Evolyutsion maktabning yirik namayondalari
Edvard Bennet Taylor (E.B. Tayler, 1832
— 1917yy) —asosiy tadqiqoti — ―Ibtidoiy
madaniyat‖ (―Primitive Culture‖) kitobi — 1871 yil chop etilgan.
Lyuis Genri Morgan (L. H. Morgan, 1818
— 1881yy) — asosiy ishi -―qadimgi jamiyat‖
(―Ancient Society‖)nomli kitobi — 1877 yil nashr etilgan.
Djeyms Frezer (J. Frazer, 1854
— 1941yy) — muhim ishi -―Oltin shox‖ (―The Golden
Bough‖) asari — 1890 yil nashr etilgan.
Djon Mak-Lennon (J.F. Maclennon, 1827
— 1881yy) — asosiy ishi- ―Patriarxat nazariyasi‖
(―The Ratriarchal Theory‖) — 1881 yil e‘lon qilingan.
Adolf Bastian (A. Bastian)
— asosiy ishi - ―Obhie osnovaniya etnologii‖ (―Allgemaine
Grundzuge der Ethnologie‖)nomli asari 1881 yil Chop etilgan.
Iogann Baxofen (J. Bachofen, 1815
— 1887) — asosiy ishi- ―Matriarxat‖ (―Das
Mutterrecht‖) kitobi 1897 yilda e‘lon qilingan.
Dj. Labbok (J. Lubbock)ning muhim tadqiq
oti ―Tsivilizatsiyaning kelib chiqishi‖ (―The
Origine of Sivilization‖) nomli mashhur kitobi 1870 yilda chop etilgan.
Evolyutsion nazariya tarafdorlaridan Angliyada-Gerbert Spensor, Edvard Taylor, Dj.
Frezer, Germaniyada-Adolf Bastian, Teodor Vayts, Genrix Shurts, Frantsiyada-Sharl
Leturno, Amerikada-
Lyuis Genri Morganlar mashhur bo‘lgan.
E.Taylor (1832-1917yy). Buyuk ingliz olimi E.Taylor etnologiyadagi evolyutsionistik
maktabning asoschisi hisoblanadi. U 1865 yilda nashr etilgan "Insoniyatning qadimgi tarixi
- 30 -
haqida tadqiqot" nomli kitobida o‘zining evolyutsionistik g‘oyalarini, jumladan, insoniyat
madaniyatining ibtidoiylikdan zamonaviy svilizatsiyagacha bo‘lgan tarixiy rivojlanish
bosqichlarini, xalqlar orasidagi o‘zaro farq irqiy farqqa asoslanmasdan balki xalqlar
madaniyati rivojlanishining turli zinapoyalari hamda xalqlar madaniyatining o‘zaro aloqasi
va vorisligi kabi g‘oyalar bilan bog‘liq deb hisoblagan. Taylor o‘zining evolyutsionistik
kontseptsiyasini "Ibtidoiy madaniyat" (1871) nomli fundamental asarida bayon qiladi.
Mazkur asarda olim madaniyatni olg‘a siljituvchi taraqqiyot g‘oyasini har tomonlama
rivojlantirgan holda J.de Mestraning "Tubanlashish g‘oyasi"ga qarama-qarshi qo‘ygan.
J.de Mestra ilgari surgan g‘oya mohiyatiga ko‘ra, madaniyatning ilk bosqichlarida erda
yarim svilizatsiyalashgan odamlar yashaganlar va ularning keyingi rivojlanishi ikki yo‘ldan
borgan. Bu jarayonda bir guruh kishilar yovvoyilik tomon orqaga ketgan bo‘lsa, boshqa bir
jamoa svilizatsialashgan jamiyat sari taraqqiy qilgan, - deyiladi. Taylor esa tarixiy va tabiiy
katalizator natijasida madaniyatdagi regressiv o‘zgarishlarni rad etmagan holda insoniyat
tarixida madaniyatni evolyutsion rivojlanishi asosiy yo‘nalish deb qat‘iy ta‘kidlaydi.
U o‘z mulohazalarini evolyutsionizmning "insoniyat tabiatning bir bo‘lagi bo‘lganligi uchun
ham tabiiy qonuniyatlar asosida rivojlanadi" -
degan g‘oya asosida shakllantirgan. Shu
boisdan ham barcha insonlarning psixologiyasi va inteluktual qobiliyati o‘xshash, ularda
madaniyatning bir
xil xususiyatlarini ko‘rish mumkin, kishilarning rivojlanishi ham o‘xshash
qonuniyatlarga asoslanadi. Taylorning fikricha, madaniyatning turli shakllari "bosqichma-
bosqich rivojlanishida ularning har biri shubhasiz o‘tmish bilan bog‘liq bo‘lish bilan birga
kelajakni shakllanishida muhim rol o‘ynaydi. Taraqqiyotning mazkur ketma-ketligi barcha
xalqlar, shu jumladan, eng orqada qolgan xalqlardan tortib svilizatsiyalashgan
xalqlargacha barchasini o‘zaro yagona uzliksiz bir tizimga birlashtiradi.
Taylor uch
un madaniyatning barcha ko‘rinishlaridan ko‘ra ko‘proq ibtidoiy odamlarning
diniy e‘tiqodlari birmuncha ko‘proq qiziqish uyg‘otgan va u bu borada dinning paydo bo‘lishi
to‘g‘risidagi animistik g‘oyani ishlab chiqqan. Ibtidoiy odamlarning diniy e‘tiqodlarini
o‘rganish asnosida Taylor ularga insoniyat va uning madaniyati uyg‘unligi nuqtai nazardan
yondashgan. Uning fikricha, "yovvoyi odamlar"ning e‘tiqodlari va marosimlari turli-tuman
mazmunsiz qorishmadan emas, balki o‘zaro ketma-ketlikka va mantiqiy asosga ega
bo‘lgan urf-odatlardan iborat. Eng muhimi bularning barchasi zaminida olim
ta‘kidlaganidek, "Ilohiy zotga e‘tiqod" yoki boshqacha tarzda aytganda ruh va jonga
ishonch g‘oyasi mujassamlashgan. Taylor o‘z qarashlari asosida "animizm" nazariyasini
shakll
antirgan. U animizm ildizlarini ibtidoiy odam tasavvuridagi tush, tush ko‘rishning
o‘ziga xos xususiyati, kasallik, o‘lim kabilarning sabablarini izohlash bilan bog‘laydi va
ularni tushuntirish asosida ibtidoiy odamlar tasavvuridagi «har bir odamda jon bo‘lib, ular
inson tanasini vaqtinchalik (tush), yoki butunlay (o‘lim) tarzda tark etadi», - degan g‘oyani
asos qilib olgan. O‘z navbatida jon to‘g‘risidagi bunday qarash keyinchalik dunyoviy
dinlarda ham rivojlangan. Ibtidoiy odamlarning magik fikrlash qoidasi asosida har bir
narsaning joni va ruhi mavjudligi to‘g‘risida tasavvurlar paydo bo‘lgan va natijada hayvonlar
hamda tabiiy kuchlarning ruhi, boshqa olamdagi hayotga ishonch, tabiatdagi ilohlar va oxir
oqibatda yagona tangri taaloga bo‘lgan e‘tiqod shakllangan deb ta‘kidlaydi.
Taylorning evolyutsionistik qarashlari etnologiyadagi dastlabki «inqilobiy» qarashlardan biri
edi. Evolyutsionistlar qarashlarining muhim jihatlaridan biri shundaki, ular ilk bora tarixiy
jarayonlarning bir butunligi va madaniyat
taraqqiyotining progressivligi to‘g‘risidagi izchil
kontseptsiyani ilgari surishgan. O‘z navbatida evolyutsionizm kontseptsiyasi, shu
jumladan, Taylor qarashlarining kamchiligi boradasida o‘z davrida mulohazalar
bildirilmagan va bu borada birmuncha kechroq tanqidiy fikrlar bayon etilgan.
Taylor qarashlarining izdoshlari boshqa qator mamlakatlarda ham mavjud edi va shu bois
juda tez muddatda etnologiyada etakchi qarashlarga aylangan.
G.Spenser (1820-1903 yy) Etnologiyada evolyutsionizm klassiklaridan biri ingliz faylasufi,
biologi, psixologi va sotsiologi Gerbert Spensordir. Spensor evolyutsionizm g‘oyasini
asosan bir tomonlama tahlil qilgan. Uning fikricha, ibtidoiy jamiyat vakillari jismonan, aqlan
- 31 -
va ruhiy jihatdan taraqqiy etmaganlar hisoblanadi. Spensorning evolyutsionistik qarashlari
ma‘lum ma‘noda irqchilik xarakterida bo‘lgan.
L.Morgan (1818-1881yy). Etnologiyada evolyutsionizm asoschilari orasida amerikalik olim
Lyus Genri Morganning ulkan xizmatlari bor.
Morgan havaskor olim va intuzist-tadqiqotch
i bo‘lgan. U o‘zining qariyb 40 yillik faoliyatini
dastlab AqShdagi hindu qabilasi-
irokezlarni, so‘ngra boshqa Amerika hindularini va o‘zga
yurtlardagi xalqlarni o‘rganishga bag‘ishlagan. Morganninng barcha qarashlarini va turfa
xil g‘oyalarini to‘liq hamda atroflicha tavsiflash ancha mushkul hisoblanadi. Uning etnik
muammolarga oid asosiy qarashlari «qadimgi jamiyat» (1877) nomli yirik asarida
mujassamlashgan bo‘lib, mazkur asarda Morgan etnologiyaning asosiy uch muhim
muammosini: insoniyat tarixida urug
‘chilik jamiyatining o‘rni va ahamiyati, oilaviy-nikoh
munosabatlarini shakllanish tarixi va insoniyat tarixini davrlashtirish muammosini batafsil
tahlil qilgan.
U o‘zining «qadimgi jamiyat» kitobida irokezlarning o‘ziga xos jamoaviy tuzumi
rekonstrukts
iya qilish asosida ibtidoiy jamoa tuzumining asosida urug‘chilik bo‘lgan, degan
xulosoga kelgan. Morganning fikricha, insoniyatning butun tarixini ikkita katta davrga
bo‘lish mumkin. Birinchisi, bu fratriy, qabila va urug‘larga asoslangan ilk-ijtimoiy jamoalar
davri; ikkinchisi, hududiy va mulkchilik asosidagi so‘nggi-siyosiy uyushmalar davri bo‘lgan.
Morganning qarashlariga ko‘ra, urug‘chilik Osiyodagi, Evropadagi, Afrikadagi va
Avstraliyadagi qadimgi jamiyatlar uchun deyarli bir xil bo‘lgan.
Xalqlarning
urug‘chilik jamoalarini tadqiq qilishda Morgan evolyutsion-tarixiylik printsipini
asos qilib olgan. U urug‘chilikning qoldiqlarini Avtraliya qabilalari turmush-tarzidan izlagan.
Urug‘chilikning rivojlangan shakllarini jamoa taraqqiyotining yuqori pillapoyalaridan, ya‘ni
irokezlar orasidan izlagan. Urug‘chilikning yakuniy shakli (patriarxat)ni u antik davrdagi
greklar va yunonlarga xos deb hisoblagan. Ushbu vaziyatda uning ona urug‘ini ota urug‘iga
aylanishi mulkiy munosabatlarni o‘rnatilishi va uning meros tarzda o‘tkazilishi to‘g‘risidagi
g‘oyasi etnologiya uchun muhim va qimmatli hisoblanadi.
Yuqorida ta‘kidlaganimizdek, evolyutsionistik maktab jamiyatning progressiv rivojlanish
g‘oyalari asosida insoniyatning rivojlanishi va uning madaniyati to‘g‘risidagi dastlabki tizimli
kontseptsiyani ilgari surgan.
Evolyutsionizmning asosiy g‘oyalari
Klassik evolyutsionistik nazariyada insoniyat madaniyatining taraqqiyoti bilan bog‘liq
universal manbalar va universal qonuniyatlar topishga harakat qilganlar.
Zamonavi
y jamiyatda yashashlariga qaramay o‘z yozuvlariga ega bo‘lmagan xalqlar
qadimiyat qoldig‘i tarzida talqin kilingan. Ularning madaniyatlarini o‘rganish «ibtidoiy
jamoa» madaniyatini yaxlit tarzda rekonstruktsiya qilishga imkon beradi deb hisoblaganlar.
Tabiatda umumiy insonlar jamoasi mavjud. Shu bois barcha odamlar taxminan bir xil
aqliy qobiliyat ega va ko‘pincha insonlar o‘xshash vaziyatlarda taxminan o‘xshash qarorlar
qabul qiladilar. Bu vaziyat dunyoning barcha qismlarida insoniyat madaniyatining
rivo
jlanishi umumiyligi va bir xil ekanligini aniqlaydi. Bu o‘rinda turli madaniyatlar o‘rtasidagi
aloqalarning mavjudligi yoki mavjud emasligi hal qiluvchi ahamiyat kasb etmaydi.
Kishilik jamiyatida uzliksiz taraqqiyotning o‘rni bor, ya‘ni soddalikdan murakkablikka o‘tish;
madaniyat ham huddi jamiyat singari asta-
sekin o‘zgarishlar, miqdoriy o‘sish yoki
kamayish yo‘lida pastdan yuqoriga karab doimo uzluksiz rivojlanib boradi.
Madaniyatning har qanday ko‘rinishi ilk davridan ma‘lumdir: Uning keyingi shakllari qayta
paydo bo‘ladi va oldingi ko‘rinishlar asosida shakllanadi. Bunda madaniyat rivojlanishi ko‘p
pog‘anali va dunyodagi barcha xalqlar uchun yagona bo‘lgan bosqichlar asosida bo‘ladi.
Insoniyat madaniyatining har tomonlama qonunlari bilan birga turli xalqlar va ularning
madaniyatlarining bir xil rivojlanish bosqichi bir xil natijasi bo‘ladi.
Xalqlarning madaniy farqi ularning turli darajadagi rivojlanishi bilan bevosita bog‘liqdir.
Evolyutsionizmning yuqoridagi asosiy tamoyillarini etnolog-sharhlovchilar
muhim g‘oyaviy
va amaliy xulosalarga aylantirganlar: agar hamma xalqlar bir xil taraqqiyot yo‘lidan borsa
- 32 -
va uning yuqori nuqtasida Evropa madaniyati hamda sivilizatsiyasi turgan. Shu bois er
sharidagi barcha xalqlar va elatlar oxir oqibatda evropa madaniyati bilan umumlashishi
lozim. qolaversa, evropaliklar kolonial imperiyalarini barpo etishlari orqali mustamlaka
xalqlarni madaniy taraqqiyotga erishishlariga ko‘maklashadilar degan g‘ayriilmiy xulosani
ham paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan.
XIX asr oxirlarid
a etnologiya yo‘nalishida yig‘ilgan ilmiy materiallar evolyutsionizmning
haqiqiy hayotga to‘g‘ri kelmasligini va kamchiliklarini ko‘rsata boshlagan. Jumladan,
evolyutsionizm tarafdorlari madaniyatdagi miqdoriy o‘zgarishlardagina kelib chiqib
madaniyat va u
ning tarkibiy qismlarini qayta tug‘ilishi kelajakdagi paydo bo‘ladigan barcha
madaniyatlarni insoniyat tarixining bosqichlari bilan bog‘lanishini taxmin qilgan holda
tushuntirib bera olmadi. Ular hatto bunga harakat ham qilib ko‘rmaganlar. Yangi etnografik
ekspeditsiyalar materiallari ko‘pincha evolyutsionistik qarashlarni rad etgan va bu borada
boshqacha qarashlarga zarurat sezar edi. Shu bois yangi antievolyutsionistik nazariyalar
va maktablar paydo bo‘lgan. Evolyutsionizmdan hafsalasi pir bo‘lgan ayrim etnolog va
antropologlar hatto o‘zlarining nazariy xulosalaridan ham voz kechib, faqat empirik
tadqiqotlargina olib borganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |