiladi. Agar suvning miqdori oshib ketsa spirt qismi loyqalanib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |