O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi guliston davlat universiteti boshlang'ich va maktabgacha ta'lim metodikasi kafedrasi tabiatshunoslik va uni o’qitish metodikasi


O’qitishda muntazamlilik va izchillilik tamoyili



Download 1,48 Mb.
bet23/73
Sana09.11.2022
Hajmi1,48 Mb.
#862672
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   73
Bog'liq
portal.guldu.uz-TABIATSHUNOSLIK VA UNI O’QITISH METODIKASI

O’qitishda muntazamlilik va izchillilik tamoyili. Maktab tabiatshunoslik kursi tabiatshunoslik fanining turli sohalarining qisqartirilgan bayoni emas, balki uning metodik tanlangan, muntazamlashtirilgan unsurlaridir. Materialning bunday berilishi shu bilan izohlanadiki, bunda kichik yoshdagi maktab o’quvchilari tabiat to’g’risidagi fan asoslarini faqat atrof olamning jism va hodisalarini aks ettiruvchi hamda ular o’rtasidagi bog’lanishlarni ochib beruvchi dastlab oddiy tabiiy obyektlar, keyin esa murakkabrog’i bilan izchil tanishtirib borish jarayonida egallab olishlari mumkin. Bu bilan tabiatshunoslikni o’qitishda muntazamlilik tamoyili amalga oshiriladi.
O’qitishning muntazamliligi, ya'ni sistemaliligi bilimni bayon qilishda muayyan tizimga amal qilishdan tashqari amaliyot bilan bog’lanishning xilma-xil shakllarini amalga oshirilishini nazarda tutadi. Jumladan: 1) nazariy tabiatshunoslik bilimlarini kuzatish va bilib olishga qaratilgan qiziqarli o’yinlar (bu boshlang’ich sinflardagi o’qitish uchun xarakterlidir)ni; 2) atrofdagi hayot va qurilish amaliyoti (tabiatga va ishlab chiqarish korxonalariga sayohatlar)ni; 3) mehnat ta'limi va ijtimoiy foydali mehnatni; 4) maktaboldi maydonidagi ish va unumli mehnat bilan bog’lanishni nazarda tutadi.
6 -11- sinflarda biologiya fani o’rganilishidan oldin 4- sinfda tabiatshunoslik fani o’tiladi, u 1 - 4- sinflarda atrof olamning jism va hodisalari bilan tanishtirishga tayanadi. 5 - 6- sinflardagi botanika va 7 - 8- sinflardagi zoologiya dasturlari jonsiz tabiat to’g’risidagi boshlang’ich bilimlar asosida tuziladi.
O’quv materialining ilmiy va tushunarli bo’lish tamoyili. Uzoq vaqtlar boshlang’ich sinflarda tabiatshunoslikni mustaqil o’quv predmeti sifatida o’qitishga yetarli darajada e'tibor berilmadi. U goho tabiyot deb nomlanib kelindi, goho predmetli darslar va izohli o’qish bilan almashtirildi. XX asrning 60-yillaridan boshlab tabiatshunoslik mustaqil predmet sifatida o’qitilmoqda. Hozirgi vaqtda maktab tabiatshunoslik kursining mazmuni zamonaviy fan taraqqiyoti darajasiga muvofiq keladi. Tabiatshunoslik dasturi o’lkashunoslik xususiyatlarini hisobga olgan holda tuzilgan, boshlang’ich sinflardagi tabiatshunoslik ta'limining mazmuni esa botanika, zoologiya, ekologiya, odam anatomiyasi va fiziologiyasi, geografiya fanlarining hozirgi taraqqiyotiga muvofiq keladi.
Tabiatshunoslikni o’qitishda ilmiylik tamoyili hoziigi zamon fanida qaf’iy qaror topgan tamoyillarni o’quvchilarga o’zlashtirish uchun taklif etilishini nazarda tutadi. Tabiatshunoslik bo’yicha ilmiy bilimlarning egallab olinishini ta'minlash uchun kichik yoshdagi maktab o’quvchilarining idrok qila olish imkoniyatlarini hisobga olgan holda eng muhim ilmiy ma'lumotlarni tanlab olish kerak. O’quvchilarning idrok qila olish imkoniyatlari jismoniy kuch va aqliy kuchlanish talab qiluvchi o’quv mavzulari va amaliy masalalarni izchillik bilan murakkablashib borish jarayonida kengayib boradi. Qiyinchilik xarakterini to’g’ri aniqlash o’quvchilarning idrok qilish imkoniyatlarini kengayib borishiga, o’quv materialini izchillik bilan murakkablashib borishiga yordam beruvchi eng to’g’ri metodik variantni tanlab olishga imkon beradi. Bu o’quvchilarning aqliy taraqqiyotini asta-sekin ko’tarilishiga va ilmiy bilimlarni chuqurroq o’zlashtirib olinishiga imkon beradi.

Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish