- 66 -
Axolining asosiy an‘anaviy xo‘jaligi dexqonchilikdir. Qisman yarim ko‘chmanchi va
ko‘chmanchi chorvachilik xam mavjud. Dexqonchilik sun‘iy sug‘orishga asoslangan bo‘lib
to‘g‘onlar, suv omborlari, kanal va ariqlar, korizlardan qadim-qadimlardan foydalanib
kelinmoqda. Eron va Afgonistonda lalmiga don ham ekilgan. Asosiy qishloq xo‘jaligi
ekinlari boshoqli donlar, xurmo, sholi, sitruslar, poliz ekinlaridir. Turkiya, Eron,
Afg‘onistonda paxta, tamaki, bog‘dorchilik muhim o‘rin egallaydi.
Moddiy madaniyati.
G‘arbiy Osiyo xalqlarining ko‘pchilik qismi qishloqlarda yashaydi. Qishloqlarning ko‘pi yirik
bo‘lsada, uylari tartibsiz, rejasiz qurilgan. Qishloq markazida bozor, masjid, qaxvaxona,
choyxona, boshqaruv muassasalari joylashgan. Tog‘lik xududlarda uylar tosh, voxalarda
guvala, xom g‘ishtlardan, paxsadan quriladi.
G‘arbiy Osiyoda xozirgi paytgacha ma‘lum sondagi ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi
chorvador xalqlar xam yashaydi. Arab badaviylari yozgi yaylovlarida yuzlab chodirlar
tikiladi. Texnika va aloqa vositalari o‘ta zamonaviy bo‘lsada, an‘anaviy xo‘jaligi o‘z
axamiyatini yo‘qotmay qelmoqda.
G‘arbiy Osiyo aholisi uy-xonadonlari to‘rtburchak shaklida qurilib (ichkari va tashqari) 2
qismga bo‘linadi. Uy jixozlari bo‘yra-kigiz, gilam, taxta krovatlar, sandiqlardan iborat.
Mebellardan stol, stullar, xontaxtalar mavjud.
Idishlar sopol va temir buyumlardan tashkil topgan bo‘lsada, qishloqlarda quritilgan
qovoqlardan qilingan idishlar ham uchrab turadi.Bugungi kunda zamonaviy fabrika idish-
tovoqlar an‘anaviy buyumlarni o‘rnini olmoqda.
Kiyimlari. Erkaklar beldan pastga tushadigan ko‘ylak keng ishton, chopon, yaxtaklar, turli
bosh kiyimlari kiyishadi. Qishda qo‘y terisidan tikilgan po‘stinlar xam kiyiladi. Afg‘onistonda
pushtunlarda chakmonlar xam mavjud.
Arablar kufiya, Eron va Afg‘onistonda qorako‘l teridan tikilgan telpaklar asosiy bosh
kiyimdir. Oyoq kiyimi sandal, tufli, etiklardan iborat.
Ayollar esa to‘pig‘igacha ko‘ylak, uzun tor lozim, ustilariga shuningdek turli yaktak
ko‘rinishidagi kiyimlar kiyishgan. Boshlariga ro‘mol o‘rashib turli zargarlik buyumlari
taqishadi.
Taomlari: bug‘doy, non, o‘simlik va sut mahsulotlaridan iborat. Kofe, ko‘k va qora
choy asosiy ichimliklardir.
Ma‘naviy madaniyati
G‘arbiy Osiyo xalqlari falklori nihoyatda boy. Jahon madaniyati
durdonalaridan hisoblangan
«Ming bir kecha» ertaklari shu xududda yaratilgan.
Dinlari: islom (sunna va shia mazxablari)
xristianlik, buddizm mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: