Ko’rgazmalilik (oshkoralik) tamoyili avvalo barcha ta’lim oluvchi-larni aynan bir hil mezonlar bo’yicha ochiq sinovdan o’tkazishni anglatadi. Tashhis jarayonida belgilanadigan har bir o’quvchi reytingi ko’rgazmali, qiyo-siy xarakterga ega. Oshkoralik tamoyili, shuningdek, baholarni e’lon qi-lish va motivasiyalashni talab etadi. Baho mo’ljal (oriyentir) bo’lib, ta’lim oluvchilar unga muvofiq o’zlariga qo’yiladigan talablar va pedagogning xo-lisligi xaqida fikr yuritadi. Tamoyilni amalga oshirishning zarur sharti tashhislash natijalarini e’lon qilish, ularni manfaatdor shaxslar ishti-rokida muhokama va tahlil qilish, no’qsonlarni tugatishning istiqbolli rejalarini tuzish xisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |